“Imtihon men uchun hamisha bayram!”: 10 nafar eng zo’r shpargalkalar ro’yxati
Demak bunday. Ixtiro uchun “besh” qo’yaman, predmet bo’yicha esa — “qoniqarsiz”.
Professor, albatta, to’nka, ammo uning apparati bor, apparati bor! Qanday eshitilyapti?
“Ы” operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” badiiy filmidagi bu gaplar esingizdami?

 

Har bir yoki deyarli har bir maktabda yoki oliv o’quv yurtida o’qigan odam shpargalkalar bilan beihtiyor bo’lsa-da to’qnashgan. Ayrimlar, aniqrog’i, ko’pchilik xatto ulardan foydalangan ham. Men foydalanmaganman demoqchimisiz? Yo’g’-e!!! Rostdan-a? Mayli, ishondik, deb hisoblaymiz. Xullas, bugungi mavzumiz – 10 nafar eng o’ziga xos shpargalkalar to’g’risida. 

Mittigina taxlangan qog’oz tasmalari, “garmoshkalar”, klassik usuldagi ruchka bilan qo’l kaftiga tushirilgan yozuv – buning hammasi nafaqat o’quvchilarga, balki muvaffaqiyat bilan o’qituvchilar tomonidan fosh etiladigan shpargalkalarning variantlari. Shpargalkalardan foydalanish tajribasi bilan xatto yuzaki tanishish ham shuni ko’rsatadiki, haqiqiy original, umuman bilinmaydigan, o’ta ayyorlik bilan ixtiro qilingan, shuning uchun ham juda yuqori samarali shpargalkalar juda ham ko’p bo’lmagan. 

Ammo, tarixdagi bunday shpargalkalar ko’pchilik o’quv markazlaridagi muzeylarida nafaqat oddiy eksponat, balki faxrlanish uchun sabab ham bo’lib qolgan. Hamma joydagi bo’lgani kabi ayyorlik bilan ko’chirib olish sohasida ham o’zining klassiklari mavjud. Tarix ularning ismlarini saqlab qolmagan bo’lsa ham ularning ishi hamon yashab kelmoqda.

Bu shpargalkalar reytingini tanlashdagi mezonlari faqatgina ularning ixtiroliligi emas, samaradorligi, ishlatilishining imkoni va qulayligi hisobga olingan.

10. Badandagi yozuvlar

10. Badandagi yozuvlar

Bir qarashda, qo’l kaftidagi eng oddiy yozuvdan osonroq narsa yo’qday ko’rinishi mumkin. Ko’pchilik shunday qilgan va bu yerda taajjublanarli hech narsaning o’zi yo’q. Ammo bu faqat birinchi qarashda shunday tuyuladi,  axir shpargalkalarning  bunday turlari bilan tanishish hamma narsa juda oddiy ekanligi ustidan eskitdan olib borilgan kuzatishning yana bir bora tasdiqlanishidir. Masalan, “shpora”ni barmoqlar orasiga yoki kerakli tenglamalarni o’ta mayda shrift bilan barmoq uchidagi yostiqchalarga yozib olish hayolingizga kelganmi?

Bunday tarzdagi shpargalkalar borasida qizlarning imkoniyatlari ancha kengroq. Nimaga deysizmi? Ularning garderobini hisobga olganda yubka ostida tizzaga yozib olish imkoni vujudga keladi. Ko’pchilik qizlar shunday imkoniyatni boy bermay foydalanganlar ham. Biroq bu usul bugungi kunda eskirib qolib, o’z samarasini yo’qotgan. Chunki “lochinko’z” o’qituvchilar faqat erkaklar qatoridan bo’lishi shart, degan qonun-qoida hech qayerda yo’q! 

Imtihonda nazoratchilik qilayotgan biror ayol o’qituvchi bunday “shpargalka”dan foydalanayotgan qizni alohida xonaga taklifqilib, tekshiruv o’tkazsa u qiz nafaqat imtihondan chetlatiladi, bundan ham yomoni - uning pok nomiga bir umrga  dog’ tushib qolishi hech gap emas. Hozirgi paytda ancha zamonaviyroq variant  vujudga kelgan, eng oxirgi “innovatsiya”lardan biri bo’lgan “nou-xau” – shpargalkali manikyur. Bir so’z bilan aytganda ijod uchun maydon bor, uni faqat o’zlashtirish qoldi xolos.

 

Plyus tomonlari: o’zi bilan olb kirib ketish, darhol yashirib qo’yish juda oson, ko’chirib olish imkoni juda baland.

Minus tomonlari: badan terisiga zarar yetkazib qo’yish mumkin, yozish uchun “material” cheklangan, yigitlarga kamroq to’g’ri keladi.

9. Pinxona “bomba”

9. Pinxona “bomba”

“Bomba” deb savollarga oldindan tayyorlab qo’yilib imtihon yoki nazorat ishi paytida o’zining ishi sifatida topshiriluvchi shpargalkaga nisbatan aytiladi.

Bunday “shpora”ni tayyorlashning bir necha uslublari mavjud. Masalan, matn  yozmaydigan ruchka bilan oldindan yozib chiqiladi, imtihonda esa shu yozuv izidan yozadigan ruchka bilan yuritiladi. Yana bir varianti: ikkita oq qog’ozni ustma ust ko’yib ustidagi qog’ozga javoblarni yozish kerak. Yozayotgan paytda ruchka shiddatli bosim bilan bosib yoziladi. Ustidagi qog’oz tashlab yuboriladi, “oppoq” qog’oz esa imtihon paytida undagi izlar bo’ylab yaxshi yozadigan ruchkada yuritib chiqiladi.

Plyus tomonlari: yuqori samaradorlik.

Minus tomonlari: faqatgina hamma biletlarning savollariga aniq javoblar borligida ishlatish mumkin; ishni gerblangan muxrli varaqlarda yozilishi shart bo’lgan taqdirda undan foydalanish juda qiyin.

8. Bekinmachoq

8. Bekinmachoq

Gohida shpargalkani ichkariga olib kirib ketish undan ko’chirib olishdan ko’ra ancha qiyinroq: shaxsiy narsalarni bir joyda qoldirishni talab qilinadi, telefonlarni o’chirib birinchi partaga yig’ib olinadi yoki umuman olib kirish taqiqlab qo’yiladi, shu kabi va hokazo. Bunday paytda shpargalkani poyafzalning poshnasida yashirib qo’yish usuli yordamga keladi. Bu pirovardida ko’chirib olish imkoni bo’ladi, degan gap emas, albatta. Biroq o’z zahiralaringiz borligi va ixtirochiligingizga nisbatan sal bo’lsa-da optimistik kayfiyat bahshida qiladi. Shu o’rinda, agar material hamda rangi imkonini bersa poyafzalning tagcharmida yozilgan shpargalkani ham aytib o’tish kerak.

Plyus tomonlari: shpargalkani ichkariga olib kirish imkon darajasi 100% ga teng.

Minusi: qo’lingizdan kelmasa sevimli poyafzalingiz bilan xayrlashishga to’g’ri keladi, undan foydalanish noqulaylik tug’dirish mumkin.

7. Josuslik ishtiyoqi

7. Josuslik ishtiyoqi

Bu mavzuviy blogda biz atigi 15-20 yillar avval faqat josuslar to’g’risidagi ommabop badiiy filmlarda uchratish mumkin bo’lgan texnik moslamalar yordamida ko’chirishning bir necha uslubini birlashtirdik. Bugungi kunda quyida sanab o’tilgan vositalar bilan birovni lol qoldirib bo’lmaydi.

Keyingi paytlarda o’ta oddiy va juda arzon ko’zga ko’rinmas siyohli ruchkalar juda ommalashib ketgan. Uning yordamida yozilgan matn bir daqiqadan keyin yo’qolib ketadi. Undagi yozuvni ushbu ruchkaning boshqa uchida joylashgan maxsus fonarchani yoritgan holdagina ko’rish mumkin.

Mikroquloqchin hamda telefon bilan birga Bluetooth texnologiyasi yordamida yana bir foydali gadjet - GPS-ruchkani ham aytib o’tish mumkin. Uning ichiga joylashtirilgan mikrofoni bor (bu tashqaridagi odamga savolni o’qib berish, keyin esa mikroquloqchinlar yordamida javoblarni eshitib bemalol yozib olish imkonini yaratadi). Ko’pchilik zamonaviy organayzerlar, tashqi ko’rinishidan oddiy kalkulyatorlardan farq qilmaydi (ko’p joylarda imtihon paytida kalkuyatorlardan foydalanish taqiqlanmagan). Ularning hotirasiga yetarlicha ma’lumotni joylashtirib olib, undan “qonuniy” foydalanish mumkin.

Plyus tomonlari: bilintirib qo’ymaslik imkoni, samaradorligi juda yuqori, katta xajmdagi ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkoni mavjudligi.

Minus tomonlari: juda qimmatligi, texnik buzilib qolish, hamma joyda ham foydalanish imkoni yo’qligi.

6. Mitti shpargalka

 6. Mitti shpargalka

Imtihonda ko’chirish borasida o’qituvchilar bilan bo’lgan intervyularda ular ko’pincha tasavvurga sig’maydigan joylarga yashirib qo’yilgan shu qadar mitti shpargalkalar to’g’risida gapirganlarki, beihtiyor hayratda qolasan, kishi. Eng ko’p uchragan hollardar biri - ayollar uzugi ko’rinishida yashiringan shpargalka tayyorlashdir. Buning uchun muqova sifatida tepadan qandaydir bir qopqoq ishlatiladi va bu uzuk uchun ko’z bezagi sifatida ko’rinadi. Bunday uzukni o’z qo’li bilan tayyorlashni har kim ham eplay olmaydi, shuning uchun ham tayyor varinatini sotib olish ancha foydaliroq.

Uddaburonlikning yanada o’tib tushgan ko’rinishi oddiy o’chirg’ichdan shprgalka. Bu shpargalkaning muallifi o’chirg’ichning faqat qobig’ini qoldirib ichida o’ziga hos chuqurcha o’yib chiqqan. Hosil bo’lgan kovakning ichiga bir necha varaqli “shpora”ni joylashtirilib, eng ustki yuzasi o’chirg’ichning rangiga bo’yab qo’yilgan.

Plyus tomonlari: 2 narsa 1 narsaning ichida – bir vaqtning o’zida ham shpragalka, ham uning darhol yashirish imkoni.

Minus tomonlari: tayyorlash qiyinligi, o’ta mitti o’lchovlar.

5. Kanselyariya anjomlari

5. Kanselyariya anjomlari

Mana bu yerda fantaziya va ijod uchun juda keng maydonlar mavjud. Hammaga tanish bo’lib qolgan shpargalka bilan o’qlangan oddiy ruchkadan tashqari ishlatilishi taqiqlanmagan narsalardan shpargalkalar tayyorlashning ko’pdan ko’p usullari bor. Masalan, chizg’ichga tenglamalarni igna bilan yozib chiqish, yoki qog’ozli “shpora”ni markerning bo’m-bo’sh tubusi kabi kanselyariya anjomlarining ichiga yashirib qo’yish mumkin.

Biroq, hayratga soluvchi voqea butunlay boshqa. Burgani taqalab qo’ygan Chapaqay to’g’risidagi rivoyatni eshitgan bo’lsangiz kerak. Shubhasiz, bu zargarona nafislik bilan bajarilgan ish. Mana yana bir noma’lum muallif shunday qimmati misoldan ilhomlanib oddiy qalamda 10 dan ortiq masalaning yechimini o’yib chiqqan! Oxir-oqibat o’qituvchi buni payqab qolgan, ammo shu darajadagi qunt, hafsala hamda nihoyatda ulkan sabr bilan bajarilgan ish o’qituvchining g’azabini emas,aksincha, hayratini uyg’otgan va bu ish “a’lo” baho bilan baholangan.

Plyus tomonlari: o’zi bilan olib o’tish oson, yashirinmay foydalanish mumkin, bilinib qolganda juda qat’iy chora ko’rilmasligi mumkin.

Minus taraflari: tayyorlash jarayonining juda murakkabligi, shpargalka uchun joyning cheklanganligi.   

4. Aqlli soatlar

4. Aqlli soatlar

Bu texnik moslama to’g’risida bir qator sabablarga ko’ra ma’lumot bermoqchimiz. Birinchidan, yuqori texnologiyalar davriga va uning  hayotimizning har bir doirasiga, shu jumladan ko’chirish kabi oddiy bir narsaga ham ta’siriga yana bir bor yuksak ehtiromni izhor etish. 

Ikkinchidan, aqlli soatlar (inglizcha -  smart watch) ko’pchilik, shu jumladan imtihon qabul qilayotganlar ham hali yaxshi tanish bo’lmagan narsalardan biri. Bunday narsadan aqlni ishga solga holda foydalangan taqdirda imtihonni muvaffaqiyatli topshirish ehtimolini orttirib yuboradi.

Bu moslama texnik jihatdan zamonaviy smartfonlaring ayrim vazifalarini bajarish qulayligi uchun mo’ljallangan. Bizni qiziqtirayotgan mavzu nuqtai nazaridan eng muhimi bu xabarlar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkonidir. Bunday holda ko’chirib olish – epchillikka bog’liq. “Shpora”ni yashirish juda ham oson, moslamaga bir marta bossangiz bas – uning displeyida soat siferblati aks etib turadi.

Qo’l soatlari ko’rinishida uyali aloqa telefonlari ham mavjud. Ulardagi  vazifalar to’plami yanada kengroq. Bu ko’chirib olish uchun qo’shimcha imkoniyatlarni yaratadi.

Plyus tomonlari: samaradorlik, texnik shpargalkalarning hamma imkoniyatlari mavjud, o’qituvchida ortiqcha savol tug’dirmaydigan tashqi ko’rinishi.

Minus tomonlari: narhi, zamonaviy mobil aloqa vositalari bilan mutanosib ravishda ishlaydi.

3. Javoblarga to’la ruchka

3. Javoblarga to’la ruchka

 

Bu sarlavha ostida o’ta qiziq va yagona hodisa yashiringan. Uni biz noyobligi tufayli, alohida bir band sifatida yoritishga va shu bilan insonning topqirligi hamda ixtirochiligiga hurmatimizni aks ettirishga qaror qildik.

Imtihonlardan birida ikki yosh talaba juda o’ziga hos uslubda javobni ko’chirib olishga qaror qilgan.

Ular 60 dona bir hil ruchka sotib olib, har birining qopqog’ida biletlarning raqamlarini, ruchkalarning o’zida esa javoblarni o’yib-tirnab yozib chiqqan. Shundan keyin talab etiladigan narsa ko’rish qobiliyatining yaxshiligi va kerakli ruchkani ryukzakdan aniq tanlab olish. Bir qarashda, g’oya yangi emasdek, ammo uning amaliy qo’llanilishi hamda sabr-qanoat eng kamida yuqori bahoga sazovor.

Plyus tomonlari: samaradorlik, bilinmaslik.

Minus tomonlari: murakkabligi.

2. Gazlangan suv butilkasi

2. Gazlangan suv butilkasi

O’z vaqtida bunday shpargalka Germaniyadagi bir universitet muzeyida alohida hurmatga sazovor o’rinni egalladi. Haqiqatdan ham, shu tarzda birinchi bo’lib shpargalka tayyorlagan odamda fikrlash qobiliyati a’lo darajada edi. G’oyaning mazmuni shunda ediki, “Coca-cola” butilkasidagi ichimlikning tarkibi va boshqa texnik ma’lumotlar yozilgan etiketkasi kompyuter grafik redaktori yordamida kerakli mavzudagi shpargalka etiketkasiga almashtirilgan. O’zingiz o’ylab ko’ring, imtihon olayotgan o’qituvchi parta ustida tinchgina turgan “Coca-cola” butilkasining etiketkasidan shpargalkani izlash hayoliga kelarmidi, axir.

Plyus tomonlari: o’ta noyobligi, samaradorligi, shubha tug’dirmagan holda imtihonga yashirmay olib kirib ketish mumkinligi.

Minus tomonlari: shpargalkani tushirish uchun joyning juda kamligi.

1. O’z bilimlaringiz

1. O’z bilimlaringiz

Va nihoyat Siz bilan biz birinchi o’ringa ham yetib keldik.

Qanaqasiga aylantirilmasa ham bu haqiqat. Hamma pand-nasihatlar-u, falsafiy bahslarni chetga surib tashlab bu mavzuga sog’lom aql bilan qaraylik. Shubhasiz, xatto eng zo’r hamda eng kamyob va o’ziga hos shpargalka ham uzoq muddatli istiqbolingizda imtihonga puhta tayyorgarlik ko’rishning o’rnini bosa olmasligini ta’kidlash mumkin. To’g’ri, bu juda qiyin,gohida esa xatto imkoni yo’qdek tuyuladi ham. Doimo esda shuni tutingki, shpargalka imtihonga tayyorgarlik ko’rishingizda yordam berishi mumkin, biroq hech qachon tayyorgarlikning o’zi o’rnini bosa olmaydi.

O’qish, imtihonga tayyorgarlik ko’rish bu juda og’ir jarayon. Shuning uchun ham tinmay o’z ustingizga ishlang, doimo mashq qiling, hotirangizni rivojlantiring, mutlaqo keraksiz ma’lumotlar bilan boshingizni to’ldirib tashlamang. Siz uchun eng zo’r shpargalka esa – o’zingizning miyangiz. Ha, ha, bilimlaringiz yozib qo’yilgan ma’lumot tashuvchisi bu o’zingizning miyangiz. Imtihonga kirishdan avval yana bir narsani tushunib oling – imtihon olayotgan o’qituvchilar sizga dushman emas. Ular faqat tayyorgarligingiz darajasini tekshirish maqsadida nazorat qiluvchi shaxslar. O’zingizni ham, birovni ham aldamang, chunki shpargalkalar dinozavrlar kabi faqat o’tmishda qolib ketishi kerak.

Qachonlardir, bir necha yillar o’tib, shpargalkalar – g’irromchilikning urug’i ekanligini o’zingiz ham tushunib etasiz. Shuning uchun, ham vaqtni boy bermay, qattiq tayyorgarlik ko’ring!

Imtihonlarni topshirish paytida hammaga samimiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations