Dunyodagi eng zo‘r texnika namunalari
Mazkur ixtirolar shunchalar hayratlanarli ko‘rinadiki, go‘yo ular fantast yozuvchilar tomonidan o‘ylab topilgandek! Ularning har biri Gollivud filmlari uchun maketlarga ham o‘xshab ketadi. Ammo, ular oddiy maketlar emas, haqiqatan faol texnika namunalari bo‘lib, sizni lol qoldirishga qodir. Ushbu maqola orqali dunyodagi eng zo‘r texnikalar haqida bilib olasiz.

Shells prelude

Shells prelude - dunyodagi eng katta kema. Gazni qaytadan ishlovchi ushbu kema okean tubidan tabiiy gaz olib, uni neft tankerlari uchun qayta ishlaydi.  Ushbu ulkan fabrika 3,9 million tonna gazniushlab turish imkoniyatiga ega. Bahaybat kema asosan Hind okeanining Avstraliya g‘arbiy qirg‘oqlarida ish olib boradi. Ushbu hudud o‘zining kuchli siklonlari bilan mashhur va “Siklonlar alleyasi” nomini olgan. Kema esa turli ob-havosharoitlari va yilning istalgan paytida ishlay oladigan qilib qurilgan. Bunday imkoniyatni unga shvartovka qilish vazifasini bajaruvchi katta tizimli va 930 metrli minora taqdim etadi, uning ostidagi 3 ta tros to‘plami esa suv ichida harakatlanadi. Bunday tizim kemaning shamol yo‘nalishiga qarab va to‘lqinlarga qarshi holda burilishi uchun ko‘maklashadi. Shuningdek, yomon ob-havo sharoiti paytida kemaga har biri 6700 ot kuchiga ega 3 ta dvigatel ham yordam beradi. 

Bertha

 

Bertha– tonnel qazish uchun mo‘ljallangan eng katta mashina bo‘lib, u Sietlning shimoliy va janubiy qismlarini bog‘lovchi 2,9 kilometrli tonnelni tamomladi.Uning o‘lchamlari 76x16 metr, vazni esa 6350 tonnaga teng. Mashina Yaponiyadan Sietlga mayda bo‘laklar ko‘rinishida olib kelingan va shu yerda yagona kompleks holiga keltirilgan. Kompleksning aylanadigan qismi turli gruntlar uchun mo‘ljallangan 260 ta maxsus detallar bilan jihozlangan. Uning quvvati 25000 ot kuchiga ega bo‘lib, bu mashinaning kuniga 10 metr yo‘l bosib o‘tishi uchun imkon beradi. 

Bagger 288

Bagger 288- dunyodagi eng katta mashina. Bir qarashda bunday kattalikdagi ekskavatorlarning aslo keragi yo‘qdek, ammo, barchasi ham siz o‘ylagandek emas! Sababi Bagger 288 foydali qazilmalarni juda yaxshi tarzda, muhimi tezlik bilantopa oladi. Mazkur mashina tosh ko‘mir qazish uchun ayni muddao, boisi u katta chuqurliklarga ham joylashishi mumkin. Agar buning uchun oddiy texnikadan foydalanilsa vazifani bajarish muddati bir necha oygacha cho‘zilib ketadi. Bagger 288 esa o‘z ishini sanoqli kunlar ichida tugatadi va uning harajatlari bir necha yuzlab kichik texnikalardan ko‘ra arzonroq ham tushadi.

Mashinaning vazni 13500 tonna, uzunligi 240 metrga teng. Uning birgina strelasi uzunligi 200 metr, balandligi 750 metr va eni 46 metrni tashkil etadi. Strela uchida  ulkan kovshli routerlar joylashgan bo‘lib, uning kattaligini 7 qavatli uy bilan taqqoslasa bo‘ladi. Mashina kovshlarining har biri 6x6 kub keladi va aynan ular sabab Bagger 288 futbol stadioni bilan teng keladigan maydonni bir kun ichida to‘ldira oladi.

NASA Crowler

NASA mutaxassislari ulkan raketa va yo‘ldoshlarni tashish uchun mo‘ljallangan gusenitsali mashinani sinovdan o‘tkazishni boshladilar. Ushbu mashina har birining quvvati 2200 ot kuchiga teng bo‘lgan ikki dona 60 ta silindrli dizel dvigateli bilan harakatlanadi. 2750 ot kuchiga ega yana ikkita dvigatel esa elektrik tizim va gidravlik nasoslarini ta’minlab turish uchun yordam beradi. Dizel yoqilg‘isining zahirasi 80930 litrni tashkil etadi va yo‘lning har 10 metri uchun 3 litr yoqilg‘i sarflanadi. Transportyor uzunligi 40 metr bo‘lib, soatiga 3,20 kilometrgacha harakatlanishi mumkin. Mashina ustiga yuk ortilganda esa maksimal tezlik soatiga 1,10 kilometrdan oshmaydi.

 

Carrere Robotics

Toshlar va marmarga ishlov beruvchi robotni yaratish g‘oyasi yuqori texnologiyali mashinalar hisobiga ish vaqtini qisqartirish maqsadida o‘ylab topilgan. Mazkur mashinalar foydalanishda oddiy ekanligi, montaj tezligi va kichik texnologik jihozlardan arzonroq ekani bilan ajralib turadi. Ushbu ixtiro yordamida beton, shisha, uglerod to‘qimalari, cherepitsa, g‘isht, taxta va smolaga osongina ishlov berish mumkin. Mahsulotlar bir-biridan ekspluatsion sifatlari, kuchi va og‘irligi bilan farq qiluvchi 4 modelga bo‘linadi. 

SLJ 900

Ushbu ulkan mashina insonlarga ko‘priklar qurishga yordam beradi. U o‘z zimmasiga avvaldan o‘rnatilgan tirgaklar ustida tayyor segmentlarlarni olib yurish, o‘rnatish va mustahkamlash kabi vazifalarni oladi. Shuni aytish kerakki, bunday mashina bilan ko‘prik qurish jarayoni qo‘l mehnatini ham talab etadi, ammo uning miqdori va og‘irligi o‘tgan asrda ishlatilgan texnologik vositalarga nisbatan yengilroqdir. Vazni 980 tonna keladigan SLJ 900 har birining og‘irligi 800 dan 950 tonnagacha bo‘lgan 1000 ta ko‘prik detallarini joylashtira oladi. 

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations