Go’shtni fransuzcha pishirish usuli
Fransuzcha usulda go’sht pishirishni dunyodagi eng mashhur pazandalik sirlaridan birideya atasa arziydi. Ushbu taom to’yimli va mazali bo’lgani uchun ham yoshu qariga birday ma’qul keladi.  

Fransuzcha usulda go’sht pishirishni dunyodagi eng mashhur pazandalik sirlaridan biri deya atasa arziydi. Ushbu taom to’yimli va mazali bo’lgani uchun ham yoshu qariga birday ma’qul keladi.  

 

Buning uchun bir nechta kartoshkani qirg’ichdan o’tkazasiz, pomidor va piyozni aylana shaklida to’g’rab olasiz. Go’sht bo’laklarini esa oshxona bolg’achasi yordamida yaxshilab to’qmoqlaysiz. 

Gaz pechi patnisiga sariyog’ qurib,  ustiga piyoz, go’sht, kartoshka va pomidorni joylashtirasiz. Barcha masalliqlarning ustidan mayonez quyib, 180 gradusda 40 daqiqa pishirib olasiz. Keyin esa pishishiga 5 daqiqa qolganda pechdan olib qirg’ichlangan pishloq sepib yuborasiz.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations