Afrikaning afsonaviy maxluqlari
Bir necha asrlar davrida Afrika yevropaliklar uchun noma’lum va sirli qit’a bo’lib kelgan. Yaqin yaqin kunlargacha “qora” qit’ada qadimiy maxluqlar saqlanib qolgan bo’lishi mumkin deb hisoblanar edi, shuning uchun ham Afrikaga ko’pdan ko’p ilmiy ekspeditsiyalar intilardi. Quyidagi maqolada Afrikada go’yo yaqin kunlarga qadar istiqomat qilib kelgan (ayrim mahalliy qabilalarning gaplari bo’yicha hamon mavjud bo’lgan) 10 nafar afsonaviy maxluqlar to’g’risida ma’lumotlar yig’ilgan.

1. Mokele-Mbembe

1912 yilda dunyodagi eng taniqli tabiatshunos olimlardan biri Afrikaning ichkarisida tarixdan avvalgi mavjudotlardan biri hamon yashab kelayotganiga qattiq ishongan. Karl Gagenbek zoologiya va hayvonlar bilan insonparvarlarcha munosabat tarafdorligi harakatining eng ilk pionerlaridan biri bo’lgan. Rodeziyaga sayohati paytida u shu mintaqaning inson qadami yetmas darajadagi eng uzoq botqoqlaridan birida allaqanday yarim ajdar - yarim fil mavjudligi to’g’risida bir necha xikoyalarni eshitgan. 

Tahminlarcha bu maxluq g’or va qoyalarda aks ettirilgan qadimiy suratlar majud va shu suratlar analiz qilinsa o’sha maxluq mezozoy yoki mel davrida yashagan dinozavrlardan biri bo’lib chiqishi mumkin emish. Biroq, Gagenbek tomonidan jo’natilgan ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlikka uchrab hech qanday yangiliksiz qaytgan. 

Oradan bir yil o’tib Germaniya kapitan Frayxerra fon Shteyna suLausnits boshchiligidagi yangi ekspeditsiyani G’arbiy Afrika hamda Kamerun davlatidagi botqoqli changalzorlarini tadqiqot qilish uchun jo’natgan. Ekspeditsiya mintaqaning haritasini tuzib, botanik namunalarni yig’ib olishi, shuning bilan birga aniqlangan har qanday hayvonlarning yangi turini ro’yxatga olishi kerak edi. Ekspeditsiya ikkinchi jahon urushi boshlanishi tufayli zudlik bilan chaqirib olingan. Uning hisobotlari esa bir necha o’n yillarga nom-nishonsiz yo’qolib ketgan. Nihoyat, payti kelib ular tabiatshunos Villi Ley tomonidan chop qilingan. 

Leyning so’zlariga qaraganda nemislar avvalari Gagenbek aytib o’tgan narsani – tarixdan ilgarigi maxluqni topgan. Fon Shteyn suLausnits uni Mokele-Mbembe deb nomlagan va fildan kattaroq bu maxluqning dumi alligatornikiday uzun dumi, brontozavrni eslatuvchi bo’yni va kallasidan chiqib turuvchi uzun shoxi yoki tishi bor emish.

2. Ninki-Nanka

Ninki-nanka — G’arbiy Afrika folkloridagi maxluq. Uning tasvirlanishi turlicha biroq ko’pchilik afsonalarda bu hayvon sudralib yuruvchi yoki ajdarga o’xshash deyiladi. Afsonalarga muvofiq, Ninki-nanka G’arbiy Afrikaning botqoqliklarida yashaydi. Afsonalarda aytilishicha bu maxluq juda bahaybat va juda havfli. Uning uzunligi 50 metrga yetaremish. Odatda yosh bolalar o’zboshimchalik qilsa, ota-onasiga quloq solmay botqoqlik tomonlarga yaqinlashsa Ninki-Nanka ularni yeb qo’yishi mumkinligi bilan qo’rqitadi. Bu maxluq to’g’risidagi afsonalar aborigenlar tomonidan hech qachon yozib olinmagan, lekin butun Afrika bo’ylab qabiladan qabilaga og’zaki ravishda o’tib kelgan. 

Yevropaliklar bu maxluq to’g’risida 1935 yilda Tomas Dalrimpl ismli bir vrach tomonidan afsonalarning biri yozib olingandan keyin xabar topgan. Senegallik fransuz tilida ijod qilgan Touré Kunda guruhining Casamance au clair de lune albomida “Ninki Nanka” nomli qo’shig’i mavjud.

Bu afsonaviy maxluqni o’zlari aytishlaricha, ko’rgan va uning mavjudligi aniq, ekanligi to’g’risidagi xabarnomalarni tadqiq qilish uchun 2006 yilning yoz oylarida Anomal zoologiya Markazidan (CFZ) “ajdar ovlovchilar”ning katta Guruhi Gambiyaga yo’l olgan. Ninki Nanka bilan yuzma-yuz uchrashganini ta’kidlaganlardan birining ta’riflashicha bu maxluqning tashqi ko’rinishi bilan xitoy ajdahosiga juda o’xshar emish.“Dauns hotirasi sharafiga 2006 yil Gambiyaga uyushtirilgan ekspeditsiya” deb nomlangan bu harakat ommaviy axborot vositalari tomonidan salmoqli e’tiborga sazovor bo’lgan, shu jumladan VVS Online SA sahifasidaga alohida maqolada yoritilgan. Afsuski, ushbu maxluqning haqiqatdan ham mavjudligini isbotlab beruvchi qat’iy dalillar topilmagan.

Richard Frimen – qit’aning eng tutqich bermas maxluqlaridan birini izlab yaqindagina Afrikaga yo’l olgan. Ninki-Nankaning mavjudligiga ishonuvchilarning gaplari bo’yicha bu maxluq juda ham yashirin hayot kechiradi va uni ko’rgan odamlar oradan hech qancha vaqt o’tmay hayotdan ko’z yumar emish. Uzoq yillar davomida hayvonot bog’ining ishchisi bo’lgan Frimen, bu kritozoologik hodisaning o’ziga yarasha aqlga muvofiq talqini borligiga chuqur ishonadi - Ninki-Nanka echkiemarning shu paytgacha fanga noma’lum bo’lgan turlaridan biri bo’lishi mumkin emish.

3. Arieldagi hodisa

Avvalo shundan boshlash kerakki Garvardlik psixiatr doktor Djon Mek 1994 yilda Yerdan o’zga hayot shaklini tasvirlaganlar bilan uchrashib gaplashganda, u “uchrashganlar” sof haqiqatni gapiryapti degan xulosaga kelgan. 1994 yilning 16 sentyabr kuni o’shi 5 dan 12 yoshgacha bo’lgan tahminan 60 nafar bolalar Zimbabve poytaxtining chekkasidagi o’z maktabi hududida o’ynayotgan paytda o’rmon uzra past tezlikda uchgan haddan ziyod katta kosmik kemani, u bilan birga yana bir necha uchish apparatlarini ko’rgan.Kosmik kema bolalar maydonchasining yonida qo’ngan va ularning aytishicha, bolalarning oldiga bir necha g’alati maxluqlar yaqinlashgan. Bolalarning hammasi bir ovozdan ushbu maxluqlarni pakana bo’yli, qop-qora sochli va ko’zlari judakatta ekanligini ta’kidlagan. Uchrashuv tahminan 15 daqiqa davom etgan. Eng qizig’i shundaki, o’sha paytgacha bolalarning birortasi ham NUJ, ya’ni noma’lum uchuvchi jismlar to’g’risida xatto tushunchaga ham ega bo’lmagan.

 

4. Marozi

Marozi ("tanho arslon") – butun Sharqiy hamda Markaziy Afrika hududida uchragan olachipor bahaybat mushuk. Uni ko’rganlarning gaplari bo’yicha bumaxluq oddiy arslondan salgina kichikroq. U o’zining mashhur zotdoshini eslatishiga qaramay marozining terisi butun orqasi bilan birgan yonboshlari tomonidan kulrang-jigarrang dog’lar bilan qoplangan. 

1931 yilda Maykl Trent ismli fermer uning fermasidagi yirik shoxli qoramollarga tinmay hujum qilgan olachipor arslon juftligini otib tashlagan. 1933 yilda Kennet Gandar Doverismli tadqiqotchi yarim arslon va yarim qoplon ko’rinishidagi bu noodatiy maxluqni topish uchun Keniyaning tog’lariga yo’l oldi. Afsuski, u quruq qo’l bilan qaytgan. Shunga qaramay, u yangi qoldirilgan bir necha g’ayrioddiy izlarni ko’rgan. Bu masala hanuzgacha ochiq qolib kelmoqda. Ayrimlarni aytishicha, olachipor arslon bu afsonadan o’zga narsa emas, ayrim kishilar esa bu hayvonni o’z ko’zlari bilan ko’rganini hamon ta’kidlab kelmoqda.

5. Kongamato

Tadqiqotchi Frenk Melland 1912 yilda kaonde qabilasi bilan ma’lum vaqt birga yashash maqsadida Afrika qit’asining janubiy-markaziy qismiga yo’l oldi. O’sha davrda mahalliy aholi vakillari unga “Kongamato” nomli bir maxluq to’g’risida gapirib berganlar. Aniq tarjima qilinganida “kongamato” so’zi “qayiqlarni ag’daruvchi” ma’nosini birliradi. Melland o’z kitobining butun bir bobini shu maxluqqa bag’ishlagan, chunki u kaonde madaniyatida juda muhim o’rin egallaydi. Shuningdek u kaonde qabilasida keng yoyilganida 1,5 – 2 metrga teng ko’rshapalaknikidek qanotlari bor kaltakesaksimon maxluqdan saqlanish uchun maxsus jodulari borligini ta’kidlagan.Guvohlarning bir nechtasiga Melland pterodaktilning suratini ko’rsatganida ular bu aynan “kongamato” ekanligini tasdiqlagan.

6. Umdglebi daraxti

Kriptobiologiya — shu paytgacha ro’yhatga olinmagan o’simliklarni izlab topish  hamda ularni o’rganish bilan shug’ullanuvchi fan. Ko’pincha bu juda g’alati o’simliklar bo’ladi. 1870 yilda Genri Kallavey ismli missioner zuluslarning diniy tizimi to’g’risida hisobotni chop qilganidau o’ta halokatli umdglebi daraxti to’g’risida ma’lumotni ham kiritgan. Budaraxt shu darajada zahri qotilki uning atrofidagi yerlar skeletlarga to’lib ketgan. 

Bu daraxtga qo’ngan barcha qushlar darhol ajal topgan. Shu bilan birga targ’ibotchi shuni aytganki,bu daraxt gohida qo’yning ma'rashini eslatuvchi g’alati ovoz taratgan. Kallavey butun qishloqni o’ldirishga quvvati etadigan darajadagi zaharli bu daraxt ta'siridan o’lgan oldamlarni ularning o’limidan avval ko’rgan.

7. Kulakamba

Pol dyuShayyu ismli fransuz tadqiqotchisi, pigmey qabilasi bilan ilk muloqot qilgan hamda avvallari afsonaviy deb hisoblangan hayvon – gorillani birinchi bo’lib ko’rgan tashqi dunyo odami. U Afrika maymunlar bo’yicha qilgan tadqiqotlarini tavsiflaganida, u to’rt hil maxluqni ta’riflab bergan: gorilla, shimpanze, nshegombuve hamda kulakamba. Kulakamba bu nomini o’zining g’alati hayqiriqlari tufayli olgan. DyuShayyuning gaprlari bo’yicha, kulakamba qoshlari ustidagi katta yoylari, kichgina tumshug’i, yirik quloqlari va shimpanzega nisbatan kattaroq bosh suyagi bilan ajralib turadi. Bu hayvon zamonaviy Gabon hamda Kamerun hududlarida yashovchi odamlarga tanish bo’lgan.

8. Emela-Ntuka

Emela-Ntuka –shu qadar sirli maxluqki, uni goho tuyoqli sut emizuvchi, goho sudralib yuruvchi sifatida ta’riflaydilar. Ammo bir narsasi aniq: emela-ntuka juda rasvo fe’lga va peshonasida yagona shoxga ega. Shu shox bilan u fillarni hamda boshqa yiriq hayvonlarini bir zarbadayoq o’ldira oladi. Emela-ntukaning kattaligi filga teng. Uning bo’yni atrofidagi teri timsohniki kabi qat-qat ko’rinishda. Emela-ntuka to’g’risidagi dastlabki xabarlar 1913 yilda paydo bo’lgan. 

Tadqiqotchi Xans Shomburgk bu maxluq to’g’risidagi voqealarni Liberiyaning klao qabilasi vakillaridan yig’ib olgan. Emela-ntuka o’txo’r bo’lishiga qaramay u o’z yo’lida uchragan hech qanday jonzotni ayamay uni shafqatsizlarcha o’ldiradi. 1981 yilda Roy Makal mokele-mbembe maxluqini topish maqsadida Kongo safar qilganida emela-ntuka to’g’risida bir necha marta ogohlantirishlarni eshitgan. Makal bu maxluqni tirik qolib hozirgi kunga qadar yetib kelgan seratops dinozavri bo’lishi ehtimoli bor, degan xulosaga kelgan.

9. Qonxo’r o’t o’chiruvchilar

Xatto 20 asrda ham Afrikaning ayrim hududlaridagi mahalliy qabilalari mustamlaka politsiya xodimlari hamda o’t o’chiruvchilarni odamlarga yordam beruvchi emas, aksincha, odamlarni yem sifatida ishlatadigan qonxo’r vampirlar deb hisoblaganlar. 1947yilda Mombasada mahalliy o’t o’chiruvchilar komandasi to’g’risida o’ta vahimali voqea to’g’risida mish-mishlar tarqalib ketgan. Bir erkak o’t o’chiruvchilar uyqudagi bir ayolni o’g’irlab, o’t o’chirish stansiyasiga olib  ketib qolganini o’z ko’zi bilan ko’rganini tinmay ta’kidlagan. Go’yoki, ular sal keyinroq bir necha chelak qon bilan ko’ringan emish. Bu Keniyada o’t o’chiruvchilar hamda politsiya vakillari qonho’rlik, vampirizmda ayblanishning yagona hodisasi bo’lmagan.

10. Popobava

1995 yilning fevral oyida Pemba orolida bir oila “Popobava” nomli bir maxluqning hamlasiga qolganini bayon qilganidan keyin haqiqiy tartibsizlik boshlanib ketdi. Bu bir necha o’n yilliklar avval shu hududda uyqudagi erkaklarga nisbatan zo’ravonlik qilgan maxluqning sharafiga “tajovuzkor” shunday deb aytilgan.

Bu daxshatli maxluqni ta’riflab berishlaricha u peshonasida bitta katta ko’zi bor va pakana bo’yli, kichgina va o’tkir quloqlari bor, ko’rshapalakning qanotlari hamda tirnoqlariga ega.     

Orolda vahima shu darajada avj olib ketganki butun orol bo’ylab odamlar uydan tashqarida, ko’chada gulhanlarning yonida qo’shnilar bilan yonma-yon tunagan. Vahima tinchib bo’lganidan bir oy o’tgach, popobava to’g’risida yana bir marta xabarlar paydo bo’lganida vahima qaytadan boshlandi. Pemba orolida qotilliklar sodir bo’la boshladi. O’shanda kamida olti nafar odam o’ldirilgan, chunki ular popobava bilan adashtirib yuborilgan. Bundan tashqari, Zanzibar kasalxonalarida juda ko’p qovurg’asi singanlar, lat yeganlar va boshqa shikastlanishga duchor bo’lganlar to’lib ketgan. Odamlar, aniqrog’i, olomon buning hammasining sababchisi popobava ekanligini ta’kidlagan. Bir nafar ruhiy kasal odam o’sha iblis u ekanligini tan olganidan so’ng, darhol chopib tashlanib, halok bo’lgan. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations