Dunyodagi eng qo’rqinchili timsoxli attraksion
O’tkir hissiyotlarni faqat paraplandagi parvozlardan yoki luna-parkdagi arg’imchoqlarda uchishdan olsa bo’ladi, deb o’ylasangiz adashasiz. Taylanddagi Chonburi qishlog’ida timsoxlar fermasi, turistlar uchun daxshatli attraksion taklif qilishdi.

The Mirror aytishiga qaraganda, turistlarni timsoxlarni go’sht bilan ovqatlantirish uchun mo'ljallangan solga chiqishga taklif qilishgan. Bunda odamlarni timsoxlardan yupqagina panjara himoya qilgan.

Fotosuratlarni politsiya va yuqori lavozimli kishilarni attraksionga chaqirtirish uchun, kirakash Jon Xok o’z Twitteriga joylashtirgan. “Bu shunchalik qo’rqinchili ko’rinardiki, suratga olmay ilojim yo’q edi. U paytda solda xitoylik turistlar bor edi, bazilari qo’rqib ketgan, boshqalari esa bundan xursand edi”, - deydi u.

Suratlar internetga tarqalganidan so’ng, daxshatli attraksionni ochgan timsox fermasiga politsiya va hokimiyat yetib keldi. Fermani uch oyga yopib qo’yishdi.

Mahalliy aholining so’zlariga ko’ra, ushbu attraksion uch yildan beri ishlab kelgan, hokimiyat esa bundan xabardor bo’lgan. Ferma egasi esa biznes mutlaq xavfsizligini ta’kidladi: “Biz solga 15 kishidan ko’p odam qo’ymaymiz. Bizda hech qachon muammo bo’lmagan. Tashrif buyuruvchilar har doim qoniqib kelgan. Biz ularning xavfsizligini qat’iy kuzatamiz”. Fermada, ikkita ko’lda yashovchi 4300 ta timsox bor: bir ko’lda ularni boqishadi va turistlarga ko’rsatishadi, ikkinchi ko’ldan esa timsoxlarni ko’paytirish uchun foydalanishadi.

Timsox fermalari butun Tayland bo’ylab yoyilgan. Timsoxlarni shoular uchun, taom tayyorlash uchun va terisi uchun yetishtirishadi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations