Eng yirik dollar kupyuralari, ular haqida bilarmidingiz?
Hammamiz eng katta dollar kupyurasi deb, 100$ ni hisoblaymiz. Aslida esa undan ham katta qiymatdagi dollar kupyuralari mavjud va bu haqda ko’pchilik bilimga ega emas. Ushbu maqolada eng yirik dollar kupyuralari haqida ma’lumotlar berib o’tamiz.

Quyida tariflangan va ko’rsatilgan kupyuralarning barchasi real – haqiqiy. Ushbu kupyuralar hech qachon umumiy muomalada aylanmagan, bulardan faqatgina federal zahira tizimidagi banklar o’rtasidagi transaktsiyalarda foydalanilgan. Elektron pullar paydo bo’lgandan keyin pullar elektron tarzda o’tkaziladigan bo’ldi va bu kupyuralarga ehtiyoj qolmadi. Lekin shunga qaramasdan ularning ba’zilari bugungi kunda saqlanib qolingan.

500$ kupyura

500$ kupyura

Ushbu kupyurada AQSHning 25 Prezidenti Uilyam Mak-Kinli tasvirlangan. Bunday pullar 1934 yildan to 1945 yilgacha muomalada bo’lgan. Bugungi kunda bunday kupyurani uchratish qiyin, ammo kollektsionerlarda topsa bo’ladi. Shuningdek, bunday kupyurani valyuta ayirboshlash shohobchalariga taqdim qilsangiz, haqiqiy hisoblanadi.

1000$ kupyura

1000$ kupyura

Bu kupyurada AQSHning 22 va 24 Prezidenti Stiven Grover Klivlend tasvirlangan. Amerika tarixida ikki marta Prezidentlikka saylangan yagona siyosatchi. Bu kupyura 1928 yilda muomalaga kiritilgan bo’lib,1969 yilda muomaladan chiqarildi. 

5000$ kupyura

5000$ kupyura

Bu eng noyob kupyuralardan biri. 5000$ qiymatli kupyura hanuzgacha muomaladan chiqarilmadi. Bu kupyurani bankka depozitga qo’yish yoki bo’lmasa uning evaziga kredit olish mumkin. Biroq hech kim bunday qilmaydi, chunki bu kupyura kamyob bo’lganligi sababli kollektsiya qilinadi va tabiiyki uning qiymati ancha yuqori bo’ladi. Mazkur kupyurada AQSHning 4-Prezidenti Jeyms Medison tasvirlangan.

10 000$ kupyura

10 000$ kupyura

Bu kupyurada AQSHda fuqarolar urushi davridagi davlat arbobi – Semon Portlend Cheyz tasvirlangan. Bu shaxs qullikka qarshi faol chiqishlar qilgan, boy odamlarning siyosiy nufuziga qarshi kurashgan va shu bilan birga AQSHning oliy bosh sudyasi bo’lgan.

100 000$ kupyura

100 000$ kupyura

AQSHning 100 000$ lik kupyurasi hech qachon muomalada bo’lmagan. Ular faqatgina banklar o’rtasidagi transaktsiyalar uchun foydalanilgan.

1000 000$ kupyura

1000 000$ kupyura

Yana bir kupyura mavjud. Bu kupyuralar bor yo’g’i bir necha ekzemplyardagina chiqarilgan bo’lib, ularning har biri 1 million AQSH dollari qiymatiga ega. Mazkur kupyuraning himoya darajasi eng yuqori: ya’ni, maxsus qog’oz, metallografik muxr, mikroshrift, mikronaqshlar, ultrabinafsha belgilar va hokazo.

Bu kupyura 1988 yilda chiqarilgan. Nima uchun shunday yirik kupyura chiqarilgan? Bir paytlar, 1987 yilning 20 aprelida Teri Styuard ismli shaxs Millionerlarning Xalqaro Assotsiatsiyasiga asos soladi. Bu tashkilot moliyaviy mustaqillikka erishish maqsadida barcha millionerlarni birlashtirishi kerak edi. Bu tashkilotga yo’llanma sifatida Styuard ushbu kupyurani o’ylab topdi. 10 000$ lik kupyura bunga asos qilib olindi. 

Boshqa yirik kupyuralardan farqli o’laroq bu kupyuraning narxi qiymatidan ancha past yuradi va “1 million dollar” degan yozuviga qaramasdan oddiygina suvenir hisoblanadi hamda kollektsiya buyumlari qatoridan joy oladi. Tashkilot parchalanib ketganidan keyin, mazkur kupyuralar auktsionlarda 100 dollar qiymatdan sotila boshlandi va asta-sekinlik bilan uning qiymati 9500 dollargacha ko’tarildi. Bugungi kunda bu kupyuraning qiymati qanchaligi noma’lum.

Ushbu yirik kupyuralardan tashqari 2$ lik kupyuralar ham bor. Bu kupyura hanuzgacha pul muomalasida bor va qiymati ham ikki dollarni tashkil etadi. Biroq ba’zi amerikaliklar 2 dollarlik kupyura omad keltiradi, deb ishonadilar, shu sababli ularni 50, ba’zan esa 100 dollar evaziga ham sotib olishga tayyorlar. 2$ lik kupyuralar juda kamyob, ularni muomalada uchratish juda qiyin. Shuning uchun ham ko’pchilik uni o’ziga esdalik uchun olib qo’yadi. 

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations