Dubay shahzodasining ertaklardagidek hayoti
Dubay shahzodasining ertaklardagidek hayoti

 Zamonamiz shahzodalarning hayoti sehirli ertaklardagiga o'xshaydi: ularda qimmatbaho yaxtalar, o'z samolyotlari va eng qimmat avtomashinalari bor. Shunday me'rosxo'rlardan biri - 32 yoshlik Dubay shahzodasi Xamdan bin Muhammad bin Rashid al-Maktum bo'lib, Instagram tarmog'idan aktiv foydalanib, o'zining hayotidan foto sur'atlar chop etib turadi. Keling, boyligi 18 milliard dollarni tashkil etuvchi bu shahzodaning hayratga soluvchi hayotini ko'rsatuvchi fotosur'atlarni ko'raylik.

Sheyx Xamdan Dubayda Rashidning xususiy maktabini tamomlab, Sandxerstdagi quruqlikdagi xarbiy kuchlar xarbiy o'quv yurtida o'qigan. Bu xarbiy o'quv maskani Buyuk Britaniyada juda nufuzli va obro'li bo'lib, o'qish 3 yilni tashkil etadi. Bundan tashqari, shahzoda London iqtisod kolledji va Dubay administrativ boshqaruv kolledjida tahsol olgan.

Dubay  hokimining etti o'g'li orasida eng yorqini, otasi kabi sher yozadi. Uning sherlari asosan romantik, patriotik va o'z oilasi to'g'risida. U sherlarini Fazza, tezlik va xar ishda omadni anglatuvchi, tahallusi ostida chop etadi.

Sheyx Xamdan Dubay shahar komitetining vakili, Dubay sport komiteti prezidenti, Dubayning autizm tadqiqot markazi va yoshlar biznesi ligasining homiyidir.

A'lo hazratlari mohir chavandoz bo'lib, Osiyo Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan.



Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations