Koinotning bizga yuborayotgan beshta maxfiy belgisi
Kundalik turmushimizda biz kamdan-kam hollarda Koinot tomonidan bizga yuborilgan muhim belgilarga e’tibor beramiz. Ko’pgina hodisalar bizga tasodifiy tuyuladi. Ammo har qanday voqea bu tasodif emas, balki Koinotning bizga yuborgan va biror narsadan xababr beruvchi belgisidir. Bu belgilarga diqqat bilan e’tibor berilsa, bular shunchaki voqea-hodisalar emasligini fahmlash mumkin.

Hayolimizdagi istalgan orzu yoki xavotir Koinot tomonidan “qayta ishlov berilib”, bizga aniq belgi sifatida yuboriladi. Masalan, bu reklama taxtasidagi so’zlar, kinofilmdagi ibora yoki tinglangan qo’shiqdagi matn bo’lishi mumkin. Qiziq, Koinotning barcha belgilari birin-ketin ketma-ketlikda keladi, ulardan biri o’tkazib yuborilsa, ketidan boshqasi keladi, toki biz Koinotni “eshitmagunimizcha”. Shunday ekan, inson juda qadrli bo’lgan vaqtini zoye ketkazmasdan Koinotning yuborilgan sirli belgilariga yaxshilab e’tibor berib, ularni tahlil qilib, o’ziga kerakli xulosa chiqarib olishi va shu bilan noxush va muammoli holatlarning oldini olishi hamda o’zini qiynayotgan savollarga javob olishi kerak.

Belgili tushlar

Tush – bu Koinot tomonidan yuboriladigan ma’lumotlar oqimining tarqatuvvchisidir. Uni to’g’ri talqin qilish kerak xolos. Ba’zi tushlar insonni tanasida kelib chiqqan, biroq o’zi hali sezmayotgan kasalliklar haqida xabar beradi. Masalan, tushda kimdir bo’g’ayotgan bo’lsa, demak qalqonsimon bezda o’zgarish yuz bergan bo’lishi mumkin, shuning uchun endokrinolog nazoratidan o’tish zarur bo’ladi. Ehtomol tushda harakatlana olmaslik va qimiqlay olmaslik hollari ro’y bergan bo’lishi mumkin. Bunday tush kutilayotgan tajovuzdan darak bo’lsa ajab emas. Ayniqsa, qayta-qayta takrorlanayotgan tushlarga ko’proq e’tibor berish kerak. Tushlarda shuningdek, bizni ayni damda qiynayotgan savollarga javoblar kelishi mumkin – faqatgina ularni to’g’ri talqin qilishni bilish lozim.

Oyoq tortmaslik (omadsizliklar)

Aynan ana shu yo’l bilan Koinot insonnni kamida unga hech qanday foyda keltirmaydigan hodisadan, ba’zan esa hattoki zarar berishi mumkin bo’lgan holatlardan asrayotgan bo’ladi. Masalan, siz ishga joylashish bo’yicha muhim suhbatdan o’tishingiz lozim bo’lib qoldi, biroq ertalab kechroq turib, suhbatga bora olmadingiz, yoki bo’lmasa kiyinayotganingizda kiyimingizda dog’ yoki teshik paydo bo’lib qolganini payqab qoldingiz yoki paypog’ingizning poyi yo’qolib qoladi. Bunday holda siz o’zingizni noshud, deb hisoblaysiz, kiyimlaringizni bir kun oldin kechqurun tayyorlab qo’ymaganligingizga achinasiz. Aslida esa bu Koinotning sizni to’xtatib qolishiga bo’lgan urunishi bo’lishi mumkin. Agar Koinot sizni toxtatib qolish niyatida bo’lsa, kiyinib chiqayotganingizda kalitni unutib qoldirishingiz, pul va hujjatlarni deb uyga qaytishingiz, transportga kech qolishingiz, tirbandlikka tushib qolishingiz mumkin. Va oxir oqibat belgilangan manzilga yetib olganingizdan keyin suhbat bugun bo’lmasligini, boshqa kunga ko’chirilganini eshitasiz. Shu yo’l bilan Koinot bu ish sizniki emasligini, sizga hech qanday yaxshili olib kelmasligini ayon bermoqda.

Ko’ngil chopishi

Agar siz to’g’ri yo’lda bo’lsangiz va boshlayotgan ishingiz ijobiy natija bersa, yuqoridagi holatlarning aksi sodir bo’ladi. Kayfiyatingiz a’lo darajada bo’lsa, yuzingizdan tabassum arimasa, ishlaringiz baroridan kelaytgan bo’lsa, boshlayotgan ishingiz shubhali bo’lishiga qaramasdan ko’tarinki ruh va ochiq ko’ngillik sizga hamroh bo’lsa, demak siz to’g’ri yo’ldasiz. Bunday ijobiy xususiyat ko’proq Koinot qonunlari bilan yashaydigan, odamlarga faqat yaxshilik ulashadigan, birovga yomonlik qilmaydigan, hayotdan faqat yaxshilik kutib yashaydiga insonlarga xosdir.

Dejavyu

Har bir odamda hayotda bir marotaba bo’lsa ham dejavyu – ya’ni takrorlanish hissi yuzaga keladi. Dejavyu hissi paytida inson shu holat qachondir hayotida sodir bo’lganu, hozir yana takrorlanmoqda, degan hayolga boradi. Bunday hisni musiqa, hid, yo’ldagi yozuvli taxta, film va boshqa narsalar berishi mumkin. Dejavyu ham Koinot tomonidan yuborilgan belgi bo’lishi mumkin. Bunday baqtda holatingizni yaxshilab tahlil qilib ko’ring, chunki unda siz uchun atalgan ma’lumot bor bo’lishi mumkin.

Xastalik

Kasalliklarning deyarli barchasi shunchaki kelib chiqmaydi. Ko’p hollarda bu Koinotning “ishi” bo’lishi mumkin.Shu yo’l bilan u insonning hayotiga boshqatdan nazar solib, yaxshilab tahlil qilib, to’g’ri xulosa chiqarishi va kerak bo’lsa hayot tarzini o’zgartirishga majbur etadi. Uzoq vaqt davomida Koinotning belgilarini pisand qilmay kelayotgan inson aynan kasallik tufayli bir paytlar kirib qolgan boshi berk ko’chadan chiqish yo’lini qidirib topishi mumkin. Bu belgilar xavfli bo’lishiga qaramay, boshi berk ko’chaga kirib qolgan insonning to’g’ri yo’l topishi uchun eng samarali usullardan biridir. Xastalik tufayli o’z xatosini tushunib yetgan odamning tuzalishi ham oson kechadi va endilikda xatolarini qaytarmasdan, yaxshi hayol va kelajakka ishonch hissi bilan hayot kechiradi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations