Hasta yurak mehr to’la yurakdan davo topadi...
Mashhur kardiolog, vrach Vladimir Andreyevich Almazovning ish kabinetida shisha idishdagi spirtga solib qo’yilgan yurak turardi. Har bir talaba bu yurak tarixini yaxshi bilardi.

50-yillar boshida, Almazov Moskvadagi birinchi tibbiyot oliygohining 4 kursida talaba sifatida ta’lim olayotgan yillari institut klinikasiga septik endokardit bilan kasallangan qiz kelib tushadi. Ushbu dahshatli kasallik hatto hozirgi kunda ham ko’p hollarda o’limga olib boradi. U davrlarni-ku aytmay qo’yavering...

 

Qizning holatini umidsiz deya baholashardi. Qizning tana harorati muntazam ravishda 40 darajani ko’rsatar, yurak ishdan chiqib borardi. Uning tahlil natijalarini eng mashhur professorlar ko’rib chiqishardi. Amaliyotchilar orasida Almazovning kursdoshi,iqtidorli va e’tiborli bir yigit ham bor edi. 

Yo’q, u qizni davolash bo’yicha yangicha usul yoki fikr taqdim etgani yo’q. Shunchaki... qizni sevib qoldi. U har kuni qiz yotgan palataga bir quchoq gul ko’tarib kela boshladi, qiz ham tobora unga bog’lanib qoldi. Shu tariqa nobud bo’layotgan qiz asta-sekin oyoqqa turdi. 

Ular turmush qurishdi. Ko’plab farzandlarni dunyoga keltirishdi,  kumush to’ylari munosabati bilan uyushtirilgan kechaga esa qizni davolagan shifokorlarni ham taklif etdilar. 

Vaqti kelgach, ayol ajali etib, qarilikdan o’lim bilan yuzlashadigan bo’ldi. Shunda o’z yuragini Birinchi tibbiyot institutiga taqdim etishlarini so’radi. Toki unutmasinlar: Hasta yurak faqatgina mehr to’la yurakdan davo topadi...!

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations