Dunyoning 60 dan ortiq mamlakati kaptar pochtasidan foydalanadi!
Telekommunikatsion jarayonlarning shiddatli rivojlanishiga qaramay, ahborot almashishning eng qadimiy laridan biri – kaptar pochtasi haligacha o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Bugungi kunda qanotli pochta hodimlarining xizmatlaridan dunyoning 60 dan ortiqroq mamlakatida foydalaniladi.

Londonlik Rotshildlar sulolasi o’z boyligining salmoqli qismini orttirishida pochta kaptarlarining xizmati katta. Ular yordamida Natan Rotshild boshqa bankirlarga nisbatan tezroq o’ta zarur ma’lumotlarni qo’lga kirita olgan. Masalan, Napoleonning Vaterloodagi mag’lubiyati to’g’risidagi habar ingliz hukumatidan uch kun oldinroq Rotshildga yetib kelgan.

Olimlarning tahminicha, dastlab kaptar pochtasidan Qadimiy Misrda foydalanilgan, keyin esa ahborot almashishning bu usulini Qadimiy Yunoniston hamda Qadimiy Rim aholisi o’zlarida qo’llagan. Asrlash oshib, kaptar pochtasi taraqqiyot tarixida ancha ahamiyatli iz qoldirgan. Masalan, aynan kaptar pochtasi orqali ma’lumot yetkazishning tezkorligi Natan Rotshildga o’zining mislsiz badavlatligini shakllantirish imkonini vujudga keltirgan. Eng obro’li ahborot agentliklaridan biri – Reyter juda uzoq vaqt qanotli kuryerlar xizmatidan foydalangan. Hindistonda politsiya mamlakatning uzoq joylaridan saylov natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni yetkazish uchun kaptarlardan foydalanadi.

Kaptarlar qayerga uchish kerakligini qanday biladi?

Tarixchilarning fikrlariga ko’ra kaptar pochtasidan foydalanishning tarixi 3000 yildan ortiqroq bo’lishiga qaramay, olimlar qushlarning kerakli manzilni topish qobiliyatini haligacha to’liq tushuntirib bera olmaydilar. Pochta kaptarlarining navigatsiya mexanizmi to’g’risida bir necha qarama-qarshi tahminiy farazlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar kaptarlar Yerning magnit kuch liniyalari bo’yicha mo’ljalni olib harakatlanadi, deb tahmin qiladi. 

Kaptarlarning qanotlariga qushlar magnit maydonini qabul qilishni o’zgartirib yuborishga qodir kuchli magnitlar o’rnatilgan holda o’tkazilgan bir qator tajribalarning natijalari bu tahminni tubdan inkor qilib tashladi, chunki kaptarlar baribir aniq manzilni topib kelgan. Biroq, bir qancha vaqt o’tib, kuchli televizion stansiyalar tarqatadigan elektromagnit impulslarining ta’siri ostida ko’p kaptarlar to’g’ri yo’lni topa olmasligi to’g’risida ma’lumotlar paydo bo’lib qoldi.

Britaniyalik olimlarning bir guruhi boshqa bir tahminiy farazni taqdim qildi. Unga ko’ra kerakli yo’nalishni qushlar Quyosh hamda yulduzlarga qarab topib olar emish. Olimlar kaptarlar tanasining ichida sekstant va xronometr prinsiplari bo’yicha ishlaydigan biologik “moslama” mavjudligini tahmin qilmoqda. Biroq, qushlarning qaysi organi bunday vazifani bajara olishini aniqlashga urinishlar haligacha natija bergani yo’q. Kornell universitetining olimlari chastotasi 10 gertsdan  past bo’lgan tovush tebranishlarini qabul qilib olishi mumkin ekanligini aniqladi, lekin bu qiziqarli faktni qushlarning aniq manzilni topish hamda bu mahoratning tabiyatini tushuntirib berish uchun olimlar haligacha ojiz.

Pochta kaptari

Pochta kaptari yoki sport kaptari, — xabarlarni yetkazish uchun foydalaniladigan kaptar turi. Maxsus, keskin faqat pochta uchun xizmat qilishga mo’ljallangan alohida bir turning o’zi yo’q, albatta. Kerakli faoliyat uchun ko’rsatib o’tilgan fazilatlar esa uzoq muddatli tanlov va puxta parvarish yo’li bilan erishilgan. Hozirgi paytda “pochta kaptarlari” boshqa nom – “sport kaptarlari” nomi bilan ko’proq atalib keladi, chunki bugungi kunda ulardan yetakchi rivojlangan mamlkatlarda pochta habarlarini yetkazib berish uchun emas faqatgina kaptar ishqibozlari musobaqalarida foydalaniladi.

O’zining doimiy istiqomat qilish joyidan uzoqroqqa olib ketib qolingan kaptar birinchi imkon paydo bo’lishi bilanoq, o’z uyasiga qaytib boradi. Ayniqsa, kaptarlarning ayrim turlari buni a’lo darajada qoyillatadi.

Kaptarxonalarga kaptar bolalarini 30- 35- kunlik paytida kiritish kerak, chunki ularning oziqlanishi qiyin, bundan kattaroqlari esa kaptarxonadan uchib chiqqanidan keyin yo’qolib qolishi mumkin. Kaptarxonalarga qo’shilgan kaptarlarni tamg’alab, har birining raqami, tug’ilgan payti, jinsi, qaysi uyadan ekanligini va o’rgatish yo’nalishi yozib qo’yiladigan maxsus kitobga kiritib qo’yiladi.Tamg’a o’ng qanotning birinchi uch nafar patiga qo’yiladi, kaptarning raqami esa tamg’aning yonboshidan yoki ustidan qo’yiladi.

Kaptarchalar o’zining ilk rivojlanishini beshinchi oyidan ola boshlaydi, oltinchi oyda esa ularni chatishtirishga kirishiladi.Odatda, chatishtirishdan keyin tahminan 14 kundan keyin moda kaptar tushga yaqin birinchi tuhumni, ikkinchisini esa shundan uch kun o’tib kechki soat 16bilan 18 ning o’rtasida qo’yadi. Moda odatda ikkita tuhum qo’yadi, biroq birdona tuhum qo’yish holatlari ham ko’p uchraydi. Lekin agar tuhum uchta bo’lib qolgudek bo’lsa, demak buni o’z uyasiga ega bo’lmagan boshqa bir moda qo’yib ketgani aniq. Juda kam hollarda dag’al po’stloqsiz tuhumlar ham uchrab turadi. Bunga sabab kaptarxonada oxak bilan tuz bo’lmagani.

Agar moda faqat bir dona tuham qo’ygan bo’lsa, unga darhol ikkinchi tuhumni qo’shib qo’yishkerak, chunki bir dona tuhumni bosib o’tirish kaptar uchun juda noqulaylik tug’diradi. Birinchi tuhum qo’yilgan kunni albatta yozib qo’yish kerak, chunkiagar tuhumlar urug’lantirilmagan bo’lsa, bolachalari ochilib chiqish paytida ularni bosib o’tirgan modadan olib tashlab, boqish uchun boshqa juftlikning bolachasini qo’yib qo’yish mumkin bo’ladi.

Tuhumlarni bosib o’tirish ikkinchi tuhum qo’yilgan paytdanoq boshlanadi; u ikkala ota-ona tomonidan navbati bilan amalga oshiriladi. Shu o’rinda nar ertalab soat 9-10 dan kunduzgi soat 15-16 ga qadar tuhumni bosib o’tiradi. Qolgana paytlarda esa buni moda amalga oshiradi. Bosib o’tirishning uchinchi kuniga urug’lantirilgan tuhum o’zining shafofligi yo’qotadi va tuhum po’stlog’i oq-xira, keyinroq esa kulrang-qo’rg’oshinrang tus oladi. Urug’lantirilmagan tuhum o’zining dastlabki holatidagi shaffofligini saqlab qoladi, faqat po’stlog’i g’adir-g’udir bo’lib qolib, tuhum chayqatilganida ichida suyuqlik chayqalishining ovozi eshitiladi. 

Agar ikkala tuhum ham palag’da bo’lib qolsa yoki ochilib chiqish paytida ikkala jo’ja ham nobud bo’lib qolsa, ularning ota-onasiga  bola boqish uchun birvaqtning o’zida boshqa uyalarda tug’ilgan birovning bolachalarini qo’shib qo’yish kerak. Aks holda o’sha paytga kelib jig’ildonlarida to’lib ketgan oziqlantiruvchi sharbatdan qutulish imkoniga ega bo’lmay, ular juda havfli dardga duchor bo’lishi mumkin.

Kaptar bolachalari ochilib chiqqanida so’qir va juda nimjon bo’ladi. Pochta kaptarlari ota-ona mehrini namoyon qiladi; ula sut emizuvchilar kabi, dastlabki kunlarda bolachalarini narda ham modada ham ajralib chiquvchi sutga o’xshash sarg’ish suyuqlik bilan oziqlantiradi, keyinchalik bu suyuqlikka dondan hosil bo’lgan bo’tqa qo’shiladi, va nihoyat shundan keyingina ular jig’ildonida shishirilgan urug’lar bilan bolalarini oziqlantiradi.

Agar jo’jachalar onasini yo’qotsa nar ularni oziqlantirishni davom ettiradi, ammo otasini yo’qotganlar esa ochidan o’lib qolish ehtimoli juda katta. Kaptar bolalari 14 kunlik hayot kechirgandan keyin ular qalin tuk bilan qoplanadi, qariyalar esa yana o’zlari uchun uya tayyorlab tuhum qo’yishga kirishadi. Dastlabki patlar paydo bo’lgan paytdan boshlab kaptarlar bolalarini faqat kechqurun isitadi. Ikki hafta o’tganidan keyin ularni umuman bosib o’tirishni to’htatadi.

Kaptarlar juft bo’lib yashaydi. Tanlab olingan nar bilan modani 2 yoki 3 kunga maxsus qutiga qamab qo’yiladi. Keyin, agar ular birga qolsa, bu “oila” muvaffaqiyatli qurilganidan darak beradi. Bir otaning farzandlaridan juftlik yaratib bo’lmaydi, chunki bu turning yo’qolib ketishiga olib boradi. 

O’zining dastlabki tug’ilgan bolalarini yaxshi tarbiyalay olmasligi tufayli yosh kaptarlarni juftlashishdan tiyish kerak bo’lishiga qaramay, bu shunday qulaylik yaratadiki, modalarni nardan 1 dekabrdan 15 yanvarga qadar ajratib qo’shilsa ham nar o’zining modasini izlab topib oladi va avvalgi qutisini egallaydi. Kaptarlarni ajratib olishdan maqsad yilning qoniqtirar darajada bola olish imkoni pastligi davrida ularni ko’payishdan saqlash. Bunday paytlarda kaptarlarga ozuqani cheklab qo’yilgani ma’qul. Martning ikkinchi yarmidan esa ular qancha yeya olsa shuncha ozuqa berilishi kerak, chunki aynan shu paytda tuhum qo’yish, bosish va ochilib chiqqan jo’jachalarni boqish davri keladi.

Odatda yozda kaptarlar uch marta tug’adi. Ular issiqda saqlansa, qishda ham ko’payishi mumkin. Sovuq kaptarlar uchun qo’rqinchli emas, ammo tuhum qo’yishni bir necha oyga to’htatib qo’yishi mumkin, chunki bu ularni keyingi ko’payish uchun kuch to’plashga majbur qiladi.

3 - 4 yoshli ota-onalardan tug’ilgan kaptarchalar eng yaxshi va eng baquvvatlari hisoblanadi.Kaptarlarning nasl qoldirish hususiyatlari hayotining 7 - 8 yillarida pasayishni boshlaydi va 11 yoki 12 yoshlarida umuman to’htaydi. Kaptarlar 25 yilgacha umr ko’rishi mumkin.

Choparlarni muvofiqlashtirish maqsadida zotli kaptarlarga har safar bir dona jo’jani boqish imkonini qoldirish kerak. Ikkinchi kaptarchani boshqa juftlikning qaramog’iga berish lozim. Bu choradan tug’ilishning soni kamayishi mumkin, biroq galaning ko’payishi umuman olinganida tezlashadi, negaki sifat ko’rsatkichining ustunligi natijasida yosh kaptarlarni o’rgatish paytida yo’qolib qolishi ehtimolini sezilarli darajada pasaytirishga erishiladi. Jo’jachalarni navbat bilan olib qo’yilishi kerak, bir kattani, bir kichikni, chunki birinchisi nar, ikkinchisi moda bo’ladi. Aks holda kaptarxonada yosh narlarning soni modalar soniga mos bo’lmay qolishi mumkin. Tug’ilish paytining eng yaxshi vaqti bahorgisi, ota-onasining tullash paytida tug’ilganlari esa keyinchalik kasallanib qolish ehtimoli juda baland. Kasallangan kaptarlarni aniqlanishi bilanoq darhol sog’lom kaptarlardan ajratib olish zarur.

Kaptarlar har yili tullaydi. Har bir pat bir martadan ko’p yangilanmaydi. Agar qaramog’ida 2 kundan 3 kungacha bo’lgan kaptarlardan foydalanish zarurati paydo bo’lgudek bo’lsa, jo’jachalarni tug’ilganiga 6 kundan 10 kungacha bo’lganiga almashtirilishi kerak, negaki bundaylarni kamroq oziqlantirsa bo’ladi.

Oziqlantirish va parvarish qilish

Oddiy oziqlantirishda har bir kaptar uchun odatda 410 gramm, kuchlantirilgan oziqlantirilishda esa 8 kunga 820 gramm ozuqa beriladi. Keyin ozuqa miqdori boqilayotgan kaptarchalarning soniga qarab mutanosib ravishda belgilanadi. Ozuqaning ko’payib ketishi yalqovlikning vujudga keltirib samaradorlikni pasaytirib yuboradi.Oziqlantirish doimiy ravishda kuniga ikki yoki uch marta, birinchisi tong otgandan keyin chorak soat o’tganidan keyin, ikkinchisi tush paytida tahminan soat 13-larda, uchinchisini esa qosh qorayish paytidan avval amalga oshirishi kerak. Shiddatli oziqlantirish kaptarlarga kuchli tullash davrida hamda ayoz paytlarida ichki isitish tizimini saqlash uchun kerak bo’ladi.

Asosiy ozuqa uchun dala sariq no’hati, undan ham yaxshirog’i xashaki no’hatdan foydalanilgani ma’qulroq. Ko’kimtirroq bo’lgan no’hat kaptarlarning oshqozonini buzib yuboradi, qarilarini esa yomon ahvolga olib borib qo’yadi, yoshlarida esa to’g’ri rivojlanishga to’sqinlik qiladi. Boshqa no’hat, suli yoki javdar aralashmasi bo’lishi kerak emas. No’hat zararli ta’sir ko’rsata boshlaganida ozuqaga boshqa urug’larning aralashmalarini qo’shish tavsiya etiladi. Bunga skelet va tuhum po’stlog’ining qurilmasi uchun zarur moddalar – xususan, qum,ohak hamda tuzni yetkazib berish uchun qayg’urishni ham qo’shish kerak. Kaptarchalarning ko’payishi va rivojlanishiga hayvonlardan hosil bo’lgan ozuqa yaxshi samara beradi, yog’li moddalar esa patlarning jozibadorligini ta’minlaydi.

Safarlardan qaytgan kaptarlar shamollab qolmasligi uchun ularga berilayotgan suv yozda juda ham muzdek bo’lmasligi kerak. Bundan tashqari suvni har kuni almashtirib turish kerak. Tullash paytida suvga temir bo’lagini solib qo’yilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuningdek, suv kaptarlarga cho’milishi uchun ham kerak. Yozda buni kun oralab, qishda esa faqat issiqroq kunlarda amalga oshirilishi juda ham foydali. Kaptarlar uchun toza havo va kun yorug’ligi ham juda zarur, zax esa ularga jiddiy zarar yetkazadi.

O’rgatish

Kaptarlarni tug’ilganiga olti hafta o’tib to’liq patlanishga erishib bo’lgach  kaptarxona atrofida uchirishni unda kamida uch kun vaqt o’tkazganidan keyin boshlash kerak. Bu olti hafta davom etadi, keyin o’rgatish boshlanadi, ya’ni kaptarni ma’lum masofaga olib ketib uni uyga qaytishi uchun qo’yib yuboriladi. Qaytganidan so’ng rag’batlantirish uchun to’ydirmas miqdorda biror yegulik beriladi. Ushbu masofa asta sekinlik bilan kattalashtirilib boriladi.

Birinchi yili kaptarlarni 320 kilometrdan uzoqroq masofaga o’rgatilmaydi. O’rgatish darslari oralarini qisqartirish kerak emas, chunki kaptarlarni tez-tez jo’natish ularni qo’rqitadi, parvoz quvvatini kamaytirib kaptarhonaga mehrini kamaytirishi mumkin. 100 kilometrdan kamroq masofalarda kaptarlarning dam olishi uchun tanaffuslar bir kun, kattaroq masofalarda esa tanffus to’rt kun bo’lgani ma’qulroq. O’rgatish dasrlari maxsus kitobga yozilib borishi kerak.

O’rgatish uchun eng qulay payt — aprel oyining ikkinchi yarmidan oktyabr oyiga qadar. Birinchi parvozlar uchun ob-havo yahshi bo’lishi kerak, keyingilarida ob-havoning ahamiyati yo’q.

Kaptarlar o’rgatib bo’lganidan keyin, ularni parvozdagi mahorati va uddaburonligini hamda fikrlash qobiliyatini oshirish uchun, shuningdek, kaptarning jangovarlik shaklidan chiqarib yuboruvchi yalqovlik, hasalasizlik bilan yog’ bosishni oldini olish maqsadida oyiga bir marta ularni bir qancha vaqt oraligida birin ketin to’liq masofaga qo’yib yuborish kerak.

Juflashtirilmagan kaptarlarni o’rgatishdan saqlanish kerak, chunki ular o’ziga boshqa joydan juf ttopib olishi mumkin. Huddi shu sababga ko’ra kaptarxonada ajratilgan juftliklarni ham undan chiqarib bo’lmaydi. O’rgatishga mo’ljallangan kaptarlar narlar modalardan ajratilgan holda savatlarga o’tkiziladi. Har bir savatdagi kaptarlar soni 30 donada ortib ketmasligi kerak.

Kaptarxonada kaptarlarni tutish va ularni uyga  qaytishi uchun qo’yib yuboriladigan stansiyaga olib borish maqsadida savatchalarga o’tkizish nihoyatda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Kunduzgi tutish va ularni qo’l bilan qo’pol ravishda ushlash uyga qaytish ishtyoqini so’ndirib yuboradi. Kaptarlarni  tutish uchun kunduz kuni to’rdan foydalangan ma’qul, biroq avval ularni to’rdan qo’rqmaslikka o’rgatib olish kerak. Qorong’ulikda esa kaptarlar o’zlarini bemalol inson qo’liga olishga ruxsat beradi. 

Kaptarlarda sabrlilikni va uzoq davom etuvchi parvozlarga qobiliyatini chiniqtirish uchun ularni savatchalarda iloj bor qadar kamroq vaqt ushlangani ma’qul. Shuning uchun ham kaptarlarni juda qulay va shinam, yuqori tezlikka ega bo’lgan transport vositasida tashish kerak. Shu bilan birga kaptarlarni yo’lda ularga tanish va ular o’rganib qolgan odam kuzatishi kerak. O’rgatilayotgan kaptarlar kunduzgi soat 12 dan keyin chiqarib yuborilmaydi.

Foydalanish

100 kilometrdan160 kilometrgacha bo’lgan masofalarda kaptarlarni qo’yib yuborishdan bir soat oldin savatchaga bir necha dona urug’ tashlanib, ularga ichish uchun suv ham beriladi. Kaptarlarni qo’yib yuborish joyini tanlanishi juda ham katta ahamiyatga ega. Bu joy balandlikda va ochiq bo’lishi kerak. Vodiyda kaptar adashib qolib kerakli yo’nalishni topib olishi qiyin bo’ladi. Tog’lar bilan katta o’rmonlar esa uni qo’rqitadi va joyidan siljishi uchun qaror qilishiga halaqit beradi.

Kaptarlarni qo’yib yuborish uchun savatchaning qopqog’ini ochib qo’yib, ularni cho’chitmaslik uchun ko’zdan uzoqroqqa o’tiladi. Shunda kaptarlar savatchadan uchib chiqib, balandlikka ko’tarilib, havoda bir necha spiralsimon aylanishlar qiladi va nihoyat, chamasi yerning magnit maydoni bo’yicha yo’nalishni topib olganidan keyin, o’qday uzoqlashib uchib ketadi. Har bir galada ikki xil kaptarlar bor: yetakchilar va yo’lovchilar. Birinichilari mustaqil uchib butun galani yetaklaydi, ikkinchilari esa ularning orqasidan ergashadi.

Har bir stansiyadan eng zo’r kaptarlarni yakka holda uchirib uyga birinich bo’lib yetib kelganlarni sardorlar, deb hisoblaydilar. Uchib o’tishlarning murakkabligiga hududning hususiyatlari ta’sir qiladi. Shu o’rinda bir misol, tekis joydagi 320 kilometr joyni kaptarlar 100 kilometr har xil to’siqlarga to’la bo’lgan joydan tezroq uchib o’tadi.

Kaptarlarda to’g’ri yo’nalishni topa olish qobiliyatini saqlash maqsadida ularni iloj bor qadar to’liq erkinlikda boqish kerak. Bu ularga o’z uylarini yiling turli vaqtlaridagi, ayniqsa atrof-muhitning tashqi manzarasini tubdan o’zgartirib yuboradigan qishdagi ko’rinishini yaxshilab tanib olishiga imkon yaratadi. Doimiy erkinlik ularning salomatligini va parvoz kuchini rivojlantirish uchun kerak bo’ladi. Parvoz paytida kaptar 100 metrdan 150 metrgacha balandlikda uchadi va belgilangan balandlikdan moslashishga o’rganib qolgan, shuning uchun ham yuqori balandlikdan tushish paytidagi hususiyatlarini agar saqlab qolish istagi bo’lsa buning uchun uni tayyorlash kerak, aks holda u kaptarxonaga qaytib kela olmaydi.

Pochta kaptarlarining parvozlari uchun eng uzoq masofa – 1100 kilometr hisoblanadi, ammo ayrimlari o’z uyalariga bundan ham uzoqroq masofadan yo’l topishlari mumkin. Bunday masofani kaptar uch yoshdan keyin bemalol uchib o’ta oladi.

Nasllari

Pochta kaptarlarining nasllari ko’p, ammo eng keng tarqalganlari to’rtta:

•         Ingliz karyeri,

•         flandr yoki Bryussel kaptari,

•         antverpen kaptari

•         lyuttix kaptari

Birinichisning o’lchamlari katta, u baquvvat va tumshug’ida rangli karam so’tasini eslatuvchi o’simtasi bor; ikkinchisi Belgiya kaptarlarining ichida eng savlatlisi, tumshug’i va bo’yni keng va kalta, qanotlari tanasiga jips joylashgan; uchinchisining tumshug’i uzun va ingichka, bo’yni oqqushnikiga o’xshash; to’rtinchisi kichik savlat bilan ajralib turadi. Yana qoya kaptari (Columbalivia), Gollandiya tyumleri to’g’risida ham to’htalib o’tsa bo’ladi, ammo birinchisi Yevropada juda kamyob, qolganlari esa yuqorida aytib o’tilganlaridan sifat jihatidan orqada qoladi. Umuman aytganda pochta kaptari ko’k kaptargao’xshab ketadi, lekin boshqa rangda ham bo’lishi mumkin. Gohida olachiporlari ham uchrab turadi. Tumshug’ida kengroq, gohida esa kattaroq o’simtalari bor. Keng qovoqlari doimo yalang, oyoqlari va dumi kalta, qanotlari uzun va baquvvat. Parvoz to’g’ri va tekis, bo’yni oddiy kaptarnikidan ancha uzunroq cho’ziladi.

 

Kaptar sporti

Kaptarlarning tezligi va hotirasi hayratda qoldiradi. Kaptarlar Rimdan Bryusselga (tahminan 1100 kilometr masofa) Alp tog’lari orqali uchib o’tgan; 320 kilometr masofada (Parij— Shatelro, 1875 yil) soatiga 90—100 kilometr tezlikka erishgan paytlari ham ko’p bo’lgan. Faqat tog’ qaldirg’ochi (soatiga 358 kilometr), qarchig’ay (soatiga 224 kilometr) va qaldirg’och (soatiga 119 kilometr) tezligi bu borada kaptarning parvoziga bas kelishi mumkin. Kaptarlarning hotirasi to’g’risida shunday bir fakt guvohlik beradiki, 1871 yilda shahzoda Fridrix Karl tomonidan o’z onasiga tuhfa sifatida taqdim qilingan kaptar 1875 yilda behosdan ozodlikka chiqib ketib qolganida to’g’ridan to’g’ri o’z uyiga – Parijdagi kaptarxonaga qaytib borgan. 

Kaptar sportining birinchi xususiy hamjamiyati Belgiyada 1818 yilda ta’sis etilgan, XX asrning oxiriga kelib esa dunyo boshlab ularning soni yuzlab tarqalib ketgan. Birgina Parijning o’zida 18000 pochta kaptarlari bor edi. Ulardan 8000 donasi o’rgatilgan kaptarlar. Aholisi 100000 kishiga yaqin bo’lgan  Rube shahrida 15 000 nafar kaptar bor edi. Butun Fransiyada 100 000 ga yaqin o’rgatilgan kaptarlar bo’lgan: 47 departamentning o’z kaptar-pochta sportini sevuvchilari jamiyatlari bo’lgan. Bundan jamiyatlar juda ko’p bo’lgan joy - Germaniyada, ularning bir Ittifoqi “Columbia”da 1888 yilda 178 jamiyat va 52 240 nafar kaptari bo’lgan; bu raqamlar, shunindek boshqa mamlakatlarda ham baland ko’rsatkichlarga ega. 1890 yilda Kievda birinchi rus pochta kaptari sporti xususiy jamiyati ta’sis etilgan.

Pochta kaptarining yoruq va mashaqqatli qismati hamda 19 asrning oxiri 20 asrning boshidagi kaptar pochtasining ishchi kuni to’g’risida Kanada va amerikalik yozuvchi tabiyatshunos Ernest Seton-Tompson o’zining “Arno” hikoyasida yaxshi ta’riflab bergan. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations