Kolumbiyadagi kamalak ranglarida jilolanuvchi daryo
Kano-Kristales (isp. Caño Cristales) — Kolumbiyadagi daryo, Guayabero daryosining irmog’i – Losadaning o’ng jilg’asidir. Daryoning o’zani Kolumbiyaning markaziy qismida, Makarena tog’ tizimidagi Meta departamentida joylashgan. O’ta tozaligi va shaffof suvi sababli bu daryoga ispanlar nom berishgan va Ispan tilidan tarjima qilinganida daryoning nomi “kristall daryo” ma’nosini anglatadi.

Navbatdagi mo’jizani yaratayotgan paytda tabiat impressionist musavvir o’rnida namoyon bo’lib yorqin ranglarni umuman ayamagani yaqqol sezilib turadi.

Ushbu daryo shunisi bilan mashhurki, u turli suv o’simliklari tufayli o’z rangini o’zgartira oladi. Shuning uchun ham mahalliy aholi bu daryoni Rio de cinco colores, ya’ni “besh hil rangli” yoki “besh rang daryosi” ham deb atashadi va to’laligicha asoslangan ravishda uni dunyodagi eng go’zal daryolardan biri deb u bilan faxrlanadilar. 

Bu kichkina daryoning kengligi 20 metr, uzunligi 100 kilometrga teng. Kano Kristalesning suv yuzasiga besh hil rangni (qizil, yashil, sariq, ko’kva qora) suv o’simliklari, daryo qumi va osmonning suvdagi aksi hosil qilinadi. Daryo ayniqsa yomg’irlar mavsumi bilan qurg’oqchilik davrining orasida juda ko’rkam jilolanadi.

“Kamalak jilosi ranglari daryosi”ning mohiyati nimada?

Losada daryosining o’ng tomon jilg’asi bo’lgan, Kanj Kristales o’z manbaini Makarena tog’ tizimlarining yon bag’irlarida olib, Serraniya de lya Makarena Kolumbiya milliy ekologik biosfera qo’riqxonasining yerlarini kesib o’tadi va mamlakatning sharqida Guayabero daryosining suvlari bilan qo’shilib ketadi. Daryo cho’nqir kamgaklar, sharsharalar, tikcharliklar va o’pqonlar zanjirini namoyon qiladi.

Buloq shu darajada shaffofki xatto ikki metr suv ostidagi daryo tubini aniq va ravshan ko’rish mumkin.Suv tarkibining xususiyatlari (aralashmalar, tuzlar va ma’danlarning yo’qligi) daryo suviga distillangan suv fazilatini bahsh etadi. Bu daryoda nima uchun baliq yo’qligining sabablaridan biri. Balchiqning yo’qligi va toshdan iborat daryoning tubi unda tirik jonzot yashay olmaslik darajasida plankton uchun sharoitni qiyinlashtiradi.

Juda ham mislsiz ko’rsatkichlarga ega bo’lmasa-da u o’ziga hos noyob hisoblanadi.Qush parvozi balandigidan qaraganda uning suvlari gohida besh nafar – to’q qizilga mayin o’tuvchi yorqin alvon, moviy, sariq, yashil va qora ranglar aniq ajralib turadigan suyuq kamalakni eslatadi.

Ajoyib hodisani ilmiy nuqtai nazardan talqin qilinishi

Aborigenlarning qat’iyat bilan takidlashlaricha tabiatdagi bunday mo’jizaning yaratilishiga parvardigorning o’zi amr qilgan. Boshqalarning fikricha bunga o’zga sivilizatsiyaning aloqasi bor. Biroq olimlar tomonidan tadqiq qilinganida shu narsa aniqlandiki, yorqin ranglar bilan jilolanish holatiga daryo o’zani iyundan noyabrga qadar bo’lgan ma’lum davrdagina kuzatilar ekan.  

Yomg’irlar mavsumidan keyingi aynan shu davrda Macarenia clavígera suv o’simliklarining gullashi uchun suv sathi, oqim kuchi va quyosh nurining qulay uyg’unligi vujudga keladi.

Macarenia clavígera– bu dunyoning faqat bir qismida uchraydigan, Eto rastenie endemik, XesusIdrobo ismli olim tomonidan kashf etilgan endemik o’simlik. U quyosh ta’siri bilan suvni to’q qizil rangda tuslantira oladi. Kolumbiyadagi qishda (yomg’irlar mavsumida) daryoni jozibalantiruvchi deyarli hech narsasi yo’q – suv sathining balandligi quyosh nurlariga kerakli chuqurlikka yetib olish imkonini bermaydi.

Kano Kristales tabiiy meros obyektlari qatoriga kiritilgan va YUNESKO himoyasi ostida. Uni o’z ko’zingiz bilan faqat suv o’simliklari gullagan paytda ko’rishingiz mumkin. Boshqa vaqt bu yerga turistlar uchun kirish taqiqlangan.

Kano Kristales afsonasi

O’zining noodatiy ko’rinishi tufayli bu buloq va umuman daryo atrofida avloddan avlodga o’tib kelayotgan afsonalar va rivoyatlar talaygina. Afsonalarning birida aytilishicha sharsharalar “zinapoyasi” ostida moxanlarning (moxan – kolumbiya afsonalaridagi suv jinlari) xazinalari yashirilgan g’orlari joylashgan emish.

Krisstal sofligiga qaramay “kamalak” suvlari ichimlik uchun yaramaydi. Biroq, “jannatdan oqib kelayotgan daryo”da (mahalliy aholi unga bergan nomlaridan yana bittasi) cho’milish uchun ruxsat berilgan.Gap-so’zlarga ishonganda agar tabiiy quduq-basseyn (moyyas)larda shung’ib cho’milsa ichki sokinlik va monandlikka erishish mumkin ekan. Kano Kristalesda cho’milish turistik dasturlarga kiritilgan.

Yaqin kunlarga qadar Kolumbiya milliy bog’iga kirish partizan guruhlar tomonidan juda qattiq qo’riqlanib kelgan. Ammo bugungi kunda nafaqat tadqiqotchi olimlar, balki turistlar ham besh rangli daryoni kichgina qayiqchada o’zan bo’ylab uyushtirladigan to’rt kunli ekpeditsiya paytida o’z ko’zlari bilan ko’ra olishi mumkin.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations