Dunyoning eng qimmatbaho markalari
Filatelistlar markalarni kollektsiya qilish bilan birga ularning tarixini hamda pochta taraqqiyotiga qo’shgan hissasini o’rganadilar. Markaga qiziqqan odamlar yoshliklaridanoq keng tarqalgan eng oddiylaridan tortib, noyob va qimmatbaholarini yig’ishni odat qilib oladilar.Bu xobbi yaxshigina pul tikish manbai bo’lib xizmat qilishi ham mumkin. Kollektsionerlar markalarni sotib ola boshlashlari bilan markalar alohida seriyalar bilan chiqarila boshlandi.

Ko’pgina markalar cheklangan adadda (tiraj) chiqariladi. Ushbu maqolada sizning e’tiboringizga dunyoning eng qimmatbaho pochta markalarini havola etamiz. Bu markalarning ba’zilarining narxi avtomobil yoki uyning bahosi bilan teng, ba’zilarini esa faqatgina shaxsiy kollektsiyalardagina uchratish mumkin. Markalarning bahosi ularning ahvoliga qarab belgilanadi: agar marka ishlatilgan va unda pochta shtampi tushirilgan bo’lsa yoki boshqa sababdan uringan bo’lsa, narxi ham shunga yarasha bir necha barobar kamayadi. Toza va butun markalar esa qimmatroq yuradi.

Mavrikiy

Mavrikiy

Eng qimmatbaho markalardan biri. U 1847 yilda Mavrikiy orolida chop etib chiqarildi. Biroq chop etilayotgan vaqtda qo’pol xatolikka yo’l qo’yildi, shuning uchun bu qog’oz kamyob bo’lib qoldi. Mutaxassislar yozuvda imloviy xatoga yo’l qo’ydilar. Ular markalarni “Post Paid” so’zlarining o’rniga “Post Office” degan yozuv bilan bosmadan chiqardilar. Hozirgi kunda bunday braklangan markalarning 28 tasi ma’lum. Auktsionda bunday markalarning bahosi 20 million AQSH dollari deb baholanmoqda.

Sariq rangli shved markasi

Sariq rangli shved markasi

Bu marka 1855 yilda bosib chiqarilgan bo’lib, eng qimmatbaho markalardan biri hisoblanadi. Bu markalar yashil rangda bo’lishi kerak edi, biroq yo’l qo’yilgan xato tufayli navbatdagi seriya sariq rangda bosib chiqarildi. 1996 yilda “Sariq treskilling” deb atalgan ushbu sariq marka kim oshdi savdosida 2,3 million dollarga sotilgan.

Jenni

Jenni

Qimmarbaho markalar orasida to’rtta markadan iborat blok ham bor. Bu markalrda “Kertis-Jenni” aeroplani tasvirlangan. Biroq markaning seriyalaridan birida aeroplan teskari o’girilgan holda tasvirlanib qolinadi. Aynan ana shu bosmadagi xato uning qimmatbaho bo’lishiga zamin yaratadi. Bunday ekzemplyarlar originallaridan ko’ra qadrliroq hisoblanadi. 1954 yilda ushbu to’rtta markaning hammasi 18,2 ming dollarga sotib olingan edi, bugungi kunda esa bu qog’ozlarning narxi 3 million dollarni tashkil  etadi.

Tiflis markasi

Tiflis markasi

Qimmatbaho markalar orasida Rus imperiyasi davriga tegishli markalar ham bor. Masalan, Tiflis markasi. U 1857 yilda bosib chiqarilgan. Bugungi kunda ushbu marka uch ekzeplyarda saqlanib qolingan – ularning barchasi taniqli zargar va filontrop Faberjega tegishli bo’lgan. Hozirda esa ular shaxsiy kollektsiyalarni to’ldirib turibdi, ularga bir nazar tashlashning o’zi ham oson ish emas.

Gavay missionerlari

Gavay missionerlari

Bu Gavayida bosib chiqarilgan ilk markalar edi. Ular 1851 yilda paydo bo’ldi va “Gavay missionerlari”, deb atala boshlandi. Ular sifatsiz bosib chiqarilishi sababli noyob marka turlariga kirib qoldilar. Bu markalar yomon va juda yupqa qog’ozdan bosib chiqarilganligi uchun bugungi kunda juda kamyob hisoblanadi. Bugungi kunga qadar ushbu markalarning 16 ta ekzemplyari yetib keldi. Ularning har biri katta pul turadi – yarim million dollar atrofida.

Bendjamin Franklin Z Grill

Bendjamin Franklin Z Grill

AQSH ning eng noyob va qimmarbaho markalaridan biri. Ular bor y’g’i  ikki dona. 1988 yilda  Bendjamin Franklin Z Grill nomli ushbu bir tsent qiymatli marka AQSH da rekord darajadagi  – 1,5 million dollar evaziga sotildi.

Penni Black

Penni Black

“Qora Penni” – orqa tomonida yelim bo’lgan ilk pochta markasidir. U 1840 yilda bosib chiqarildi. Bu marka pochta markalari olamida haqiqiy inqilob yaratdi. Ushbu marka juda noyob hisoblanmasada, har birining bahosi 200-300 dollargacha boradi.

British Guyana One Cent Black on Magenta

British Guyana One Cent Black on Magenta

Bu marka 1856 yilda dunyo yuzini ko’rdi. U qora siyohli sifatsiz purpur qog’ozdan bosib chiqarildi.

Odri Xepbyorn

Odri Xepbyorn

Hozirgi davr pochta markalari orasida ham qimmarbaholari bor. Masalan, eng qimmatbaho zamonaviy marka – bu aktrisa Odri Xepbyornning tasviri tushirilgan Germaniyaning pochta-hayriya markasidir. Aktrisa og’zida sigareta va boshida keng xoshiyali shlyapada tasvirlangan. Bu marka 2001 yilda bosib chiqarilgan, biroq rasman muomalaga kiritilmagan. Bu marka boshidan Merlin Monro, Charli Chaplin, Jan Gaben, Gret Garbo, Ingrid Bergman kabi aktyorlarga bag’ishlangan seriyalarga kiritilgan edi. Dastavval Odri Xepbyorn xotirasiga bag’ishlab uni tasviri tushirilgan marka 14 million adadda bosib chiqarilgan edi. Biroq aktrisaning o’g’li nashr qilish huquqini olib qo’ygandan keyin tiraj chiqarilishi to’xtatib qo’yiladi. Onasi og’zida sigareta bilan tasvirlangani unga xush kelmagan edi. Tiraj yo’q qilindi, biroq 30 ta ekzemplyar asrab qolingan edi. Bu markalar muzey, arxivlarga tarqatib yuborildi. Bugungi kuda ularning narxi 94 ming dollarni tashkil etadi.

Lui Armstrong

Lui Armstrong

Afsonaviy trubachi va bastakor Lui Armstrong markasi 1995 yilda “Amerika musaqisining afsonalari: jaz musiqachilari” seriyasida chiqarildi. Bu musiqachi shuningdek, sket uslubida jaz qo’shiqig’ini kuylovchilardan eng birinchisi edi. Armstrongdan tashqari ushbu seriyaga vokalchi Ella Fitsjerald ham kiritildi.   

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations