Eng kulguli, g’aroyib va antiqa patentlar reytingi
Tarixdan juda ko’p ixtirochilar ma’lum: Arximed, Nikolay Tesla, Leonardo Da Vinchi, Tomas Alva Edison, Aleksandr Grexem Bell – bu juda katta guruhdan bir necha ismlar holos. Bu insonlar uchun yangi texnologiyalar va moslamalarni yaratish umrlarining mazmuni bo’lib, ma’lum bir paytdan boshlab yahshigina moliyaviy ko’mak ham bo’lishi mumkin edi.

Asta-sekin birovning ixtirosini ishlab chiqarishda qo’llaganligi uchun to’lov to’lashga majbur qiluvchi mexanizmlar paydo bo’la boshladi. Patent xuquqlarining dastlabki ko’rinishi XV asrda Venetsiyada paydo bo’ldi, keyingi yuz yilliklarda esa mualliflik xuquqini himoya qilishning bu usuli anchagina mukammallashtirilgan.

Chuqur ishlab chiqilganiga qaramay bu sohada doimo chigalliklar va kutilmagan holatlar vujudga keladi. Ularning bir nechtasi bilan sizlarni tanishtiramiz.

1. Microsoft kompaniyasi yuqori texnologiyali tarmoqlarning barchasida bir talay patentlariga ega, biroq ularning ayrimlari ochiqchasiga o’ta g’alati tuyuladi. Masalan, giperssilkaga bosib yangi oyna ochish uchun u 2021 yilga qadar o’z patentiga ega. Bu xaqiqatdan ham juda qiziq xodisa, ammo EXM dasturini ro’yxatdan o’tkazish har bir o’zini hurmat qiladigan dasturchi faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi, axir bu intellektual mulk obyektidir.

2. Gordon Guld o’z umrining 38 yilini u ixtiro qilgan lazerni va bir qator shunga bog’liq texnologiyalarni patentlashga sarflagani bilan mashhur. Uning da’volari shu bilan tugagani yo’q, chunki keyinchalik Guld ushbu patentlarni buzgan kompaniyalar bilan kurashishga to’g’ri kelgan.

3. 1963 yilda Sears kompaniyasi turli mexanizmlar (otvyortkalar, kalitlar) uchun shaqildoq ishlab chiqaрish patentini 10 ming AQSH dollariga sotib olgan. U xaqiqiy muallifni ixtironing befoyda ekanligiga ishontirib, o’zi esa ixtiro tufayli 44 million AQSH dollariga teng foyda ko’rgan.

4. Eng qizg’in bahslarga sababchi bo’ladigan hodisalardan biri tibbiyot soxasidagi patentlardir. Ular gohida hayot-mamot uchun zarur bo’lib turgan dori-darmonlarni ko’pchilik odamlarga chegaralab qo’yadi. Ammo ular orasida shundaylari ham borki, davolanishni hamma uchun ochiq qilib qo’yish maqsadida dori moddalarni patentlashdan voz kechadilar. Misol uchun, Djonas Solk 1955 yilda poliomielitga qarshi vaksinasini patentlashdan voz kechgan. Agar u o’z vaksinasini patentlaganida bu unga 7 milliard AQSH dollari miqdorida daromad olib kelar edi.

5. Insulin ixtirochilari ham huddi shunday yo’lni tutdilar. Ular o’z ixtirosini patent bilan himoyalamay qandli diabetga qarshi vositani aholining barcha tabaqalari uchun ochiq qilib qo’ydilar.

6. Biroq bu mavzu tarixida bunga qarama-qarshi bo’lgan ma’lumotlar ham mavchud. 2013 yilda Anjelina Djoli saratonni cheklab o’tish maqsadida og’ir operatsiyani boshdan kechirgani to’g’risidagi yangilik jamoatchilikni larzaga soldi. Bor yo’g’i ikki oy o’tganidan keyin esa bu saraton kasalligining ayrim turlariga moyil diagnostika bozorini mo’ljalga olgan Myriad Genetics kompaniyasining ulkan Piar-aktsiyasi ekanligi ma’lum bo’ldi. Bir necha yillar avval Myriad Genetics BRCA1 va BRCA2 genlarini patentlashga musharraf bo’lgan.

Bu genlarni tadqiq etish - muqarrar irsiyatni o’z vaqtida aniqlab qat’iy choralar ko’rish imkonini beradi. Biroq 2013 yilning yozidayoq AQSHning Oliy sudi genlar patentlik xuquqi obyekti bo’la olmaydi degan qaror chiqardi va bu ishbilarmon kompaniyani potensial monopoliyadan mahrum qildi.

7. WD-40 – xo’jalikda ishlatiladigan eng mashxur tozalovchi, moylash va korroziyaga qarshi vosita. Vosita tarkibining yaratuvchisi sirli tarkibni ovoza qilmaslik uchun uni patentlashdan voz kechdi. Ammo, to’la qimmatli, o’xshash va hatto qalbaki mahsulotlar haligacha yo’q.

8. Bugungi kunda Golivvud so’zsiz dunyo kinosining poytaxti xisoblanadi. U bu maqomni shu tufayli qo’lga kiritgan ediki, XX asrning boshlanishida kinochilar patentli chegaralashlardan qochib shu yerda o’rnashib qolgan edilar. Kino sanoatining salmoqli qismi N’yu-Jersida Tomas Edison tomonidan patentlangandi, Kaliforniya sudi esa bu borada mustaqil qaror chiqara olardi.

9. Yong’in kraniga bo’lgan patent yong’in paytida yonib ketgan, shuning uchun ham, uni kim ixtiro qilganini hech qachon bila olmaymiz degan yarim hazil voqea majud.

10. Mikroto’lqinli pechni ishlash prinitsipini Ikkinchi Jaxon Urushi davrida Persi Spenser to’satdan ixtiro qilgan. O’ta kuchli magnetron oldida turib u cho’ntagidan shokoladni olgan va uni erib ketganini ko’rgan. Keyinchalik u ovqatni isitishning bu usulini patentlab olgan.

11. Bugungi kunda akkumulyatorlarga bo’lgan patent xuquqlariga tinmay turli cheklashlar doiralarini buzgan u yoki bu ishlab chiqaruvchilarga nisbatan da’vo arizalarini kiritib kelayotgan neft kompaniyalari egalik qiladilar. Bu yaqqol sabablarga ko’ra raqiblik qilayotgan tarmoqni ezib tashlashga urinish sifatida qabul qilinyapti.

12. Yadro kallagi yordamida vertikal qazishning nazariy texnologiyasi mavjud. Buning mohiyati shundaki, qiyin eriydigan kapsulaning ichiga yadroviy modda joylashtiriladi. Kapsula qizib tog’ jinslarini eritib sayyoraning (faqat Yerning o’zi bo’lishi shart emas) ichiga asta-sekin kirib boradi va o’z ortida oynali devor hosil bo’lgan tunelni qoldiradi.

13. XIX asrda Fransiya patentlangan texnologiyadan foydalanishni Buyuk Britaniyadan tashqari barcha mamlakatlarga ijozat berdi. U paytda Fransiya kolonizatsion ziddiyatlar tufayli Buyuk Britaniya bilan o’ta qaltis munosabatlarda bo’lgan.

14. Avraam Linkoln – qumli kir tog’orani ko’tarish uskunasiga olingan patentga egalik qilgan.

15. Ben Franklin ko’p qimmatli ixtirolarni yaratgan, biroq ularni patentlashdan qat’iy voz kechgan. U yangi texnologiyalarni odamlarga tuhfa etish kishiga juda katta shodlik va sharaf baxsh etadi deya ta’kidlagan.

16. Dunyoning patentlash byurolari qog’ozbozlik va byurokratiyaning o’ta yuqori darajasi va shundan kelib chiqadigan muammolar bilan yaxshi ma’lum. Ko’p hollarda bu g’irt be’mani patentlar chiqib ketishiga ham sabab bo’lib qoladi. Masalan Halliburton kompaniyasi patent olish jarayonini o’zini patentlashga muvaffaqiyatsiz uringan.

17. Bir patent kompaniyasi Wi-Fidan foydalanishning ma’lum usullariga bo’lgan huquqqa ega va go’yoki, uning bu xuquqini o’z mehmonlariga internetga bepul kirish imkonini yaratayotgan mehmonxonalar va boshqa muassasalar poymol etayotgan emish.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations