Amir Temur haqida 8ta fakt
18 fevral 1405 yili Timur (Tamerlan) olamdan o’tdi – buyuk sarkarda, jangchi, hukumdor, timuridlar imperiyasini asoschisi, va bundan tashqari – o’nto’rtinchi asrni ohiri o’n beshinchi asr boshi barcha xalqlarni qo’rquv va daxshati. Bu odam o’zida tasavvur qilib bo’lmaydigan shavqatsizlik va nozik sa’nat va ilm-fanni tushinishni mujassam qilgan.

Tamerlan azaldan mongol jangchilari sanalmish oilada tug’ilgan. Ko’rimsiz va taniqli bo’lmagan oilada tug’ilganiga va bundan tashqari fizik nuqson (chap oyoqga cho’loqlanar edi) egasi bo’lganiga qaramasdan, Timur xonni kursisidan yiqitdi va Djagatay ulus ustidan hukmronlikga ega bo’ldi. Shundan so’ng u o’zini Chingizxonni to’g’ri ajdodi ekanligi haqida ochiqchasiga aytdi. So’ngi o’ttiz besh yil ichida u yangi va yangi erlarni egallagan, dushmanlarni daxshatga tushirgan va qo’l ostidagilarni hayratlantirgan.   

1. “Temir cho’loq”

Buyuk emir Timur, Timuridlar imperiyasi asoschisi tarixga “Timur-e Leng” yoki Tamerlan nomi bilan kirgan, bu emir cho’loq deb tarjima qilinadi.  Shunday afsona borki, Tamerlan tug’ilganda uning qisilgan mushtida qatigan qon bo’lgan. Bolani otasi jangchi Tarag’ay (turg’ay) uni o’g’lini buyuk jangchi yoli kutayotganini darxol tushindi va chaqaloqga Timur ismini qo’ydi (mongol Temyurni turkiy variant –“Temirdan”). Bu oddiy tarqalgan ism bo’lmagan, u o’zini ichida chuqur ma’noga ega bo’lgan, chunki turkiy xalkni diniy odatlariga chuqur tomir otgan, ularda temir doim ilohiy materiya deb hisoblangan. Ba’zi osiyo rivoyatlariga ko’ra, dunyoni markazida temir tog’ turadi, “abadiy hukmronlik” esa mongol afsonasida “temir kabi” deb ataladi. Bundan tashqari shuni inobatga olish kerakki, Timur barlaslar qabilasida dunyoga kelgan, va u erda hali ham majusiylik saqlanib qolgan, tug’ilganda berilgan ism esa keyinchalik umr yolini aniqlagan. Leng (cho’loq) laqabi Timurga fors yurishidan so’ng muxrlanib qolgan va xaqoratomuz hisoblangan, jangchini mayibligidan dalolat bergan – sinishdan keyingi noto’g’ri birikgan o’ng oyoq suyaklar, bu jarohatni janglaridan birida olgan. Shu paytlardan beri emirni haqoratli nom bilan atashadi.

2. O’qimishli zolim hukmdor

Timur o’zining“qonli vaxshiy” nomiga qaramasdan, juda o’qimishli odam bo’lgan. Zamondoshlarni eslashlari bo’yicha u so’zlashuv turkiy, forsiy va mongol tillarini mukamal bilgan. Boshqa manbaalarga ko’ra, savodsiz bo’lgan, lekin san’at va nozik adabiyotni yoqtirgan, e’tiqodi va kuch bilan olimlar, rassomlar, hunarmandlar va muhadislarni o’ziga tortgan, ularni oson o’lja deb hisoblab. Aynan Timur davrida Samarqand “Sharqni yorqin yulduzi” bo’lib qolgan – Osiyoni asosiy madaniyat markazi bo’lib.  Shunisi hayratlanarliki, Tamerlan o’z poytaxtini yahshi ko’rgan, cho’l-normadlarda biri bo’lishiga qaramasdan, ular o’zlarini shaxar devorlari bilan chegaralab qolishni istamagan. Buyuk emir biograflari aytishadi, Samarqandda u olib borgan faol qurilish u uchun barcha buzgan va vayron qilganlarini unitish vositasi bo’lgan. Uning urinishlari bilan ulkan kutubxona, Ko’ksaroy qasri va boshqa bizgacha etib kelgan diqqatga sazovor shaxarlar paydo bo’lgan. O’zining asoschisini cheksiz hukmronligini tasdiqlagani kabi, Tamerlan qasri eshiklarida yozuv habar bergan: “Agar siz bizning qudratimizdan shubxalansangiz, bizning qurilishlarimizga qarang” 

3. Tamerlanni ma’naviy ustozi

Tamerlandagi ilmga chanqoqlik o’zidan o’zi paydo bo’lmagan, uni yoshligidan atrofida donishmand murabbiylar bo’lgan, ularni orasida payg’ambar Muhammadni avlodidan  sufiy donishmand Mir Said Barak bo’lgan. Aynan u Tamerlanga hukmronlik belgilari – baraban va bayroqni qo’liga topshirgan, unga buyuk kelajakni bashorat qilib. “Guru” doimo buyuk emirni yonida bo’lgan, va unga xattoki harbiy yurishlarida ham hamrox bo’lgan. Bundan tashqari u Timurni xal qiluvchi Toxtamish bilan bo’ladigan jangga oq fotixa berdi. Shunday afsona borki, jang vaqtida, Toxtamish Timur ustidan g’alaba qozanayotgan vaqtda, Said Barak xon qo’shinlari oldiga kumni sochib yuborgan va u jangda yutkazgan. U yana o’z shogirdini Dmitriy Donskiy bilan jangdan og’oh qilgan, va ma’lumki Timur o’z qu’shinlarini ortga qaytargan va Elets orqali Krimga ketgan, Rus’ hududiga boshqa chuqurlashmasdan. Tamerlan o’z ustozini juda ham hurmat qilgan. Said Barakga Go’r-Emir maqbarasida o’z to’rini vasiyat qilgan, o’zini esa uni oyog’ida ko’mishni ta’yinlagan, uni buyuq gunohkorni Daxshatli sudda himoya qilishi uchun.  

4. Timur bayrog’i.

Bayroq, Tamerlan huqmi timsoli, katta diniy ahamiyatga ega edi. Turkiy an’ana bo’yicha shunga ishonishganki, bu qo’shinni ruhi, uni yoqotish demak dushmanga qarshi kurashihga imkoniyatni yoqitishdir. Bayroq urushga chaqiruv sifatida ham bo’lgan – agar emir uni o’tovni oldiga qo’ysa – urish bo’ladi, darxol uning butun avlodi qurollanishga shoshilgan, ittifoq ovullarga elchilar uchgan.  Tamerlan bayrog’ida uchta uzuk tasvirlangan, teng tomonli uchburchak shaklida. Hozirgacha ularni ma’nosi ma’lum emas. Ba’zi tarixchilar, ular er, suv va osmonni ramzlari bo’lgan deb hisoblaydi. Balkim uzuklar Tamerlan ega bo’lgan dunyoni uch tomonini anglatgandir (u paytdagi tushuncha bo’yicha – dunyoning barcha tomonlari), ya’ni bu bayroq Tamerlanga butun dunyo tegishli ekanligini anglatgan. Bu haqida XVI ispan diplomat ha sayyoh Klaviho dalildir. Shunday afsona borki, Ankaradagi Osman sultoni Bayazid bilan jangda Klaviho aytgan ekan: “Bu qanday surbetlikki, butun jahon senga tegishli deb o’ylash!”, va bunga javob olgan: “Yanada ko’proq surbetlik, bu oy senga tegishli deb o’ylashdir”. Bu ramzni bundan ko’ra yanada afsonaviy talqin bo’lgan. Nikolay Reyx bunda “uchbirlik” belgisni ko’rgan, va u ko’plab madaniyatlarda universal bo’lib hisoblanadi – turkiy, kelt, hind va ko’plab boshqalarda, buyuk faylasufni “Dunyo bayroqlari” yaratishga ilhomlantirgan.

5. Sevimli hotin

Tamerlanni 18ta hotini bo’lgan – musulmon dunyosini eng yahshi odatlarida. Yashi ko’rganlaridan biri Saray-mulk honim bo’lgan, u avvalari Timurni yaqin safdoshiga tegishli bo’lgan, keyin esa eng yomon dushmaniga – emir Huseynga. Ayol Tamerlan o’ljasiga birinchi erini olimidan so’ng aylangan, lekin bosqinchiga yoqib qolgan va ko’p o’tmay uni asosiy hotiniga aylangan. U aslo sokin turmush o’rtog’I bo’lmagan – hovlida uni roli muhim bo’lgan, u o’zini iltifoti bilan insonni saqlab qolishi yoki o’ldirishi mumkin edi. Ma’lum bir vaqt ichida u erini safarlardan kutvololgan, va bu katta imtiyoz deb hisoblangan. Shu bilan bir qatorda buyuk hukmronga u bola tug’ib bermagan. Qo’plab Saray-mulk honimni ta’siri Tamerlan davrida madamiyatni “oltin asr”ini ta’minlagan. Aynan Mulk-honim Tamerlan nevarasi Ulugbekdan dono hukmdorni tarbiyalaydi. Uni davrida Samarqanda faol qurilish olib boriladi. Uni nomi bilan Bibi-honim kafedral machiti nomlangan, va uni ma’nosi – “Buva Honim” – Saray-milk honimni ismlaridan biri.

6. Rahimdil jallod.

Agar yuqorida aytilganga to’htaladigan bo’lsak, bizning tasavurimizda buyuk hukmdor gavdalanar edi, unga hamma jilmayadi: u dono, iste’dodli, uning qilmishlari esa doimo yaxshilik: ularga tinch, stabil va gullab yashnayotgan boy davlat yaratilgan. Lekin bu Tamerlanni tugallanmagan surati. Manbaalar bizga uning ko’plab konli qilmishlari haqida etkazdi, va ular o’z vaqtida Vereshaginni mashxur “Urush apofeosi” nomli kartinasini yaratishga ilhomlantirdi. Kunlarning birida Timur o’z g’alabalariga haykal qo’ymoqchi bo’ldi, chopilgan boshlardan o’n metrlik ehromni qurushga buyruq berib. U Sharqni gullayotgan shaharlarini jallodi bo’lib qolgan – Isfana, Deli, Damask, Bog’dod, Astrahan. Persiya qu’zg’olonini shavqatsizlarcha bostirgani butun jahonga ovoza bo’lib ketdi: bir nechta shaxarni vayrona qildi, aholisini qirib tashlagan, boshlarini esa minoralarni ichiga ko’mib tashlagan. Misr shahri Halebni olishda bironta ham musulmonni qonini to’kmaslikka va’da berdi. Va va’dasini ustidan “chiqdi” – barcha xristianlar so’yib tashlandi, musulmonlar esa tirikligicha qo’mib tashlandilar. Lekin Tamerlanni yaqinidagilar aytar edi, emir o’zini shavqatsizligidan aziyat chekar edi, va buni shu bilan oqlardiki, bu “hatolar, jinoyatlar va gunohlar… g’alaba uchun kerak bo’lgan shavqatsiz va kerakli bo’lgan opalar”. Bosqinchi urush haqidagi hikoyalarni yoqtirmas edi, qilgan shavqatsizligini anglaganda “Men buni hohlamagan edim!” deb takrorlar edi. 

7. Rusga yurish

1935 yilda To’htamishga yurish qilayotgan Tamerlan, Ryazan viloyatidan o’tdi va Elets shahrini oldi, so’ngra Moskva tomon yurdi, lekin to’satdan ortga qaytdi va 26 avgust kuni qaytib ketdi. Cherkov rivoyatiga ko’ra, aynan shu vaqtda moskvichlar hurmat qilinadigan Vladimir Hudoning onasini ikonasini kutib olishgan, u ikona Moskvaga bosqinchidan saqlash uchun keltirilgan edi. Solnomaga ko’ra uchrashuv kuni Tamerlanga tushida Isoning onasi (Bogoroditsa) kelgan va unga darhol Rusdan ketishi buyurgan. Vladimir Isoning onasini ikonasini uchrashuvi joyida Sreten monastiriga asos solingan. Moskvagacha Tamerlan etib bormagan, uning qo’shini Don bo’ylab yurgan va asrga olgan. 

8. Tamerlan qiyofasi

Hozirgacha aniq emas, Tamerlan qaysi xalqga tegishli bo’lgani. Eng tarqalgan fikrga ko’ra u barlaslarni turkiy qabilasiga tegishli bo’lgan. Lekin uni tashqi ko’rinishini saqlanib qolgan sharhlari uning mongol qiyofasiga to’g’ri kelmaydi. Emir bilan qulga olingan tarixshunos Ibn Arabshox, xabar beradi – Timur gavdali bo’lgan, boshi katta bo’lgan, baland peshona, juda kuchli va jasur, keng yelkali bo’lgan. Terini rangi esa…oq. Bosqinchini jasadini antropologik rekonstruktsiyasini o’tkazgan mashxur sovet antropologi Gerasimov aytadi: “Topilgan skelet kuchli odamga tegishli, osiyolik uchun o’ta bo’yi baland (170 sm atrofida). Qovoq burmasi, turkiy yuzni o’ziga xosligi nisbatan kuchsiz rivojlangan. Burni to’gri, katta emas, biroz yassilangan; lablari semizroq, jirkanch”. Sochlari oq-sariq rangda, qora-kashtan yoki qizg’ish ustunligi bilan. Yuz turi mongoloid emas”. Bu paradoksal tekshiruvni natijalari Gerasimovni “Tamerlan surati” maqolasida chop e’tilgan. Qanchalik bu rasm haqiqatga yaqinligini baholashga jurat qilmaymiz, lekin shunisi aniqki – “temir cho’loqni” hamma sirlari hali ochilmadi.    

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations