Forex bozori to'g'risidagi 10 ma'lumot
Har qanday treyder u yangi bo'ladimi yoki Forex bozorida 10 yildan beri ishlaydigan tajribali mutaxassis bo'ladimi, valyuta bozorining barcha nozik taraflarini 100% foiz bilishiga kafolat bera olmaydi. Buning ajablanarli joyi yo'q, chunki zamonaviy Forex har qachongidan ham ko'proq yangi yutuqlarni namoyon qilib kelmoqda.

Shu sababli, savdo-sotiqda mavjud bo'lgan qiziqarli ma'lumotlar to'g'risida sizni xabardor qilishga urinib ko'ramiz. O'ylaymizki, bu sizning  professional faoliyatingiz uchun foydali bo'lishi mumkin. Agar Forex bilan shug'ullanmagan bo'lsangiz, bu ma'lumotlar hech bo'lmaganda siz uchun qiziq bo'lishi tayin. 

1-raqamli fakt - treyding treyderning psixologiyasiga uning psixologiyasi o'zining savdosiga qanchalar ta'sir qilsa shuncha ta'sir qiladi.

Aksariyat treyderlar umidsizlik va stressni boshdan kechirishadi, chunki ular savdosida omad har doim ham kelavermaydi, har kuni o'zining kamchiliklari bilan Forex bozorining afzalligiga duch keladi. Shuning uchun, o'z his-tuyg'ularingiz ustida ish olib borib siz o'zingizga juda katta yordam bera olmaysiz, ayniqsa siz o'zingizning moliyalaringizni xavf ostiga qo'yayotib bozor afzalligiga ega bo'lmasangiz.

2-raqamli fakt – Xatto juda muvaffaqiyatli treyderlarda ham psixo-emotsional toliqish kuzatiladi.

 

Yutuqli bitimlarning 70 foizini ta'minlaydigan savdo tizimi muntazam ravishda surunkasiga bir necha yo'qotishlarga va katta muddatlar ichida nolga teng natijalarga duch keladi, natijada treyderga salbiy ruhiy ta'sir ko'rsatadi. Bir qator salbiy hodisalar (shu jumladan moliyaviy yo'qotishlar ham) treyderlar qabul qilishga tayyor bo'lganidan ko'ra ko'proq sodir bo'ladi.

3-raqamli fakt - Mashq qilish – mohirlikka erishishning to'g'ridan to'g'ri yo'lidir.

Agar hayotimizning har qanday sohasi haqida gapiradigan bo'lsak, u sport, raqs yoki shaxmat bo'lsin, faqat muntazam mashqlargina to'g'ri malakani shakllantiradi. Treyding o'zingiz  tushunib turganingizdek, ishingizning boshqa sohalariga qaraganda ancha murakkabroq, chunki "Forex" da sizga yordam beradigan hech qanday "bolalar" chempionati yoki musobaqalari yo'q. Shuning uchun, mashqlarsiz (masalan, demo-hisobda) bu yerda harakat qilishning iloji yo'q.Ammo, buning uchun yaxshi diling markazini tanlash kerak. Umuman olganda, barqaror amaliyot va kundalik mashg'ulotlarsiz treyder qobiliyatsizlikka duch keladi, natijada u Forex bozorining boshqa ishtirokchilari bilan raqobatni ko'tara olmaydi.

4 - raqamli fakt - Katta daromadlar ham yo'qotishlar kabi treyderning his-tuyg'ulariga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Treyder o'zining kutishlaridan tashqari bo'lgan hodisalarga duch kelganida emotsional jihatdan zaiflashadi. Aniqligi bo'yicha 60 foizga to'g'ri keladigan savdo usulida hodisalarning taxminan 13 foizi hollarda 4 ta foydali bitimga ega bo'ladi. Treyderlar savdodagi bir qator yo'qotishlar davrida o'zlariga nisbatan ishonchsiz bo'lib qolganidek, daromadli davrlarda xuddi shu kabi o'ziga o'ta ishonuvchan bo'lib qoladi.

5-raqamli fakt – Katta o'lcham natijani o'ldiradi.

Treyderning hissiy kasodga uchrashi uchun eng qisqa yo'l – uning savdo portfeli uchun juda katta hajmdagi savdo qilishdir. Treyder faqatgina savdo portfelining qiymatiga nisbatan daromad va yo'qotishlarni qabul qilaoladi. U juda katta miqyosdagi savdoni amalga oshirganda o'z aktivlari uchun jiddiy tebranishlarni vujudga keltiradi va bu o'z navbatida uning his-tuyg'ularida jiddiy va o'ta yoqimsiz tebranishlar paydo bo'lishining sababchisi bo'ladi.

6-raqamli fakt - Muvaffaqiyatli treyder juda boy fikrlash qobiliyatiga ega bo'ladi.

 

Forex bozoridagi uning barcha muvaffaqiyatli ishlari muayyan va samarali savdo harakatlariga aylantirishga yordam beradigan modellarini tanib olish va aqliy sxemalarni ishlab chiqishga qaratiladi. Umuman olganda, bunday intellektual sxemalarsiz, treyder valyuta baholarining  bozordagi o'zgarishlarining murakkab chigalliklarida adashib ketib qoladi. Bugungi kunda bunday mutaxassislar ko'p emas (ayniqsa, bizning mamlakatimizda). Shuning uchun, agar siz 1000 AQSH dollari miqdoridagi sarmoyangizni qayerga kiritishni o'ylab, PAMM-hisobini tanlagan bo'lsangiz, aql-zakovat yuqori bo'lgan menejerni qidirib toping.

7-raqamli fakt - Valyuta bozori juda o'zgaruvchan.

 

 Forex taraqqiyot modellari va trend harakatlari muntazam ravishda o'zgarib turadi va bu o'zgarish turli vaqtlar miqyosida yuz beradi. Shuning uchun ham, Forex bozoridagi savdoning usulining hech qaysi biri har doim ham, muvaffaqiyatli bo'lavermaydi.Treyder bu o'zgarishlarning ichida faqat yo'l tanlay bilishigina emas, balki ularni ish jarayonida ham hisobga olishi kerak.

8-raqamli fakt – Xatto tajribali treyderlar ham pasayish davrlari bilan duch keladilar.

 

Forex o'zgarganda, treyder uni qayta tadqiq qilish jarayonidan o'tishiga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham treyderlar pasayish davrida omon qolish uchun daromadlar davrida moliyaviy "zahira" to'plashadi.

9-raqamli fakt - Siz ishlayotgan bozorni hisobga olishingiz lozim (siz foydalanadigan savdo usulingiz kabi).

 

Boshqalardan ko'ra ko'proq trendli va ko'proq o'zgaruvchan bozorlar mavjud - ular turli harakatlanish modellariga ega. Shuning uchun ham, treyder tabiati, uning savdo usullari va Forex bozori o'rtasidagi to'g'ri muvozanatni izlab topish muvaffaqiyatning asosiy omilidir.

10-raqamli fakt - Uzoq muddatli savdo muvaffaqiyati ko'p hollarda sizning kirishingizda va chiqishingizda yaxshi narxlarga ega bo'lishingizga bog'liq.

 

Treydingda muvaffaqiyatsizlikka uchrashning yana bir mezoni – bu zararli bitimlarning “daromad-zarar” ko'rsatkichlarining o'rtacha nisbati daromadli bitimlarning “daromad-zarar” ko'rsatkichlarining o'rtacha nisbatidan balandroq bo'lgan vaziyatning paydo bo'lishi.

Shunday qilib, biz Forex haqida 10 ta faktni ko'rib chiqdik va yana shunchasini sanab o'tishimiz ham mumkin edi. Biroq, jahon valyutalari bozorida muvaffaqiyatli savdo qilish uchun shulari ham yetarli bo'ladi. Bugungi kundagi haqiqat shundaki, istisnosiz hayotning har qanday sohasidagi har qanday tajriba doimiy amaliyotni va tinmay o'qishni talab qiladi. Agar Forex ni o'rganish yo'lida ruhiy jihatdan tayyor bo'lsangiz, buni amalga oshirish uchun biron bir undovchi turtki bo'lsa, u holda davom ettiring va erishgan natijalaringizda to'xtamang. 

Ikki tarkibiy qismni topishdan boshlang: tegishli savdo usullari va yaxshi murabbiy ustoz toping. Bu sizning kelajakdagi muvaffaqiyatlaringizning asosidir.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations