Dunyoning eng zaharli suv havzalari
Baykal, Michigan, Viktoriya – bizdan keyin ham yana bir necha avlodlarga bemalol etadigan sof ichimlik suvini saqlab keluvchi juda mashhur ko’llar (ularning ikkitasi ko’pchilik dengizlar birlashtirilganidan ham kattaroq). Biz insonlar 80 foizga suvdan tashkil topganmiz, shuning uchun ham bu biz uchun hayotiy ahamiyatga ega.

Shotlandiyaning chiroyli ko’llari nafaqat Lox-Ness pleziozavrini izlash bilan mashhur, balki ular Britaniya orollarida ikki asrdan buyon asosiy kemasozlik kanallarining biri sifatida ham tanilgan. Endi keling, inson tufayli hayot boshqa yo’q va bundan buyon ham bo’lishi amri mahol bo’lgan ko’llarga bir nazar tashlaymiz.

Rio Tinto, Ispaniya

Rio Tinto, Ispaniya

Rio – daryo,Tinto – qizil. Braziliyani o’z vaqtida Portugaliyalik kolonizatorlar qizil daraxtning maxalliy nomi sharafiga shunday deb nomlaganlar. Ispaniyaning Andalusiya provintsiyasi Yevropada joylashgan.  Achinarlisi shuki, mana uch ming yildan buyon bu yerda oltin, kumush, mis, nikel, molibden qazib olinadi. O’rta asrlarda bu yerda simob ham qazib olingan. Ko’pchilik oqova kanallari kelib tushadigan bu ko’l ifloslanishining oqibati nima bo’lishi qiyin emas. Juda g’alati bo’lsada bu yerda ekstremal bakteriyalar yashaydi. Ularga havo kerak emas (ular anaerob bakteriyalar), lekin azot kerak. Astrobiologlarning aytishicha, bakteriyaning bu turi Marsda ham yashab ketishi mumkin.

Karachay, Rossiya

Karachay, Rossiya

Bu ko’lga atomchi olimlar faqatgina bir maqsadda borishlari mumkin: o’z hayotini qiyin ajal bilan yakunlash maqsadida. 1975 yilda ro’y bergan Kishtim halokatidan keiyn bu yerdagi rohatu farog’atni aks ettiruvchi manzara ortida strontsiydan plutoniygacha eng halokatli radioaktiv elementlarning izotoplari yashiringan. 2017 yilda o’tkazilgan o’lchovlar shuni ko’rsatdiki, ko’lning bo’yida kimyoviy va radiatsion himoya kostyumisiz bir soatdan ozroq vaqt davomida hozir bo’lish radiatsiyaning mutlaq halokatli miqdorini ilib olishga olib keladi. Shunga qaramay baliqchilar ko’lning ayrim joylarini juda yaxshi ko’radi, chunki u yerlarga mislsiz katta baliqlar suzib yuradi. Biroqbu tutilgan baliqlarni yeyishga hali hech kim jur’at qilmagan.

Sitarum, Indoneziya

 Sitarum, Indoneziya

Hind okeani juda ham katta. Indoneziya arxipelagi – dunyodagi eng kattasi. Ammo ichimlik suvi bilan bog’liq muammolar sanoat revolyutsiyasidan ancha oldinroq boshlangan. Hozirgi paytda eng kamida 300 milliondan ortiqroq odam tropik iqlim sharoitida ichimlik suviga bo’lgan oddiy tashnalikni qondirish uchun yuvindi va mag’zavani qaynatishiga majbur. Sitarum ko’liga yuzdan ortiq kimyoviy korxonalarning suyuq chiqindilari to’kiladi. Ko’p hollarda bu chiqindilar sholizorlarga ham yetib keladi. 2011yilda hukumat bu qaltis vaziyatni zudlik bilan tartibga solishga qasam ichdi.15 yilga mo’ljallangan ko’l reabilitatsiyasi loyihasini  amalga oshirilishi to’rt milliard AQSH dollariga teng deb baholangan. Hoziri paytda vaziyat juda sekin bo’lsa-da yaxshilanib boryapti.

Qaynar ko’l, Dominikana respublikasi

Qaynar ko’l, Dominikana respublikasi

Bu Kamchatka emas, Yellouston ham emas, ammo Dominikanadagi qaynar ko’l suv haroratining balandligi bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadi. Bu geyzer vodiysi emas, to’la quvvatli tabiiy ko’l. U Yo’qlik Vodiysida joylashgan. Ko’lning nomlanishi o’zini o’zi ta’riflaydi– Selsiy harorat shkalasi bo’yicha qirg’oqda shamolni yo’nalishiga qarab harorat 83-93 gradusda teng bo’lishi tufayli ko’lda umuman hech kim yashamaydi. Yaxshi tomoni shundaki ko’l juda tez qaynaydi. Yomon tarafi shuki, ushbu issiqlik to’g’ridan-to’g’ri magmatik yoriqdan chiqib kelmoqda, shuning uchun ham uyqudagi vulqon uyg’onib ketguday bo’lsa, tropik iqlim bilan birga xatto Sibirda ham juda issiq davrlar kelishi mumkin.

Ko’m-ko’k daryo qo’ltig’i, Buyuk Britaniya

Ko’m-ko’k daryo qo’ltig’i, Buyuk Britaniya

Ko’m-ko’k daryo qo’ltig’i avvallari Devonshirda tosh koni bo’lgan. Uning ko’rinishi juda chiroyli va jozibador. Lekin unga sira qo’lingizni sola ko’rmang! Bunchalik chiroy xatto Chernobil o’lchovlariga nisbatan balandroq bo’lgan toksik moddalarning konsentratsiyasi tufayli vujudga kelgan. Masalan, u yerdagi pH darajasi 11,3ga, konsentratsiyalangan oqartiruvchiniki esa  – 12,6 ga teng. Ko’lga respiratorsiz hech kim respiratorsiz yaqinlasha olmaydi, chunki ammiakning o’tkir hidi xatto kalamushlarni ham qo’rqitib yuboradi. Qanchalar g’alati bo’lsa ham tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bu yerdagi suv o’zini o’zi tozalovchi ekan.

Taqasimon ko’l, Kaliforniya, AQSH

Taqasimon ko’l, Kaliforniya, AQSH

Kaliforniya nafaqat bir kvadrat kilometrga to’g’ri keladigan milliarderlar soni bilan, balki o’ta izdan chiqib ketgan ekologik holati bilan ham dunyoga mashhur. “Taqasimon ko’l”– shunday joylardan bittasi. Eng katta shov-shuv rejali tekshirish o’tkazilayotgan paytda uch nafar professional o’rmon nazoratchilari ko’lga haddan ziyod yaqinlashgan payt bilan bog’liq.

Tanho ko’l, Kaliforniya, AQSH

 Tanho ko’l, Kaliforniya, AQSH

Juda keksa bo’lishi bilan tanholigi bilan tanigan bu ko’l Kaliforniyadagi eng havflilari ichida ikkinchi o’rinni egallaydi. Ko’lning Tinch okeaniga chiqadigan joyi yo’q, biroq sho’rligi u bilan bir hil, ishqoriylik ko’rsatkichi esa 10 pHga teng. Olimlarning aniqlashlaricha bunga sabab muzlik davridan qolgan ohaktosh-tuzli kolonnalar.

Ko’lga goho qushlar uchib kelar emish. Ornitologlarning ta’kidlashicha, ularning bu yerga uchibkelishi faqat qiziqish tufayli. Qushlarning hid sezish qobiliyati juda baland va halokat darajasidagi havfni ular sezmay qolishi mumkin emas. Shunday bo’lsa-da, baribir qushlar tafodifan uchib keladi, ammo faqat eng kuchlilari bu yerdan tirik qaytishi mumkin.

Kivu: Kongo va Ruanda

Kivu: Kongo va Ruanda

Bu ko’l mana yarim asrdan beri to’htamay davom etib kelayotgan eng be’mani qabilalar aro urushning old jabhasida joylashgan. Bu o’z o’zidan ko’lni hayot uchun o’ta havli joylar qatoriga kiritadi. Biroq tabiatning o’zi go’yo g’azabga to’lib ketganday adovatli qo’shnilar uchun chegara o’rnatib qo’ygan: ko’l tubidan doimiy ravishda metan bilan is gazi ajralib chiqadi; ma’lum bir hajm yig’ilib qolgudek bo’lsa, miltiqdan bir martagina otish yoki o’chmagan gugurt cho’pini tashlashning o’zi bu yerni jahannamga aylantirib yuboradi. Bunday hodisalar haqiqatdan ham ro’y bergan va 50-100 kilometr radius ichidagi barcha tirik jonzotlarning halokati bilan tugagan. Afrikada suv osti vulqonlari kam emas, ammo ularning ichidagi  eng hiylakori aynan mana shunisi hisoblanadi.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations