Chernobil halokati
31 yil avval barcha gazetalar Chernobil AES idagi voqealar xabari bilan to’la edi. 1986 yil 26 aprelda kechasi 1:23 da Pripyat shahri yaqinida joylashgan atomli stantsiyaning to’rtinchi energoblokida kuchli portlash yuz berdi.

Ushbu halokatning sabablari haqida aniq va yagona xulosa yo’q. Biroq birgina mulohazadagina mutaxassislar bir-birlarini tasdiqlaydilar: avariya yadro yoqilg’isining qizib ketishi natijasida issiqlik ajratuvchi qismning yemirilishidan boshlangan. Vaqt o’tishi bilan reaktorning  quvvati nazorat qilib bo’lmaydigan darajada oshib ketdi va kuchli portlash yuz berdi. 

Halokat natijasida tavarak atrofga juda katta miqdorda radioaktiv moddalar tarqaldi. Halok bo’lganlar soni haqidagi ma’lumotlar ham turli manbalarda har xil ko’rsatilgan: ikki nafar operator voqea joyida halok bo’ldi, 30 dan 50 tagacha odam avariyadan keyingi uch oy ichida halok bo’ldi va 4000 nafar inson keyingi yillar davomida nurlanish kasalligidan vafot etdi. Halokat 30 km lik masofani qamrab olganligi sababli ushbu hududdan 300 ming nafar odam evakuatsiya qilindi.

Hozirgi kunda Chernobil shahri ko’lankaga o’xshaydi. Bu yerga faqatgina ekstremal sayyohlar va stalkerlar tashrif buyuradilar. Suratkash Devid Shindler Chernobilga borib, shaharni suratga oldi. Bu suratlar sizni uzoq 1986 yilga olib ketadi.



Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations