Dunyodagi eng chiroyli 5 ta masjidlar
Biz yana muhatasham masjidlar haqida Sizlarni tanishtirib o'tamiz. Bu safar Erondan Janubiy Afrikagacha bo'lgan dunyoning eng chiroyli masjidlari: Makkadagi "Al-Haram" masjidi, Sherozdagi "Nosir al-Mulk" masjidi, Yohannesburgdagi "Nizomiy", Maskatdagi "Sulton Qobus" va Abu-Dabidagi "Shayx Zayed" masjidlari haqida ma'lumot beramiz.

Bu ro'yxatimizda dunyodagi eng chiroyli masjidlar 5 taligi 

Makkadagi Al-Haram masjidi - Saudiya Arabistoni

Makkadagi Al-Haram masjidi - Saudiya Arabistoni

Makkaga muqaddas haj safarini amalga oshirish va islomning muqaddas joyi-Ka'baga teginish - e'tiqodli musulmon uchun eng tabarruk orzu hisoblanadi. Muqaddas joy-Ka'ba dunyodagi asosiy va ulkan Al-Haram masjidining ichki hovlisida joylashgan. Uning umumiy maydoni 400 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Masjidda balandligi 95 metr bo'lgan 9 ta minora joylashgan. 4ta darvozadan tashqari yana masjidga kiradigan 44 ta kirish eshiklari ham mavjud. Binoda 500 nafar ustunlar qad ko'targan. Masjid bir vaqtning o'zida 800 ming kishini sig'dira oladi,  to'g'ri ba'zi e'tiqodchilar binoning tomida ham ibodat qiladilar. 

Nosir al-Mulk masjidi, Sheroz - Eron

Nosir al-Mulk masjidi, Sheroz - Eron

Ushbu musulmonlar ibodatxonasining ikkinchi nomi - "Atirgullar masjidi".  Bu ajoyib masjidning ilhomchisi va qurilish boshlig'i - xo'ja Mirza Hasan Ali Xon Nosir al-Mulk. Qurilish ishlari 1871-yilda boshlangan va chamasi 10 yildan so'ng Eronning oldingi poytaxti aholisi va mehmonlari uchun buyuk masjidga aylandi. Buyuklik, boylik, nafislik, go'zallik. Mana shu 4 so'z ortida me'morlar va rassomlarning jumboqli naqshlar yordamida masjidning fasadini yaratishdagi mehnatlari yotadi. Alohida e'tiborni tortadigan yeri svaya va vitrajlar majmuasining tasviridir. Quyosh nuri tushib, vitrajli naqshlarga yanada rang-barang bo'yoqlar hosil  qilib, ajoyib manzara kashf etadi. Bundan tashqari o'ymakor ustunlar va devorlarga yozilgan arab tilidagi ibratli gaplar ham masjidga ko'rk baxsh etadi. 

Nizomiy masjidi, Yohannesburg - JAR

Nizomiy masjidi,  Yohannesburg - JAR

Masjid Yohannesburgning shimoliy qismida joylashgan. Binoni balandligi 55 metr bo'lgan 4 ta minora o'rab turadi. Qurilish ishlari 2009-yilda boshlangan,  rasmiy ochilish marosimi esa 2012-yil 4-oktabrda JAR prezidenti ishtirokida bo'lib o'tgan. Nizomiy masjidi majmuasi: masjid, maktab, shifoxona va savdo markazini o'z ichiga oladi. 

Sulton Qobus masjidi, Maskat, Oman

Sulton Qobus masjidi, Maskat,  Oman

Maskatdagi Sulton Qobus masjidi - kattaligi bo'yicha dunyoda 3-o'rinda turadi. Mazkur ibodatxonaning qurilish ishlari 1995-yildan boshlab 6 yil davom etgan. Tantanali ochilish mafosimi 2001-yilda bo'lib o'tgan. Buyuk inshootning umumiy maydoni 416 kvadrat metrni tashkil etadi. Asosiy namoz o'qish zali kvadrat shaklida bo'lib,  uning tomonlari 75 metrdan iborat. Mazkur masjidga bir vaqtning o'zida 6, 5 ming inson sig'a oladi. Haybatli binoni qo'l ishi bilan ishlangan ulkan gilamlar hamda Swarovski qandili bezab turadi. 

Abu-Dabidagi Shayx Zayden masjidi - BAA

Abu-Dabidagi Shayx Zayden masjidi - BAA

Shayx Zayed Bin Sultan al Nahyanning ulkan masjidi - haqiqiy mo'jiza va BAA dagi muhtasham inshootlardan biri hisoblanadi. U o'zining buyukligi, hashamati va qurilishdagi alohida afzalliklari bilan ajralib turadi.  Uning yana bir noyob jihati shundaki, u millati va e'tiqodidan qat'iy nazar barcha ko'ngillilarga kirish ruxsat etilgan dunyoning ikki inshootidan biri hisoblanadi (ikkinchi masjid Dubaydagi Jumayra - masjidi). 

Shayx Zayed masjidiga kamida dunyoning ikki yutug'i qarashlidir: bu yerda dunyodagi eng katta gilam(maydoni 5627 kvadrat metr) va diametri 10 metr bo'lgan ulkan Swarovski qandili joylashgan. 

Masjid bir vaqtda 40 ming e'tiqodchini sig'dira oladi. Asosiy namoz zali 7 ming kishi uchun mo'ljallangan. Asosiy zalning yonidagi 2 xonalar esa har biri 1500 kishini sig'dira oladi. Bu ikki xona faqat ayollar uchun mo'ljallangan. 

Masjidning 4 burchagida balandligi 107 metr bo'lgan 4 ta minora o'rab turadi. 82 gumbazning har biri oq marmar bilan bezatilgan. Ularning ichki badiiy bezash ishlarida ham fikr va amallarning tozaligini aks ettiruvchi oq rangdagi marmardan foydalanilgan. 

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations