Ikkinchi jahon urushi g’alabasi uchun O’zbekistonning qo’shgan hissasi
O’zbekiston fashizm ustidan g’alaba qozonish uchun juda katta hissa qo’shdi. Respublika o’sha paytlar frontga qurol-yaroq va oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berish bilan birga millionlab ko’chirilgan insonlar uchun umumiy maskanga aylangan.

Rossiyada har yilning 22 iyun sanasi Hotira va motam kuni sifatida nishonlanadi, sababi aynan shu kuni Ikkinchi jahon urushi boshlangan edi. Mazkur kun bir necha avlodlar taqdirini butunlayin o’zgartirib yubordi. SSSRning barcha respublikalari dushman bilan kurashishda o’zlarining katta hissalarini qo’shdilar. 

Fashizm bilan kurashish uchun 420 ming nafar o’zbekistonlik insonlar ham o’z hayotlarini va jonlarini qurbon qilishdi, front tomon ketgan askarlar soni esa 1,5 million kishiga etdi. Ulardan 640000  nafari turli jarohatlar olishgan. Respublikada 15 ta diviziya va brigada yig’ib chiqilgan edi. 

O’zbekiston fuqarolari orasida 120 ming nafar inson urush yillaridagi xizmatlari uchun orden va medallar bilan taqdirlangan, sovet ittifoqi qahramonlari deya nom olgan, ulardan 53 nafari esa Shuhrat ordeni kavalerlari nomiga munosib deb topilgan. 

Urush yillari Toshkent va butun respublika jang harakatlari olib borilayotgan yerlardan ko’chirib olib kelingan millionlab insonlarning umumiy uyiga aylandi, 300 mingdan ortiq yetim bolalar bu yerda o’zlarining yangi oilalarini topdilar.

1941 yilning kuz faslida Toshkentga SSSRning  AN ilmiy tadqiqot instituti: sharqshunoslik, dunyo adabiyoti, tarix va boshqa yo’nalishlar ko’chirib kelindi. 

1942 yilga kelib respublikadagi yangi bazaga keltirilgan sanoat korxonalari soni 100 tani tashkil qiladi, bor kuchi bilan ishlar, frontga harbiy texnika, o’q-dori vaquroq-yaroq yetkazib berardi. Ularda 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan erkaklar va16 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan ayollar kuniga 11 soatdan mehnat qilishgan. Ishchi kuchi yetmagani sababli ishga 12 yoshli bolalar ham jalb qilingan. 

Respublika qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan nafaqat frontni, balki okkupatsiyadan ozod etilgan shahar va rayonlarni ham ta’minlagan. 

Toshkentda 1941-1945 yillar davomida harbiy gospital mavjud bo’lgan hududga 1975 yilda “Birodarlik mozori” yodgorligi o’rnatilgan. Bu hududga urush payti gospitalda vafot etgan 1,5 mingdan ortiq askar va ofitserdan dafn qilingan. 

O’zbekiston o’sha davr hotiralari va qurbon bo’lganlarga nisbatan hurmat ko’rsatib har yili urush qatnashchilarini yodga oladi, omon qolgan jangchilarni Hotira kuni bilan qutlaydi. Bundan tashqari ularga alohida e’tibor ko’rsatiladi, yordam beriladi va hech birlari e’tiborsiz qoldirilmaydi. 

Ayni paytda respublika hududida 3 mingdan ortiq urush veteranlari va 70 mingdan ortiq front ortiq mehnatkashlari istiqomat qiladilar.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations