Kredit kartasidan qanday qilib to'g'ri foydalanish mumkin?
Kredit kartasi bu yaxshigina charxlangan pichoqqa o'xshaydi. Bosh oshpaz sizga sanoqli lahzalarda uning yordamida sabzavot ham to'g'rab beradi, go'sht ham, lekin uni yosh bolaning oldida qoldirsangiz bolakay eng kamida u bilan biror joyini kesib olishi hech gap emas. Kredit kartasi ham huddi shunday: moliyaviy jihatdan savodli odamga u pul olib kelib hayotini yengillashtiradi, ehtiyotkorliksiz yangi foydalanuvchini esa qarzga botirib kredit tarixini izdan chiqarib yuboradi.

Bu maqolada — kredit kartasi bilan “jaroxatlanmay” undan foyda olishga yordam beruvchi qoidalar jamlangan.

1. Qanchani qaytara olsangiz, shunchanigina sarflang

Kredit kartasi yordamidagi to'lovni go'yo oddiy debet kartasi yordamidagi to'lovday amalga oshiring. Agar, aytaylik, siz har oyda 500 000 so'm to'lashga o'rgangan bo'lsangiz, demak, atigi shunchagina to'lang, kredit chekloviga e'tibor bermang.

Qanday qilish mumkin emas?

Abdulla oyiga 1 800 000 so'm ishlaydi va har oyda atigi 450000 ajratishi mumkin. U 2 300 000 so'mga yangi smartfonni harid qilishi stagida. Bu samarali harid emas: Abdulla 5 oy davomida bankka qarzni qaytaradi va to'lashi mumkin bo'lganidan ko'prog'ini to'laydi.

Qanday qilish mumkin?

Abdulla keyingi oyda onasiga palto olib bermoqchi,ammo hozir ular arzonlashtirish aksiyasi bo'yicha sotilayotganini eshitib qoldi. Rejalashtirilgan 1 400 000 so'mning o'ziga u 950 000 so'mni sarflab harid qilingan paltoga ega bo'lishi mumkin – bu samarali harid. Hozir Abdullada to'liq summa yo'q, ammo ikki haftadan keyin u aniq bo'ladi. Lekin aksiya ikki hafta kutib o'tirmaydi-da! Shuning uchun Abdulla kredit kartasi bilan to'laydi, oylik olgan kuni esa pulni kartaga qaytarib solib qo'yadi.

Agar siz ortiqcha pul sarflab qo'yishdan qo'rqsangiz, cheklov o'rnatib qo'ying — u bir oyda to'lashga tayyor bo'lgan summangiz miqdorida bo'lsin. Buni yarim daqiqada mobil ilovada yoki internet-bankda amalga oshirish mumkin.

Masalan sizda limiti 3 000 000 so'm bo'lgan biror bankning kredit kartasi bor, deylik. Agar siz har oyda eng ko'pi 500 000 so'mni bemalol sarflashingiz mumkin bo'lsa shunday cheklovni o'rnatib qo'ying. Bu cheklovdan o'tib ketsangiz, kredit kartasi yordamida to'lovni amalga oshira olmaysiz.

 

2. Qarzni imtiyozli davrdayoq qaytarib bering

Deyarli har bir kartada imtiyozli davri bo'ladi: biroy, ikki yoki xatto uch oy ham. Agar siz shu muddat ichida sarflangan pullarni qaytarsangiz,foizlar hisoblanmaydi — bu bankdan berilgan bo'lib to'lashday gap. Kreditkartasi samarali bo'lishini xohlaysizmi? – qarzni vaqtida qaytaring va bankning pullaridan foizlarsiz foydalaning.

Agar qancha qarzingiz borligi esingizda bo'lmasa, qarz miqdori bilan to'lov sanasini internet-bankda yoki mobil ilovada ko'ring. Deyarlihar bir kredit kartasida foizsiz davrni hisobga olgan holdagi maxsus kalkulyatori bo'ladi: foizlar qachon hisoblana boshlanishini darhol yaqqol ko'ra olasiz.

3. Qarzni belgilangan eng kam to'lovdan ko'proq to'lovlar bilan to'lang.

Oddiy kreditta qarz to'liq to'lanib bo'lishi kerak bo'lgan sanasi belgilangan bo'ladi. Mijoz grafik bo'yicha to'lab boradi: ma'lum miqdordagi pulni ma'lum kunda to'laydi. Kredit kartasining egasida esa bunday grafik yo'q, eng muhimi — eng kam to'lovni kiritish. Bu bo'shashtiradi va qarzning to'lanishi cho'zilib boraveradi.

Kredit kartasi bo'yicha qarzni tezroq to'lab bo'lish uchun har oylik to'lovni ko'paytirib boring. Gap shundaki, qarz asosiy summa bilan foizlardan kelib chiqadi. Eng kam to'lov foizlarni to'liq to'lashga yetadi, ammo asosiy qarzni to'lash uchun summaning kichik bir qismi qoladi.

Shuning uchun ham kredit kartasiga iloj bor qadar ko'proqpul kiriting: shunda bank bilan hisob-kitob qilishdan ham tezroq qutulasiz, foizni ham kamroq to'laysiz.

4. Naqd pul yechmang

Kredit kartasi undan naqd pul yechish uchun to'g'ri kelmaydi. Sabadi oddiy: karta bo'yicha aylanma qancha ko'p bo'lsa, bank tranzaktsilarda shuncha ko'p pul ishlaydi. Sizni kredit kartasidan foydalanishga undash uchun bank cheklovlar o'rnatadi. Birinchidan, naqd pul yechganligingiz uchun siz komissiya to'lovini to'laysiz. Ikkinchidan, foizsiz davrdan yoki samarali kredit stavkasidan mahrum bo'lishingiz mumkin. Hamma shartlar shartnomada ko'rsatib qo'yilgan, shuning uchun ham juda ehtiyot bo'ling. 

Huddi shunday hol pul mablag'larini boshqa kartaga o'tkazilganida ham ro'y beradi. Bu harid emas, undan bankka zarracha foyda yo'q. Shuning uchun ham put o'tkazmalari uchun siz komissiya to'lovini to'lash bilan birga, foizlarni ham to'lay boshlaysiz.

Masalan, Abdulla bankomatda kredit kartasidan 100 000 so'm pul yechib oldi. Buning uchun u yechib olinayotgan summadan ma'lum foiz miqdoridagi komissiya to'lovidan tashqari har bir bank alohida o'zi belgilagan foizi miqdoridagi  pulni to'laydi, bundan tashqari, birinchi naqd pul yechishi bilanoq uning kredit kartasidagi imtiyozli muddat tugaydi va foiz to'lash davrining darvozalari lang ochiladi. Buning o'rniga do'kondan zarur bo'lgan n arsalarni harid qilib, oylik maoshdan qarz pulini shartta qaytarib bir so'm ham ortiqcha to'lamasligi mumkin edi-ku axir. Eh, Abdullajon, Abdullajon!

5. Kredit kartasidan debet kartasi bilan juftlikda foydalaning

Agar kredit kartasidan debet kartasi bilan juftlikda foydalanilsa bankning harakatlaridan foyda qilish mumkin. Sizning oyligingiz debet kartasida qoldiq uchun foizi bilan saqlanib turibdi (bankka qo'yilma kabi), do'konlarda esa siz kredit kartasi bilan to'layapsiz. Foizsiz muddat tugaganida siz kredit kartasi bo'yicha qarzdorlikni to'laysiz. Sizning foydangiz oylikdan foiz va kredit kartasi bo'yicha bonus. Qanaqa bonusligi hozir tushuntirib beramiz.

Agar sinab ko'rishni istasangiz, debet kartasi bo'yicha foizlar hisoblanishiga ishonch hosil qiling.

6. Bonuslarni oling va ularni pulga aylantiring

Mijozlarni jalb qilish uchun banklar sodiqlik dasturlaridan foydalanadilar. Masalan, haridlar uchun bonuslar hisoblanadi: millar, ballar, plyuslar, layklar. Turli kartalarning bonus dasturlari turlicha.

Masalan, shunday kredit kartalar borki, barcha haridlarning bir foizi ball ko'rinishida kartangizga qaytadi. Ular bilan restoranlarda yoki kafelardagi sarflarni qoplash mumkin. Ballarni yechib olib pullarni hisob raqamiga tushiring.

Xarajatlar ro'yxatida kafedagi haridni tanlang. Uni kredit kartangizda to'plangan ballar bilan to'lang: bonuslar yechib olinadi, pullar esa hisob raqamiga tushadi.

Ayrim kartalar bo'yicha qilingan haridlarda qiymatdan 30 foizgacha tejab qolish mumkin. Imtiyozli shartlarni banklarning hamkorlari taklif etadi: ommabop tarmoqli va internet-do'konlar, onlayn-xizmatlar va turoperatorlar. Kosmetika, kiyim-kechak va poyafzalni harid qiling, o'quv kurslari uchun to'lovlarni to'lang, aviachiptalarni bron qiling — shunda harajatlarning bir qismi o'z xisobingizga ballar ko'rinishida qaytib keladi.

Yaxshi kredit kartasi va undan oqilona foydalanish pul olib kelishi mumkin.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations