Ajoyib va g’aroyib Hindiston: noyob ma’lumotlar va suratlar
Hindistonga tushib qolgan odam ushbu mamlakatning sirli va mo’jizakor muhitiga sho’ng’ib, dunyodagi barcha narsani unutadi. Bu yerda sultonlar, ko’rkam qasrlar va ibodatxonalar haqidagi ertaklar ro’yobga chiqadi. Hindistonda sir-sanoatga to’la bo’lgan manzarali joylar juda ko’p.

Hindiston hududining kattaligi bo’yicha dunyoda yettinchi o’rinni egallagani bilan aholisi soni bo’yicha Xitoydan keying ikkinchi o’rinda turadi: taxminiy hisob-kitoblar bo’yicha u yerda 1,2 mild odam istiqomat qiladi.

Hindistonda har 12 yilda nishonlanadigan diniy bayram bor: Kumba-mela. Kumba-mela bayramining oxirgi marosimi 2013 yilning 14yanvarida bo’lib o’tdi: bu kuni Allahabaddagi induistlar muqaddasgohlariga ziyorat va ibodat qilish uchun 100 mln odam tashrif buyurdi, bunday miqdordagi odamlar yig’ilishi tarixda reлord darajaga yetdi.

Hindistonning Varanasi shahrini eramizadaт avvalgi 500 yilda Budda tashrif buyurganda ham qadimgi deb atashar edi. Bugungi kunda Varanasi shahri nafaqat Hindistonning, balki butun dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri hisoblanadi.

Ko’pgina hind oilalarida huddi bizning xalqqa o’xshab,ayollar turmush o’rtoqlarini ismi bilan chaqirmaydilar, bu hurmatsizlik hisoblanadi. Ayol eriga to’g’ridan-to’g’ri ismini aytmasdan murojaat qilishi yoki hech bo’lmaganda "bolamning otasi" deb chaqirishi ham mumkin.

Hindistonda bevalar shumqadam deb hisoblanadilar – aksholda eri o’lmas edi. Ba’zi o’ta diniy oila va jamoatchilikda beva ayolga yangi turmush qurayotgan kelin va kuyovning yoniga yaqinlashish mumkin emas. Qadimgi Hindistonda hatto shunday udum bo’lganki, unga ko’ra eri vafot etgan ayol eri bilan birga yoqilar edi.



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations