7 nafar eng taniqli "Robinzon"lar
Daniel Defoning mashhur “Robinzon Kruzo” romanining prototipi Aleksandr Selkirk bo‘lgan. Fojiali hodisa taqozosiga ko‘ra shu holatga tushib qolgan boshqa “Robinzon”larning ko‘pchiligidan farqli o‘laroq, "Senk por" kemasining 27-yoshli botsmani Aleksandr Selkirk o‘z fe’l-atvorining qurboni bo‘lgan.

Eng birinchi. Aleksandr Selkirk

Qiziqqonva o‘zboshimcha bo‘lgan Aleksand Selkirk doim kema sardori kapitan Stradling bilan to‘qnashuvlarga yuz tutgan. Mas-A-Tiyerra oroli yonida sodir bo‘lgannavbatdagi janjallashuvdan keyin, Selkirk uni orolda tashlab ketishlarini talab qildi. Aytildi-bajarildi, janjalkashning talabi qoniqtirildi. Kemaga qaytishga urinishlar hech nimaga olib kelmadi. Quvg‘in qilingan botsman orolda to‘rt yil bir o‘zi yashadi. Bu erda u ikki kulbani va kuzatish nuqtasini qurib olib, yovvoyi echkilarni ovlash bilan tirikchilik qilgan. U o‘z uyiga qaytgach, o‘zining sarguzashtlari haqida ko‘p gapirib bergan. Selkirk yana dengizni sog‘ingan edi, u leytenant lavozimida qirollik flotiga qo‘shilib, qirollikning "Veymut" kemasida sariq bezgak kasalliidan halok bo‘lgan.

2. Bugungi. Xose Ivan

2014-yil boshida Tinch okeanidagi Marshall orollarining bir qismi bo‘lgan Ebon atollida ikki mahalliy aholi vakili bir odamni topib oldilar. Topilgan odamning gapiga qaraganda, u dengizda 16 oy vaqtni o‘tkazgan. Ushbu safar davomida uning qayig‘i vayron bo‘lib vintidan ayrilgan. Shunisi aniqlanganki Xose Ivan va uning do‘sti 2012- yilning kuzida Meksikadan suzib ketib, Salvadorga yo‘l olgan. Halokat sodir bo‘lganidan keyin ular uzoq vaqt okeanni kezib yurishgan, Xosening do‘sti bir necha oy oldin vafot etgan ekan. Ular baliq, qushlar bilan oziqlangan, yomg‘ir suvi va toshbaqa qonini ichganlar. Topilgan dengiz Robinzoni hozir juda ismi-jismiga mos ko‘rinadi: uning uzun sochlari va soqoli bor.

3. Eng navqiron. Imayata.

1977-yilning fevralida Indoneziyaning Sumatra orolida Imayata ismli qiz do‘stlari bilan daryoga baliq ovlash uchun borgan edi. Baliq ovlash paytida qayiq ag‘darilib ketib qizcha uyga qaytib kelmagan. Hamma Imayata halok bo‘lgan deb hisoblagan edi. Uni tasodifan 1983- yilda topib olganlar. Olti yildan ortiq bir o‘zi yolg‘iz yashab turgan o‘n ikki yoshli qiz hatto ona tilini ham unutishga ulgurgan edi. Sevimli kizini hayolan allaqachon o‘ldiga chiqarib bo‘lgan ota-onasi, uni darrov tanigan ekan.

4. Rekordsmen.Djeremi Bibs

1911-yilda Tinch okeanning Janubiy qismida bo‘ron paytida "Benuqson baxt" ingliz shxunasi cho‘kib ketgan. Sohilga yetib borish va kimsasiz orolda jon saqlab qolish faqat 14 yoshli Jeremi Bibsga nasib qilgan. Bolakayni tom ma’noda adabiyot qutqargan - u Daniel Defoning romanini juda yaxshi ko‘rardi va deyarli yoddan bilardi. Bibs yog‘och taqvim yurita boshlagan, kulba qurgan, ov qilishni o‘rganib olgan, meva yeb, kokos sutini ichgan. U orolda yashagan paytida, dunyoda ikkita jahon urushi sodir bo‘lgan, atom bombasi va shaxsiy kompyuter yaratilgan. Bibbs bu haqda hech narsa bilmagan. Uni tasodifan topib olishgan. 1985- yilda german kemasining ekipaji kutilmaganda “Robinzonlar” ichidagi rekord o‘rnatgan 88 yoshli qariyani topib olgan va uni vataniga yetkazib qo‘ygan.

5. Brokerlikdan Robinzonlar qatoriga. Devid Gleshin

5. Brokerlikdan Robinzonlar qatoriga. Devid Gleshin

5. Brokerlikdan Robinzonlar qatoriga. Devid Gleshin

Birjadagi amaliyot natijasida 6,5 million AQSh dollarini yo‘qotganda odam nima qiladi? Javoblar juda ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo Devid Gleshin o‘z yo‘lini o‘ylab topdi: 1993- yilda Avstraliyaning shimoliy-sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan “Vozrojdeniye” (Restoration Island) orolining uchdan bir qismini 43 yilga ijaraga olgan. Shartnomaning shartlariga ko‘ra u bu yerda baliqchilik va sayyohlik infratuzilmasini yaratishi kerak. Devid va’da qilingan narsani bajarish uchun pinagini ham buzib qo‘ygani yo‘q. U yiliga 13 000 funt to‘laydi va bu yerda tarki dunyo tarzda hayot olib boradi. Pulni Devid Internet orqali birja o‘yini bilan topadi. U sabzavot yetishtiradi, o‘zi pivo tayyorlaydi. Sud qaroriga ko‘ra, unga orolni tark etish buyurilgan, ammo Broker-Robinzon katta dunyoga qaytishni istamaydi. U orolda o‘zining Kvazi laqabli iti bilan birga juda qulay yashab kelmoqda.

6. Orzu oroli. Brendon Grimshou

6. Orzu oroli. Brendon Grimshou

6. Orzu oroli. Brendon Grimshou

O‘tgan asr 60-yillarning boshlarida Brendon Seyshel orollariga mehnat safari bilan borgan. Bu xizmat safari uning hayotini butunlay o‘zgartirib yuborgan - u hayot uchun yaroqsiz bo‘lgan Muayen orolida qolishga qaror qilgan edi. Grimshou tadbirkor bo‘lgan va o‘zining yolg‘izligiga huquqiy asosni ta’minlash uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan. Brendon orolni sotib oldi va bu yerda avval yashaganlarni qidira boshladi. Uning izlanishlari muvaffaqiyatli bo‘lib, u Rene Lafortuno ismli Kreolni topib oldi. U Brendonning tarixidan shu qadar ilhomlangan ediki, o‘zining xotini va bolalarini qoldirib, Grimshouga sherik bo‘ldi. "Robinzon va Jumaboy" nafaqat orolda shunchaki yashaydi, balki barcha vositalar bilan tabiatni asrab, qo‘llab-quvvatlaydi. Ular 16 000 donadan daraxt ekdilar, toshbaqalarni boqadilar va qushlar hayoti uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan shug‘ullanadilar. Buning uchun Brendon hatto o‘z oroliga ichimlik suvini ham o‘tkazgan. Ularning harakatlari ijobiy baholandi: 2008- yilda orol milliy bog‘ maqomiga ega bo‘ldi. Bugungi kunda Grimshou tarixi keng tanilgan va orol doimiy ravishda sayyohlar tomonidan ziyorat qilinadi. Brendonning yolg‘izlik kunlari endi boshlangan paytlari to‘g‘risidagi xotira sifatida u "Erkak va uning oroli to‘g‘risida hikoya" nomli kitob yozdi.

7. Tabiat bilan uyg‘unlikda. Masafuni Nagasaki

7. Tabiat bilan uyg‘unlikda. Masafuni Nagasaki

7. Tabiat bilan uyg‘unlikda. Masafuni Nagasaki

Qachonlardir Masafuni Nagasaki fotosuratchi bo‘lgan, ko‘ngilochar industriya sohasida ishlagan, ammo jamiyat tomonidan o‘rnatilgan me’yorlar uning ozodlikni sevuvchi tabiati uchun kamlik qilgan. Shundan keyin u odamlar dunyosini tark etishga qaror qildi. Mana 20 yildan ziyod vaqt mobaynida Masafuni Okinava prefekturasidagi Iriomote orolining g‘arbiy qirg‘og‘i tomoniga chegaradosh Sotobanari orolida yashab keladi. Ihtiyoriy Robinzon guruch bilan oziqlanadi, butun orol bo‘ylab qo‘yib chiqqan ko‘zachalarga yig‘ilgan yomg‘ir suvini iste’mol qiladi. Masafuni inson zoti yashaydigan eng yaqin aholi punktiga (okean bo‘ylab bir soatlik yo‘l) guruch uchun borganida bir haftada bir marta kiyinadi. Pulni unga qarindoshlari jo‘natib turadi. Nagasaki oroldagi o‘z ixtiyoriy qamalib olishining maqsadini juda oddiy ifodalaydi: "O‘lishni istagan joyni topish juda muhim, va men mana shu yerda sokinlikni topishga qaror qildim" - deydi u.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations