Istalgan avtomobilning vazifalar doirasini kengaytiradigan va haydovchining hayotini yengillashtiradigan 5 gadjet
Bugungi kunda avtomobillar kundan kunga global tarmoqqa ulanib bormoqda. Ammo, shu bilan birga, avtomobillar qanchalar aqlli bo’lsa shuncha qimmatroq ham bo’lib boryapti. Avtomobilida texnik yangilikka ega bo’lish uchun esa hamma ham bir necha o’n minglab dollar mablag’ni to’lashga qodir emas.

Avtomobil egalarining bahtiga o’z mashinasini zamonaviy davrning talablariga mos “moslashtirish”ning yana bir usuli bor.

1. Automatic

1. Automatic

Automatic – bu avtomobilning diagnostik portiga ulanadigan kichkina mashina adapteri. U avtomobilning holati to’g’risida barcha turdagi ma’lumotlarni qabul qilishga yordam beradi.

Telefon bilan Bluetooth orqali ulanadigan moslama dvigatel bilan aloqadan bo’lgan barcha muammolarni diagnostika qiladi, mashina egasi qayerga to’htaganini “eslab qoladi”, yo’nalishlar tarihini namoyon qiladi va xatto, falokat yuz berganda ham yordam uchun unga murojaat qilishi mumkin.

Yaqinda kompaniya Automatic uchun bir qator ilovalarni ishlab chiqardi. Bu ilovalar xarakatlanishning turli yurish rejimlari, yoqilg’i sarfi nazorati, shuningdek xavfsizlik uchun xizmat qiladi. Masalan, Concur ilovasi ishchi safarlar paytidagi bosib o’tilgan masofani kuzatish imkonini yaraтadi, bu esa o’z navbatida sarf-xarajatlarni xisoblab chiqishni ancha osonlashtiradi.

1996 yildan buyon konveyerdan tushgan ko’pchilik avtomobillar bilan ishlaydigan moslamaning qiymati 100 AQSH dollariga teng.

2. Vinli

2. Vinli

Boshqa barcha narsalardan tashqari, Vinli yuqori tezlikdagi Wi-Fi aloqasini ta’minlab beradi, shuning uchun ham barcha mobil aloqa vositalaringizni Internetga ulash imkoniyatingiz paydo bo’ladi. Automatic kabi Vinli ham qurilmalar paneliga ostidagi portga ulanadi va shundan keyin avtomobilning holati to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni ko’rsatib turuvchi ilovalarga kirish yo’lini ochish maqsadida ishga tushadi.

Ammo uni yana bir ustunligi ham bor: Vinli shuningdek avtomobilning ichida 4G LTE-tarmoq, T-Mobile orqali WiFi signallarini tarqatuvchi optsiyalarni ham o’z ichiga oladi. Albatta, mobil ma’lumotlarning uzatilishi uchun ham to’lashga to’g’ri keladi.

Moslama shuningdek, avtomobilni uzoqdan turib kuzata olish imkonini tug’diradi va harorat, yoqilg’ining miqdori hamda va hokazolar uchun oldindan o’rnatilgan ma’lum me’yorlar chegarasidan chiqib ketib qolguday bo’lsa bundan habar topib, avtomobilda sodir bo’layotgan barcha jarayonlardan voqif bo’lishning imkoniyatini yaratadi.

Vinli ning do’konidagi ilovalar ishlab chiqarish suratini kuzatish uchun foydalaniladiganlaridan to “aqlli uy” bilan chambarchas kirishib ketadiganlari turlari ham mavjud. Masalan, Samsung SmartThings bir birlariga ulana oladigan moslamalarni boshqarish uchun ishlatilishi mumkin. Misol tariqasida aytish mumkinki, qurilma imkoniyatlari bilan avtomobil garajdan chiqib ketayotgan paytda butun uyda chiroq o’chadi, signalizatsiya esa yoqiladi.

Hozirgi paytda Vinli 199 AQSH dollari turadi va 1996 yildan keyin ishlab chiqarilgan ko’pchillik avtomobillarda qo’llanila oladi.

3. Zubie Key

3. Zubie Key

ZubieKey–avtomobilni o’z vazifalarini bajarishi uchun Internet tarmog’iga ulaydigan yana bir moslama. U o’z ichiga o’rnatilgan GPS ga, bulut bilan bog’lanadigan simsiz ulanish tizimi va avtomobilning “sog’ligi va faoliyatini” kuzatib, nazorat qila oladigan datchiklariga ega.

Moslama doimiy ravishda Zubie Cloud bulutiga ulanib turadi va zarur bo’lgan ta’mirlash ishlari bilan yoqilg’i quyish payti kelganlik to’g’risida ogohlantirib turish bilan birga har bir xarakatni tahlil qiladi. U shuningdek, xavf-xatardan holi bo’lish maqsadida maslahatlar berish uchun haydovchining rulni boshqarish uslulini ham kuzata oladi.

Masalan, agar haydovchida ehtiyojdan ortiq keskinlik bilan tormozlashga moyillik kuzatilsa, moslama rulni boshqarishdagi noo’rin odatlarini o’zgartirish yoki umuman yo’qotishiga yordam berish maqsadida uni bu to’g’risa ogohlantirib turadi. Shuningdek, bu moslamani voyaga yetgan farzandlar tezlikni nihoyatda oshirib yuborsa, ota-onasini bu haqda ogohlantiradigan qilib ham sozlab qo’ysa bo’ladi.

Mashinada qancha yoqilg’i qolgani to’g’risida so’rash mumkin bo’lishi uchun mashina egasi o’z Zubie moslamasini hattoki Amazon Echo bilan ham bog’lashi mumkin.

Zubie Key foydalanuvchilari uchun avtomobil yo’llaridagi yordam, avtomobilni sug’urtalash va ularga texnik xizmat ko’rsatish kabi xizmatlarga eksklyuziv tarzda kamaytirilgan narxlarni ifoda etadigan Zubie Perks tizimiga ulanish imkonini yaratadi.

Bu moslama yillik xizmat shaklida bir yiliga 99,95 AQSH dollari qiymatida sotiladi. Buning uchun xaridorga bir yillik uyali aloqa va Zubie Perks tizimiga kirish imkonini ta’minlovchi kalit beriladi. Obuna har yili o’zgarmagan narxda yangilanib turadi. Foydalanuvchilar shu bilan birga, Zubiedan avtomobil ichidagi internetga kirish nuqtasi sifatida foydalanish uchun WiFi xizmatiga ega bo’lgan Zubie optsiyasini tanlashlari mumkin. Bu har oyiga qo’shimcha 10 AQSH dollariga teng to’lov bahosiga tushadi.

4. Pearl's Rear Vision

4. Pearl's Rear Vision

Qiymati 499 AQSH dollariga teng bo’lgan RearVision tizimi asosan uch tarkibiy qismidan iborat: yuqori darajadagi tiniqlikka ega bo’lgan ikki nafar kameraga ega bo’lgan ramka, OBD-portga ulanadigan adapter, va smartfon uchun qurilmalar paneliga o’rnatiladigan magnit qayish.

Adapter avtomobilga ulanishi bilan, u kameraga videotasvirlar oqimini haydovchining smarfoniga uzatish imkonini beradi. Shu bilan birga, u videotasvirlar oqimidagi oldinda paydo bo’lgan to’siq to’g’risidagi ma’lumotni tahlil qilib, haydovchini to’qnashish ehtimolidan xabardor qiladi.

5. Mobileye 560

5. Mobileye 560

Mobileye haydovchiga ma’lumotlarni real vaqt rejimida taqdim etadi va bu yo’ldagi bahtsiz hodisalarni oldini olishga yordam bera oladi.

Moslamaning tizimi old tomondagi oynada o’rnatiladigan smart-kamera, ogohlantirishning ovozli signali va haydovchi ogohlantirishlarni ko’ra olishi uchun tasvirni uzatish displeyidan iborat.

Mobileye smart-kamerasi avtomobillar o’rtasidagi masofani o’lchash, tezlikni cheklash to’g’risidagi yo’l belgilarini o’qiy olish va yaqinlikda paydo bo’lgan piyodani aniqlay olish kabi vazifalarni bajara olishga qodir kompyuter bilan jihozlangan.

Ushbu texnologiya avtomobil xavfli vaziyatni payqaganida bu to’g’risida haydovchini ogohlantirish imkoniyatini yaratadi. Masalan, agar tezlik soatiga 60 kilometr qilib chegaralangan joyda haydovchi soatiga 70 kilometr tezlikda harakatlansa, moslama sistemasi bu haqda ovozli xabarnoma jo’natadi va displeyda ogohlantirish paydo bo’ladi.

Yuqori texnologik sensor sistemasining narhi 850 AQSH dollariga teng, ammo bu shu kabi mobil texnologiyalar bilan jihozlangan yangi avtomobilni sotib olishdan ko’ra anchagina arzonroqqa tushadi, albatta.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations