Debbie Winghamdan arab marvaridi: Dubayda  kelin ko’rinishidagi 120 kilogrammlik tort tayyorlandi
Suratdagi kelinchak tasviri Dubayda tayyorlangan va “Million dollarlik kelin” (Million Dollar Bride) nomi bilan mashhur bo’lib ketgan, 120 kilogramm vaznga ega tortdir. Unga Lulva (Lulwa) deya nom berildi.

Tort arab kelinchaklari ko’rinishida yaratilgan bo’lib, g’oya muallifi “Dunyodagi eng qimmat dizayner” deb e’tirof etiluvchi Debbi Vingxemdir. Tort Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o’tkazilgan “Dubai Bride Show 2018” to’y ko’rgazmasida keng ommaga namoyish etildi.

Kelib chiqishi britaniyalik bo’lgan Vingxem tarixdagi eng qimmatbaxo buюmlar, jumladan 16 million dollarlik poyabzal, 4,8 million dollarlik qora olmos ko’ylak va tug’ilgan kun hamda unashtirish marosimlari sharafiga yaratilgan hamda narxi 74,4 million dollarga baholangan tort muallifi hamdir.

Kelib chiqishi britaniyalik bo’lgan Vingxem tarixdagi eng qimmatbaxo buюmlar, jumladan 16 million dollarlik poyabzal, 4,8 million dollarlik qora olmos ko’ylak va tug’ilgan kun hamda unashtirish marosimlari sharafiga yaratilgan hamda narxi 74,4 million dollarga baholangan tort muallifi hamdir.

Dizaynerning oxirgi ishlari orasida qayd etilgan va “bor-yo’g’i” 1 million dollarga narxlangan “Lulva” dizayner ijodining o’ziga hosligini takroran namoyish etdi desak adashmagan bo’lasiz. “Lulva” so’zi arab tilidan tarjima qilganda “Marvarid” degan ma’noni anglatadi.

Ushbu hashamatoli tort an’anaviy arab kelini ko’rinishida yaratilgan bo’lib, uni tayyorlash uchun 25 kilogramm shokolad, 50 kilogramm atrofida pomadka, uni o’z joyidan boshqa yerga ko’chirish uchun esa naq 6 kishining ko’magi kerak bo’ldi.

Kelinchakning iste’mol qilishga mo’ljallangan ko’ylagi bezaklari shokoladdan yaratilgan, o’zi esa pomadkadan bunyod etildi.

Ushbu hashamatli “kelin” ko’ylagini bezash uchun 5000 dona qo’lda kesib chiqilgan va pomadkadan yasalgan gullar, 10 ming dona yeyish mumkin bo’lgan marvariddan foydalanildi.

Debbi Vingxem o’zining ushbu ijod namunasini mutlaq tarzda iste’mol qilish mumkinligini aytgan bo’lsa ham, kelinning ko’ylagi va bosh qismidagi aksessuarga o’rnatilgan 5 ta yirik olmos toshlari bundan mustasnodir. Ushbu olmoslarning har biri 200 ming dollarga baholangan va aytishlaricha aynan shu olmoslar dizaynerni kelin tortini yaratishga ilhomlantirgan.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations