Barcha kitob havaskorlariga yoqadigan 10 ta eng qiziqarli joylar va predmetlar
Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar asrida qandaydir mangu narsa ham o’zligicha qoladi, masalan, kitoblar. Kitobni sevadiganlar ularni nafaqat qozoq ko’rinishida xush ko’rishadi, balki, kitoblar bilan bog’liq turlicha quvnoq va qiziqarli narsalarga ham zavq bilan qarashadi. Biz sizga umumiy qilib, kitob havaskorlarining eng sevimli joylari va narsalarini taqdim etamiz.

1. Adabiy hostel

1. Adabiy hostel Adabiy hostel.

2015 yilning noyabridaTokiyoda kitob havaskorlari uchun yangi hostel ochildi, va u yerdagi yotoqlar yuzlab kitoblar terib chiqilgan javonlar o’rtasida joylashgan. Uxlashdan oldin har kun didga mos kitob tanlab, uni o’qish mumkin. Tokiyoning chet shaharlaridan birida joylashgan ushbu hostel ichkarisidan ko’pincha kutubxona yoki do’konga o’xshab ketadi. Bunday noyob joyda tunash 3500 yena (taxminan 20 funt yoki 30 dollar) turadi.

2. Kitob sevarlarning to’ylari

2. Kitob sevarlarning to’ylari Kitob sevarlarning to'yi.

Sindi va Sem o’z to’ylarida ularni bir-birlari bilan tanishtirgan va taqdirlarini birlashtirgan predmetlarning barisi bo’lishi xohlashgandi. Natijada nikohdan o’tish joyi Legodan yasalgan butonyerka va yuzlab kitoblar bilan bezaldi. Juftlik Lola Event Floral & Design tomonidan yasalgan kitoblar arkasi ostida nikohdan o’tishdi.

3. Kutubxonali qovoq

3. Kutubxonali qovoq Kutubxonali qovoq.

Truro ijtimoiy kutubxonasi javonida joylashgan dekorativ qovoq 2015 yildagi Xellouin paytidagi internet-kitob havaskorlari orasida jahon bo’yicha mashhurlikka sazovor bo’lgan. Qovoqni mahalliy bolalar kesganlar, va kutubxona xodimlari uni yaxshilab bezaganlar. Qovoq ichida mittigina kutubxona yaratilgan, va u yerda ular uchun maxsus tikilgan jajjigina kiyimchalar kiygan, Legodan tayyorlangan kichkina odamchalar o’tiribdi.

4. Kitobli labirint

4. Kitobli labirint Kitobli labirint.

Elektron kitoblarning nufuzi doimiy ravishda oshib bormoqda, ammo ba’zan haqiqiy kitobni qo’lga olib, uning hidini hidlab ko’rishdan yaxshiroq hech nima yo’q. Braziliyalik rassomlar Markos Saboya va Gualter Pupo 2012 yildagi London festivali uchun 250 000 ta kitobdan iborat haqiqiy adabiy labirintni yaratishdi.

5. Kutubxonali tort

5. Kutubxonali tort Kutubxonali tort.

Shinamgina kutubxona ko’rinishida yasalgan noyob tort mavjud ekan. Bu mazali shoh asar Venalik nonvoy Keti Knaus tomonidan 2013 yilda pishirilgan. Tortning bir tomonida atrofida guldonlarda o’simliklar bilan o’ralgan, g’ishtli binoga eltuvchi eshiklar ko’rsatilgan. Tortning boshqa tomonida esa kutubxonaning odatiy ko’rinishi tasvirlangan.

6. Kitobli zinapoya

6. Kitobli zinapoya Kitobli zinapoya.

Dunyodagi eng antiqa kutubxonalardan biri Venetsiya, Italiyada joylashgan. Kalle Lunga Santa Mariya Formoza ko’chasida joylashgan Libreria Acqua Alta – qayiqlar, gondola va kanoe ko’rinishida yasalgan maxsus javonlarda terib chiqilgan, turli xil yangi va eski kitoblarning mavjud bo’lgan dunyodagi yagona joydir. Bu yerda kitoblar nafaqat o’qish uchun mo’ljallangan, balki mebelga ham aylantirilgan. Xaridoriga ega bo’lmagan eski ensiklopediyalar, antiqa zinapoya uchun ustunchalarga aylangan.



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations