Jeep rusumidagi avtomobillarning odamlarga notanish bo’lgan va ko’pchilik ko’rmagan 7 turi
Har bir avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyada juda katta ommaboplikni qo’lga kirita olmagan mashinalari ham bo’lishi odatiy hol. Bu modellarni omadsiz yoki yomon deya atash imkonsiz. Masalan, odamlar orasida keng tarqalgan Jeep rusumini olaylik. Bu brend dunyoning ayrim joylaridagina ommabop bo’lgan, biroq o’ta sifatli va yaxshi mashinalarni ishlab chiqarish mumkinligiga yorqin misollar bo’la oladi.

1. Jeep CJ-10

Mazkur avtomobil eng chiroyli pikap unvoniga da’vogarlik qiladi, deb ayta olmaymiz. Biroq, eng noma’lum rusumlardan biri sifatida g’oliblik tojini qo’lga kiritishi aniq. Bu mashina Amerika va Avstraliya bozorlarini istilo etgan. Uning matoli tomga ega bo’lgan kuzovli varianti ham bor. Bu pikap 1981 yildan 1985 yilgacha ishlab chiqarilgan.

Ayrim yig’ma namunalarida unga Nissan dvigateli o’rnatilgan. Shu bilan birga bu avtoning harbiylashtirilgan turi ham mavjud. Mashina (shu jumladan) yengil samolyotlarning transportirovkasi uchun ham ishlatilgan.

2. Jeep Gladiator

Gladiator pikaplari o’z vaqtida hadeb ko’zga tashlanavermagan. Bu juda taajublanarli hol, chunki bunday a’lo darajadagi avtomobilning e’tibordan chetda qolishi mumkin emas. Uning dvigateli V8 Vigilante, quvvati 250 ot kuchiga ega. Ayrim hollarda avtomobil avtomat uzatmalar qutisi bilan ishlab chiqarilgan. 1962 yilda 1971 yilga qadar avtomobil yong’inga qarshi mashinalar va g’ildirakli uylarning bazasi sifatida ishlatilgan.

Darvoqe, bu oddiy avtomobilni harbiylashtirish mumkinligining kamdan-kam hollarda uchraydigan isbotlaridan biri. AQSHdan tashqari avtomobildan Izroilda, Argentinada, Venesuelada va Kolumbiyada foydalanilgan.

3. Jeep Jeepster Commando

60-chi yillarda Jeep avtomobillar bozorida kuchli raqobatchilik sharoitida paydo bo’lgan va bu vaziyatni zudlik bilan to’g’rilash kerak edi. Boshqa kompaniyalarga javob sifatida Jeepster Commando ya’ni, asosan yoshlarga mo’ljallangan avtomobil ishlab chiqarildi. U bir vaqtning o’zida kuzovning bir necha varianti, shu jumladan rodster, pikap va universal ko’rinishda taqdim etilgan edi.

Avtomobilning juda kuchli dvigateli bo’lgan, biroq vaqt o’tib uning dizayni konservativ ko’rinishga ega bo’lib qoldi.

4. Jeep CJ-6

Ommabop CJ-5, ya’ni "besh"ning kuzovi uzaytirilgan varianti. "Mexnatsevar toychoq"dagi sig’im kengroq bo’lishi to’g’risidagi istaklar va ko’p sonli arzlar chavoban aynan shu mashina yaratilgan edi. Shunga qaramay, mashina yaratuvchilari yo’lovchilarning qulayliklari to’g’risida g’amho’rlik qilgani sezilmay qoldi. Bu model Afrika mamlakatlariga jo’natilgan. AQSHda esa uning asosiy haridori o’rmon xo’jaliklari bo’lgan.

5. Jeep Dispatcher Jeep (DJ)

CJ-3A ning ancha soddalashtirilgan ko’rinishi. Ushbu mashina 1955 yilda paydo bo’ldi va unga afsonaviy "Villis" dvigateli o’rnatildi. Avtomobil o’ta soddalashtirilgan va yetarlicha ishonchli ham bo’lgan. O’zining bo’ysundirish oson ekanligi bilan tanilgan bu avtomobil darhol Amerika Qo’shma Shtatlari pochtasi nazariga tushli. Mamlakatning shimoliy rayonlarida bu mashinani haligacha uchratish mumkin.

6. Jeep FJ Fleetvan

Boshqa turdagi mashinalardan tubdan farq qiladigan mazkur Jeep atomobili turli buyumlarni yetkazib berish xizmati uchun 1961 yildan 1975 yilga qadar ishlab chiqarilgan. Mazkur mashina turi erkin savdoga umuman chiqarilmagan va faqatgina alohida xizmatlarning buyurtmalariga asosan yetkazib berilgan. Jeep FJ Fleetvan mashinasini bir necha Gollivud filmlarida ham ko’rsa bo’ladi.

7. Jeep Forward Control (FC)

Baquvvat V8 dvigatelli, uch nafar uzatmalar qutisidan biri, shu jumladan, avtomat qutisi bilan jihozlangan ushbu noodatiy yuk tashuvchi mashina pikap sifatida ham, furgon sifatida ham ishlab chiqarilgan. Shuningdek, mazkur mashinaning uzaytirilgan variantlari ham bo’lgan. Keyinchalik Forward Control zaminida tez tibbiy yordam mashinalari paydo bo’ldi.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations