FOREX xalqaro valyuta bozori: Bo’lg’usi birja qirollari uchun eng to’liq va batafsil yo’riqnoma (2-qism)
FOREX bozori tendentsiyalari

Uchta yo’nalish mavjud:

• narxlar ko’tarilishi tendentsiyasi, bunda narxlar yuqoriga qarab harakatlanadi va keyingi har bir cho’qqi va keyingi har bir pasayish avvalgi ko’rsatkichlardan yuqoriroq bo’ladi;

• narxlar pasayishi tendentsiyasi, bunda narxlar pastga qarab harakatlanadi va keyingi har bir cho’qqi va keyingi har bir pasayish avvalgi ko’rsatkichlardan pastroq bo’ladi;

• gorizontal tendensiya, unda narx harakati hech qanday aniq yo’nalishga ega bo’lmagan holda harakatlanib va har bir keyingi cho’qqisi va pasayishi avvalgilari bilan taxminan deyarli bir xil darajada davom etib ketaveradi.

FOREX bozorini texnik jihatdan tahlil qilish tahlilning asosiy anjomiy vositasi sifatida grafiklardan foydalanishni nazarda tutadi. Ularning asosiy turlari:

- har bir keyingi davr uchun faqat so’nggi yopilish narxi belgilangan va qisqa vaqtli kesmalarda (bir necha daqiqa) foydalanish tavsiya etiladigan liniyali grafik;

- kesmalar(barlar) grafigi. Unda eng maksimal narx (barning yuqori nuqtasi), minimal narx (barning quyi nuqtasi), ochilish narxi (vertikal ustunning chap tomonidagi chiziqcha) va yopish narxi (vertikal usutnning o’ng tomonidagi chiziqcha) aks ettiriladi va u 5 daqiqadan boshlab undan ko’proq vaqt oralig’i uchun qo’llash tavsiya etiladi.

 

FOREX bozorining makroindikatorlari

Mehnat samaradorligi Productivity

Ishsizlik nafaqalari bo’yicha arizala Initial Jobless Claims

Ishbilarmonlik optimizmi Indeksi ISM (sanoat va xizmat ko’rsatish sohasida) ISM Manufacturing& ISM Non-Manufacturing

Mehnat bozori statistikasi Employment statistics

Ishchi haftaning o’rtacha davomiyligi Average Workweek

O’rtacha soatbay ish haqi Average Hourly Earnings

Factory Orders Ishlab chiqarish buryutmalari

Ulgurji omborlarda tovarlar zahiralari Wholesale Inventories

Iste’mol krediti Consumer Credit

Savdo balansi Trade Balance

Import narxlari Import Prices

Eksport narxlari Export Prices

Chakana savdo Retail Sales

Ishbilarmon zahiralar xajmi Business Inventories

Ishlab ichqaruvchilar narxlari indeksi Producer Price Index (PPI)

Sanoat ishlab chiqarishi xajmi Industrial Production

Filadelfiya Federal Bankining ishbilarmonlik faollik indeksi Philadelphia Fedindex

Turar-joy qurilish sohasidagi ishbilarmonlik optimizmi indeksi NAHB Housing Market Index

Iste’molchilik narxlari indeksi Consumer Price Index (CPI)

Uylar qurilishi uchun o’rnailgan poydevorlar soni Housing Starts

Qurilishga ruxsatlar Building Permits

Michigan Universitetining iste'molchilar kayfiyati indeksi University of Michigancon sumer confidence index

Yetakchi indikatorlar indeksi Leading Indicators Index

Iste’molchilar ishonchi indeksi Consumer Confidence Index

Mavjud turar-joy (uylar) sotilishi Existing Home Sales

Qayta qurilgan turar-joylarning sotilishi New Home Sales

Uzoq muddat foydalaniladigan mahsulotlarga buyurtmalar Durable Goods Orders

Yalpi ichki maxsulot (YAIM) Gross Domestic Product (GDP)

Yalpi ichki maxsulot deflyatori GDP deflator

Yordamgamurojaat indeksi Help-Wanted Index

Shaxsiy daromadlar (aholi daromadlari) Personal Income

Shaxsiy harajatlar (aholi harajatlari) Personal Spending

Chikagodagi Menedjerlar Uyushmasining ishbilarmonlik faolligi  indeksi Chicago PMI Index

AQSH Federal ZahiraTizimining "Beydjbuk" Iqtisodiy sharhi Fed’s Beige Book

AQSH Federal ZahiraTizimining ochiq bozordagi amaliyotlar bo’yicha Federal qo’mitasining yig’ilishi, foiz stavkasi Fed FOMC Meeting, interestrate

Valyutalar kotirovkalari: dollar kursi, yevro kursi, valyutalarning kross-kurslari.

Bir valyutaning boshqa valyutaga nisbatan almashinuv kursi (valyuta kotirovkasi) ushbu valyutaning necha birligi boshqa valyutaning birligida joylashganligini ko’rsatadi. FOREX bozorida to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita (teskari) kotirovkalar belgilanadi. Agar valyuta suratda joylashgan bo’lsa, bunday kotirovka ushbu valyuta uchun to’g’ridan-to’g’ri (Direct Quotation) deyiladi, va aksincha agar valyuta maxrajda joylashgan bo’lsa, bunday kotirovka ushbu valyuta uchun bilvosita, ya’ni teskari (Indirect Quotation) deyiladi.

Milliy valyutaga nisbatan valyutalarning rasmiy kotirovkalari - Markaziy bank va hukumatning me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadigan rasmiy kursi demakdir. Valyutalarning rasmiy kursi - bu davlat tomonidan belgilanadigan milliy valyuta kursidir. Rasmiy kursni qo’llab-quvvatlash hukumat tomonidan valyuta tartibga solish choralarini amalga oshirishni talab qiladi.

Turli banklarda valyutalarni sotib olish va sotish stavkalari turli xil, boshqacha qilib aytganda, turli banklarda - valyutalar kotirovkalari turlicha. FOREX bozorida esa narx bir xil, chunki FOREX bozori yagona. Ammo FOREX bozorida valyutalarning kotirovkalari doimo o’zgarib turadi. FOREX bozorida valyutalarning joriy kursi- bu talab va taklifning hozirgi narxi (Ask yoki Bid). Valyutalarning kotirovki, odatda, besh katakli raqamlar bilan ifodalanadi.

Dollarning kursi

Dollarning kursi milliy valyutaga nisbatan AQSH dollarining kotirovkasini bildiradi. Bugungi kunda, O’zbekistonda dollarning kursi to’g’ridan-to’g’ri kotirovkalarda, ya’ni horijiy valyuta (AQSH dollarini –USD) ning birligini sotibolish uchun zarur bo’lgan milliy valyuta birliklarining sonida aks ettiriladi.

Ichki moliya bozorlarida dollarning birja savdolarida o’rnatiladigan birja (to’lqinlanuvchi, suzuvchi) kursi, va milliy valyutada nisbatan Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan kursi mavjud. AQSH dollarining milliy valyutaga nisbatan bo’lgan kursi –bu  Markaziy bank va hukumatning me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadigan rasmiy valyuta kursi hisoblanadi.

 

Yevro kursi

Yevro kursi –umuman olganda, yevropa valyutasi, ya’ni yevroning istalgan boshqa valyutaning birligida aks ettirilgan narxida ifodalanadi. Shunga qaramay, ko’p hollarda xalqaro moliyaviy bozorlarda yevroning kursi - AQSH dollariga nisbatan yevro narxi nazarda tutiladi. O’zbekistonda esa bu yevroning milliy valyutaga - so’mga nisbatan narxi nazarda tutiladi.

Valyutalarning kross-kurslari

Valyutalarning kross-kurslari (inglizcha - crossrate) - ikkalasidan birotasi ham  AQSH dollari bo’lmagan ikki valyutaning bir biriga nisbatan kurslarini FOREX bozorida kross-kurs deb atash odat tusiga kirgan. Ba’zan, kross-kurs bu ikki valyuta kurslarining uchinchi valyutaga nisbati orqali hisoblangan o’zaro kursi ham deyishadi. FOREX bozorida uchinchi valyuta sifatida eng ko’p hollarda AQSH dollari nazarda tutiladi. Buning sababi shundaki, valyuta bozoridagi savdo bitimlarining 80 foizi major (majors) deb ataladigan besh valyutaning o’rtasida sodir bo’ladigan valyuta ayriboshlash amaliyotlariga to’g’ri keladi. Bular AQSH dollari, Yevro, Buyuk Britaniya funt-sterlingi, Shveytsariya franki va Yapon iyonasi.


Joriy VALYUTALARNING KROSS-KURSLARI odatda jadval shaklida taqdim etiladi.

Valyuta kurslariga ta’sir etuvchi omillar

Valyuta kursiga ma’lum mamlakat iqtisodiyotining holatini aks ettiruvchi omillar ta’sir o’tkazadi:

• Iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari (yalpi ichki mahsulot, sanoat ishlab chiqarishning hajmi va boshqalar)

• Savdo balansining holati, tashqi xom-ashyo manbalariga qaramlik darajasi

• Ichki bozorda pul ta’minotining o’sishi

• Inflyatsiya darajasi va uni o’zgarishi to’g’risidagi tahminlar

• Foiz stavkalari darajasi

• Mamlakatning to’lov qobiliyati va jahon bozorida milliy valyutaga bo’lgan ishonch

• Valyuta bozoridagi spekulyativ amaliyotlar

• Jahon moliyaviy bozorining boshqa sektorlari, masalan, valyuta bozori bilan raqobatlashadigan qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanish darajasi.

Eksport va import

Mamlakat ichidagi narx va ishlab chiqarish xarajatlari horijdagiga nisbatan qanchalik yuqori bo’lsa, importning eksportga nisbatan o’sishi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Shu bois, mamlakat ichkarisidagi narxlar darajasining yuqori bo’lishi va uning tashqarisidagi narxining pastligi, odatda, chet el valyutasi narxining yuqori bo’lishidan darak beradi.

          1920-yillarda eng muhim deb hisoblangan ushbu omil valyuta kurslarining "xaridorgirlik qobiliyati pariteti" deb nomlangan. Xarid qilish qobiliyati pariteti kontseptsiyasiga muvofiq, boshqa teng shartlar mavjudligida ikki mamlakat valyuta kurslarining nisbati ichki va tashqi narxlar nisbatiga mutanosib ravishda o’zgaradi.

Chet el tovarlariga ega bo’lish va xorijiy xizmatlardan foydalanish istagi qanchalik kuchliroq bo’lsa, xorijiy valyuta uchun shuncha ko’proq narx taklif qilishga to’g’ri keladi. Milliy daromadning o’sishi bilan birga import maxsulotlarga bo’lgan talab ham ortadi. Bu milliy valyutani arzonlashishiga sabab bo’ladi. Boshqa tomondan, chet eldagi yuqori milliy daromad horijiy valyuta narxini pasaytiradi. Buning barchasi "mamlakatlarning import qilishga moyilligiga" bog’liq: milliy daromadning o’sishi ichki iste’molning oshishi bilan deyarli bir hil darajada import hajmini kengaytirilishiga olib keladi.

Mablag’ning harakati

Agar sarmoyadorlar iloj bor qadar ko’proq tashqi qarz majburiyatlari,obligatsiyalar, aktsiyalar, bank depozitlari yoki naqd pul bo’yicha haqdor bo’lishga intilsalar, ular valyuta narxini oshiradilar. Bunga aksincha, boshqa mamlakatlarning ma’lum bir davlatga to’lovlari ularning milliy valyuta kursining mustahkamlanishiga yordam beradi.

          Mablag’ harakatini belgilaydigan bu omil valyuta olib-sotarligi bilan chambarchas bog’liq. Agar gap faqat tovar eksporti yoki joriy amaliyotlar bo’yicha to’lovlar masalasida bo’lganida, chet el valyutasining kursi juda sust bo’lib, kursining o’zgarib turishi katta ahamiyat kasb etmasligi  mumkin edi. Shunga qaramay, iyona kursi bir dollarga 115,00 dan 125,00 iyongacha tushganda, ko’pchilik u yanada tushib ketadi, deb o’ylay boshlaydi. Shuning uchun ham ular iyonadan tezroq qutulishga harakat qilishadi. Yagona Yevropa valyutasining sotilishi va mablag’ning qisqa muddatli spekulyativ harakatlari natijasida unga bo’lgan talabning kamayishi, uning kursini yanada pasayib ketishiga hissa qo’shadi.

Shunday qilib, o’zgarishi, yaqinlashib kelayotgan muammolar, siyosiy yo’nalishning yoki valyuta tebranishlarining o’zgarishi haqidagi har qanday mish-mish tufayli, bir mamlakatdan ikkinchisiga ko’chib o’tadigan "issiq pullar"ning harakatlanishi tufayli valyuta kursining kichik tebranishlari o’z-o’zidan murakkablashib ketadi. Bunday "mablag’ qochishi" katta miqyosda va qandaydir bir yo’nalishda boshlanib qolgudek bo’lsa, bu valyuta kurslarida keskin o’zgarishlar va hatto moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin.

 

Ma’lumotlarning chiqishi va ma’lumotlar chiqishining kutilishi

"Ma’lumotlar" tushunchasi quyidagi tadbirlarni o’z ichiga olishi mumkin: sotilayotlayotgan valyutalarning egalari bo’lgan mamlakatlarning iqtisodiy ko’rsatkichlarining chiqishi (chop etilishi), ushbu mamlakatlardagi foiz stavkalarining o’zgarishlari to’g’risidagi xabarnomalar, iqtisodiyot holatining sharhlari va valyuta bozoriga muhim ta’sir o’tkaza oladigan boshqa voqealar.

Qandaydir bir voqeani kutish va ushbu voqealarning boshlanishi valyuta kurslarining kuchli harakatlantiruvchilari hisoblanadi. Bozorga voqeaning o’zimi yoki uni kutish jarayonimi - nima kuchliroq ta’sir qilishini aytish qiyin, ammo jiddiy ma’lumotlarning chiqishi valyuta kurslarining muhim va barqaror harakatlariga olib kelishi mumkinligini, hech ikkilanmay ishonch bilan aytish mumkin.

Jamg’armalarning faoliyati

Valyuta kurslari harakatidagi uzoq muddatli yo’nalishlariga ta’sir kuchi bo’yicha birinchi o’rinni jamg’armalar egallaydi (xedjlash bo’yicha, sarmoya, sug’urta, pensiya). Ularning faoliyat yo’nalishlaridan biri - muayyan valyutalarga sarmoya kiritishdir. Katta mablag’larga ega bo’lgan holda, ular kursni muayyan yo’nalish bo’ylab uzoq muddat harakat qilishga majburlay olishga qodir.

          Eksportchilar va importchilar valyuta bozorining  sof shaklda foydalanuvchilaridir (market users).

          Eksportchilarda doimiy ravishda chetel valyutasini sotishga qiziqish, importchilar esa uni sotib olishga qiziqishlari kuzatiladi. Eksport-import amaliyotlarida ishtirok etadigan nufuzli firmalarning chet el valyutasini ko’proq yoki kamroq foyda bilan sotish yoki sotib olish maqsadida valyuta kurslarini tahminlashtirishga ixtisoslashgan tahliliy bo’linmalari mavjud.

Eksportchilar va importchilarning bozorga ta’siri qisqa muddatli bo’lib, global trendlarga olib kelmaydi, chunki tashqi savdo amaliyotlarining hajmi valyuta bozoridagi amaliyotlarning umumiy hajmiga nisbatan ahamiyati juda past darajada. Aksariyat hollarda, ularning faoliyati bozorda ko’payish (tuzatishlar) yaratadi, chunki ma’lum darajaga etganida chet el valyutasini sotish yoki sotib olish foydaliroqdir.

Siyosiy arboblarning bayonoti

Valyutalar kurslarining harakatiga ta’sir ko’rsatadigan ma’lumotlar turli ma’ruzalar, yirik yig’ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari va hokazolarda vujudga keladi. (masalan, Katta Yettilik mamlakatlari rahbarlarining uchrashuvlari yoki foiz stavkalari bo’yicha navbatdagi muzokaralar o’tkazilgandan keiyngi matbuot anjumani).

Markaziy banklarning faoliyati

Davlat markaziy banklar orqali valyuta bozoriga o’z ta’sirini o’tkazadi. Agar ma’lum bir davlat markaziy banki xalqaro valyuta bozorida valyuta sotib olish va sotish orqali valyuta ayirboshlash amaliyotlariga aralashmasa, milliy valyuta "erkin suzish" holatida bo’ladi. Amalda bu juda kamdan-kam hollarda uchraydi. Suzuvchan kurslarga ega bo’lgan mamlakatalar vaqti-vaqti bilan valyuta ayriboshlash amaliyotilari orqali o’z valyutasining kursiga ta’sir o’tkazishga harakat qiladi.

          Ishlab chiqarishni rivojlantirish va iste’molni ko’paytirish manfaatlari maqsadida davlatlar valyutalar kursini tartibga solish bilan shug’ullanishi kerak. Odatda to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita tartibga solish qo’llaniladi. Bilvosita tartibga solish muomaladagi pul miqdori, inflyatsiya darajasi va hokazolar orqali amalga oshiriladi. To’g’ridan-to’g’ri tartibga solishga chegirmalar siyosatini va tashqi valyuta bozorlaridagi valyuta aralashuvlarini kiritish mumkin.

Valyuta aralashuvlari xalqaro bozordan valyuta xajmining keskin ortib ketishi yoki huddi shunday keskin yo’qotilishi bilan bog’liq. Markaziy bankning valyuta bozoriga chiqishi tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Valyuta miqdorlari juda katta bo’lganligi uchun (milliardlab dollar) valyuta aralashuvlari valyuta kurslarining sezilarli o’zgarishga olib keladi.

 

 

 

 

 

 

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations