Limonning biz bilmagan xususiyatlari
Limon foydali meva ekanligini bilamiz. Biroq undan boshqa maqsadda ham foydalanish mumkin ekan. Quyida limonning siz bilmagan yangi foydali xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltiramiz.

1.Limondan tayyorlangan universal yuvish vositasi

1.Limondan tayyorlangan universal yuvish vositasi

Ushbu yuvish vositasini tayyorlash uchun bitta limonning po’stlog’i artilib, biror idishga solinadi, ustidan 150 ml uksus quyiladi. Kechasi bilan tindiriladi. Ertalab unga 150 ml suv qo’shiladi. Tayyor bo’lgan yuvish vositasini maxsus suv purkagichli bo’sh idishga solib, istalgan narsalarning yuza va sathini yuvishda foydalanish mumkin. 

2.Taxtakachlarni tozalash vositasi

2.Taxtakachlarni tozalash vositasi

Taxtakachingiz yana yangiday ko’rinishini istasangiz, unga tuzni sepib, so’ngra limon bilan ishqalashingiz kerak. Uni yuvib bo’lganingizdan keyin 10-15 daqiqadan keyin muolajani qaytarishingiz lozim. 

3.Limonning kiyimlarni oqartirish xususiyati

3.Limonning kiyimlarni oqartirish xususiyati

Kiyimlaringiz qordek oppoq ko’rinishini istasangiz, ularni yuvishdan oldin limon suvi va osh sodasi aralashmasiga 30 daqiqaga bo’ktirib olish zarur.

4.Limonning tirnoqlar manikyuridagi foydasi

4.Limonning tirnoqlar manikyuridagi foydasi

Limon suvining bir necha tomchisi bilan tirnoqlaringizga ishlov bersangiz, ular mustahkam bo’ladi.

5.Sepkillarga qarshi vosita

5.Sepkillarga qarshi vosita

Agar yuzingizda sepkillar yoki pigment dog’lar bo’lsa, ularni har kuni limon sharbati bilan artib tursangiz, ular rangsizlanadi.

6.Limonning ovqat-hazm qilishdagi foydasi

6.Limonning ovqat-hazm qilishdagi foydasi

Muntazam ravishda limon sharbati va asal qo’shilgan suvni ertalab nahorga ichib turilsa, hazm qilishni yaxshilash hamda immunitetni oshirish mumkin.

7.Limon dasturxonda

7.Limon dasturxonda

Agar dasturxonga qo’lda yeyiladigan taomlar tortilsa, albatta qo’lni yuvish uchun kichikroq piyolada limon sharbati qo’shilgan suv qo’yiladi.

8.Uy-ro’zg’or texnikasini tozalash

8.Uy-ro’zg’or texnikasini tozalash

Muzlatgich limon sharbatida ho’llangan lattada artib chiqilsa, undagi noxush hidlardan halos qiladi. Shuningdek limon sharbatini idish yuvish mashinasiga ham qo’shish mumkin. Agar havo namlagichga ozgina solinsa tabiiy xushbo’ylagich bo’ladi.

9.Limon ko’chat uchun tuvak vazifasida

9.Limon ko’chat uchun tuvak vazifasida

Suvi siqib olingan limonning yarim pallasida ko’chat yetishtirish ham mumkin. So’ngra ko’chat yetilgandan keyin uni yerga shu turishi bo’yicha ko’chirsa bo’ladi. 

10.Oyoq-kiyimning noxush hididan halos bo’lish

10.Oyoq-kiyimning noxush hididan halos bo’lish

Sport oyoq-kiyimiga solib qo’yilgan limon po’stlog’i undagi noxush hiddan xalos etadi.

11.Limon shamdon vazifasida

11.Limon shamdon vazifasida

Limon yoki apelsinning yarim pallasidan shamdon sifatida foydalansa ham bo’ladi. Buning uchun ichidagi mevasi olib tashlanib, o’rniga mum solinadi. Pilik esa shamdon tubiga yopishtiriladi.

12.Zanglamaydigan buyumlarni tozalash

12.Zanglamaydigan buyumlarni tozalash

Zanglamaydigan po’lat va mis idishlarni limon po’stlog’i hamda osh sodasi bilan tozalash mumkin.

13.Meva dog’larini ketkazish

13.Meva dog’larini ketkazish

Qo’ldagi meva dog’larini limon yordamida osongina ketkazish mumkin. Shuningdek kiyimdagi dog’larni ketkazsa ham bo’ladi. Buning uchun kiyim sovuq suvda yengil yuviladi, so’ngra limon suvida ivitib qo’yiladi.

14.Limon hasharotlarga qarshi

14.Limon hasharotlarga qarshi

Chumolidan qutulmoqchi bo’lsangiz, ostona va deraza tokchalariga ozgina limon suvidanidan tomizib chiqish kerak. Chivinlardan xalos bo’lish uchun esa qalampir munchoq donachalarini limonning yarim pallasiga sanchib chiqish lozim.

15.Organizmni musyahkamlash

15.Organizmni musyahkamlash

Limon osh sodasi bilan birgalikda organizmga foydalidir: hazm qilishni yaxshilaydi, toksinlardan xalos qiladi, xolesterin miqdorini normallshtiradi, jigarni tozalaydi hamda C vitaminiga boy. Bir stakan mineral suvga osh sodasi va yarimta limonning suvi qo’shib, nahorga 2 hafta davomida ichish kerak.

Biroq shuni aytib o’tish kerakki, bu vosita gastrit, gipertoniya va boshqa  yurak qon-tomir kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga tavsiya etilmaydi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations