Aholisi 1 kishidan iborat dunyoning 7 shahri
Dunyoda shunday shaharlar borki, ularda faqatgina 1 ta fuqaro istiqomat qiladi. Ishonmaysizmi? Unday bo’lsa maqolani ohiriga qadar o’qib chiqing!

1. Buford, Vayoming, AQSH

Buford aholisining yagona vakili: Den Salmon

Buford — Amerika Qo’shma Shtatlarining Vayoming shtati, Olbani o’lkasidagi nouyushmaviy hamjamiyat. U Larami va Shayenn shaharlari o’rtasida I-80 yirik avtoyo’lining bo’yida joylashgan. U joylashgan joyning balandli 2438 metr. Bu Buford shahrini Nyu-York bilan San-Fransiskoni bog’lovchi shosse bo’yida koylashgan eng baland aholi yashash joyi. 

Shaharning yagona yashovchisi Den Salmon bir vaqtning o’zida qorovul, yoqilg’i quyuvchisi, mahalliy do’kondagi sotuvchi va shaharning meri vazifalarini bajaruvchisi sanaladi. 

Bufordga asos solgan odama bu kavaleriya generali va qo’mondoni Djon Byuford  deb hisoblanadi. 1866 yilda u bu yerda chegarachilarning manzilgohini o’rnatgan. Bu qishloq birinchi transkontinentaltemir yo’l o’tkazuvchilari va yerkovlarini himoya qilish uchun “Djon byuford forti” nomi bilan tanilgan.  O’sha davrda bu manzilgohda 2000 kishi yashagan. Vaqt o’tib ishchilar yaxshiroq turmush sharoitlarini izab shaharni tashlab keta boshlaganlar. 1880 yilda bu yerda pochta bo’linmasi qurildi, qishloqqa esa general Byuford sharafiga Bufford nomi berildi.

Bufordning o’ziga xosligi shundaki, hozigi paytda uaholi soni atigi 1 kishini tashkil qilgan shaharlar ichida AQSHdagi  yagona va dunyodagi bir necha shunday shaharlardan biri. 2008 yilda shahardan uning o’g’li ko’chib ketdi. Bufordda Don bir o’zi qoldi.2012 yilning mart oyida Semmonsning xo’jaligi sotilayotgan kim oshdi savdosi to’g’risida e’lon qilingan. Bu auksion 5 aprelda bo’lib o’tgan. AQSHda eng kichgina deb hisoblangan shahar kim oshdi savdosida 900 ming AQSH dollariga sotilgan. 

G’arbdagi Vayoming shtatining Buford shahri uchun bo’lib o’tgan savdoda Vyetnamlik ikki erkak g’olib chiqqan. Ammo ular to’g’risida hamon ma’lumotlar oshkora qilinmagan.

2. Monovi, Nebraska, AQSH

Shahar aholisining yagona vakili:  Elsi Eyler

Monovi (Monowi)— AQSHning Nebraska shtatidagi shaharcha. 2010 yil ma’lumotiga ko’ra aholi punktida yashab kelayotgan yagona inson – 77 yoshli Elsi Eyler hisoblanadi. Monovi Vayoming shtatidagi Bufordni hisobga olmaganda AQSHning eng kam aholi yashaydigan joylaridan biri hisoblanadi.

Shaharda yashovchi Elsi Eyler o’z o’zidan Monovining meri, shu bilan birga u mahalliy kutubhona va barning egasi ham.

Monovidagi aholi ko’payish avji 1930 yilga to’g’ri kelgan. U paytda bu shaharda 150 kishi yashagan. Biroq, vaqt o’tib mahalliy aholi yirik shaharlarga ko’chib keta boshlagan. Oqibatda bu shaharchada Eylerlar juftligi qolgan. 2004 yilda oila boshlig’i olamdan o’tgan, shundan keyin bu yerda faqat Elsining o’zi qolgan.

Mahaliy kutubxona. U avval shahar yagona yashovchisi bo’lgan ayolning eri - Rudi Eylerga tegishli bo’lgan.

Janob Eyler 2004 yilda olamdan o’tganidan so’ng Elsi Eyler shahardagi yagona yashovchi bo’lgani uchun u shaharning meri ham. Shu tufayli, u o’ziga o’zi likyor va aroq sotish huquqini beruvchi litsenziya beradi hamda o’ziga o’zi soliq to’laydi. 

Bu Monovi shahrining to’rt dona ko’cha yoritish chiroqlarini davlat tomonida moliyalashtirilishini ta’minlash uchun, yo’l tarmoqlarini rivojlantirish munitsipal rejasini olish maqsadida kerak bo’ladi.

3. Kess, Yangi Zelandiya

Kess temir yo’l stansiyasi – Rita Angus surati, 1936 yil

Shaharchaning yagona yashovchisi: Barri Drammond

20 asrning boshida (tahminan 1910 yil) Kessning aholisi 800 kishidan iborat bo’lgan. Bu shunday davr ediki, minataqada Midland Line temryo’li bilan Artur darasi (Arthur’s Pass)dan o’tkazilishi mo’ljallangan tunnelning qurilishi olib borilgan. Lekin ishlar yakunia yetganidan keyin Kess aholisi ko’chib keta boshladi. Bugungi kunda Kess shahrining yagona yashovchisi Barri Drammond bu shaharchaga 25 yil avval ko’chib kelgan. 

Uning so’zlariga qaraganda u ko’chishni xohlamagan va manzilini faqatgina mahalliy temir yo’lda yaxshigina maosh to’lanadigan ish taklif qilganlari uchun o’zgartirgan. Shu paytda u Kessda xatto ikki yil ham qolmasligiga qattiq ishonch bilan kelgan. Ammo bugungi kunda Barri bu shaharchadan ketish niyati yo’qligi to’g’risida qayta-qayta gapirib kelmoqda. 

 

Barri haligacha temir yo’lida ishlab keladi va o’zini hech qachon yolg’iz his qilmaganini ta’kidlaydi. Eng yaqin bo’lgan Arthur Pass bilan Flock Hill aholi punktlari uzoq emas.Bundan tashqari, Rita Angusning asaridan tufayli mashhur bo’lib ketgan Kess stantsiyasiga goh-gohida turistlar kelib turadi.

“Bu yerga doim odamlar kelib turadi, – deydi Barri.– Odatda kuniga 4-5 kishi”. Qanchalar qiziq tuyulmasin, ammo Barri Kess shaharchasida aynan odamlarni deb qolishga qaror qildi. Uning gaplariga qaraganda, u qo’shni aholi punktlarining soddadil odamlari bilan juda samimiy do’stlashib qolgan.Uning xayotida ayol kishining yo’qligi masalasiga kelsak, bu uni “hech qachon bezovta qilmagan” deydi Barri. 65 yoshli yangi zellandiyalik bu odam umri davomida biror marta ham uylanmagan.

Barri sershovqin shaharlardan uzoqlikda yashagani uchun juda bahtli ekanligini ta’kidlaydi. Kessda shahar bezovtagarchiligi, shovqin va tirbandliklar yo’q. Turar joy ijarasi esa unga qimmatlik qilmaydi. Unga yetishmaydigan yagona narsa – bu fast-fud xizmatidan foydalanish, ayniqsa, u sevadigan “Fish & chips”, va “KFC” da tezda ovqatlanib olish imkonining yo’qligi. Biroq bu kamchilikni to’ldirish uchun u tez-tez yaqin shaharchalarga boradi va albatta u yerdan fast-fuddan biror narsa harid qilmay qaytmaydi.

Barri Drammond temir yo’l xodimlari bilan “Cass Bash” mahalliy aholi o’rtasida kriket bo’yicha musobaqalar tashkil qilinishida doimo qatnashib keladi. Bu marosimni tomosha qilish uchun mamlakatning turli burchaklaridan ko’plab yangi zellandiyaliklar Kess shahriga keladi.

Barrining aytishicha u ishlashni to’htatganidan keyin ham baribir Kessda qolishini va favqulodda holatlarda temir yo’lga qo’lidan kelganicha yordam berishini doimo aytib keladi.

“Men yura olgunimcha shu yerda qolaman”, – deydi u.

4. Roshfursha, Fransiya

Roshfursha — bu Fransiyaning janubiy sharqida Rona-Alp mintaqasi Drom departamentidagi jamoa yig’ini. Unda bor-yo’g’i bittagina uy, qayta ta’mirlangan ombor bilan eski qal’a vayronalari bor. Roshfurshaga eng yaqin boshqa aholi punktlari —Saint-Nazaire-le-Désert, Les Tonils, Pradelle, va Brette. Roshfurshada doimiy ravishda bittagina odam, 38-yoshli Jan-Batist Lyulli yashaydi.

5. Bonanza, Yuta shtati, AQSH

Bonanza Amerika Qo’shma Shtatlarining slanets va yoqilg’ining boshqa qazilma turlari qazib olish ishlariolib boriladigan Kolorado yassi tog’ligida joylashgan. 2010 yilda o’tkazilgan aholini ro’yhatga olish natijalariga ko’ra bu yerda atigi bitta odam yashaydi.

6. Lore, Vashington, AQSH

Lore — Kanada bilan chegaradosh bo’lgan AQSHning Vashington shtatidagi kichgina shaharchasi.2010 yildagi aholi vakillarini ro’yhatga olish ishlarining natijasiga ko’ra bu shaharchada bittagina odam yashab keladi. Bundan tashqari, Avey dalalari (Loredajoylashgan) AQSH bilan Kanada o’rtasida joylashgan o’ziga xos aeroportni tashkil qiladi. Amerika bilan Kanada bojhonalari avtoturagohning yonidagi shosseda juda qulay joylashib olganlar.

7. Oyl-Springs, Nyu-York, AQSH

Oyl-Springs — AQSHning Nyu-York shtatida joylashgan Seneka indeyslar qabilasining rezrvatsiyasi. Oyl-Springs ikkita okrug -  Allegami va Kattaraugus okruglari o’rtasida bo’lingan. 2010 yilda o’tkazilgan aholini ro’yxatga olishdan keyin Oyl-Springsda bitta odam yashab kelishi aniqlandi. Bu odam mahaliy amerikalik, ya’ni hindular qabilasining vakili.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations