Marsning ilk odamlari bolalar va naslni davom ettirishdan voz kechishga majbur bo'ladi
Marsni kolonizatsiya qilish bo'yicha har qanday rejalar eng yaqin vaqtlarda koloniyachilardan ikkita narsani tark etishni– jamoasining yashab ketishi uchun zarur bo'lsa bolalar va naslni davom ettirishdan voz kechishni talab qiladi, deb yozadi Futures jurnali.

"Tabiiyki, Marsda avtonom koloniyalarning mavjudligi naslni davom ettirish bo'lmaganda imkoni bo'lmaydi. Boshqa tomondan, bu harakatni amalga oshirish uchun bir urinish bir qator deyarli hal qilib bo'lmaydigan muammolarga olib keladi", - deb yozadi Kampinasdagi (Braziliya) binoanlar Milliy laboratoriyasining mutaxassisi Rafael Markes (Rafael Marques) va uning hamkasblari.

Yangi vatan izlash yo'lida

2016 yilning sentyabr oyida SpaceX korporatsiyasining rahbari Ilon Mask Marsni kolonizatsiya qilishi bo'yicha keng ko'lamli rejalari to'g'risida Ushbu rejalar doirasida u o'ta og'ir raketa va asrning oxiriga borib chamasi bir million kishini Marsga yetkazib qo'yadigan ko'p marta ishlatiluvchi sayyoralararo kosmik kemalar flotining yaratilishi to'g'risida dunyoni xabardor qilgan edi.

Maskning  ta'rifiga ko'ra bu jarayonning asosiy maqsadi - hayot uchun zarur bo'lgan har bir narsa bilan o'zini o'zi bemalol ta'minlay oladigan, Yer sayyorasidagi insonlar hamjamiyatidan qolishmaydigan to'la quvvatli jamiyat bo'la oladigan Mars sayyorasidagi to'laligicha mustaqil "millionchi" shaharni yaratishdir.

Ilon Mask va uning hamkasblari Mars kolonizatsiyasi uchun nafaqat vujudga kelishi mumkin bo'lgan texnologik to'siqlarni, balki o'zga sayyoradagi hayotning biologik oqibatlarini ham hisobga olgan holda bugungi voqeliklar sharoitida buni amalga oshirishning qanchalik imkoni borligi to'g'risida o'ylanib qoldilar.

Misol uchun, yuqori darajadagi radiatsiya Marsga qilingan ekspeditsiyalarning asosiy to'siqlaridan biri hisoblanadi. Bundan besh yil avval, Curiosity marsoxodining bortida RAD moslamasidan qizil sayyoraga parvoz davomida to'planib olingan ma'lumotlar, shuni ko'rsatdiki, safar davomida odam halokatli darajadagi radiatsiya dozasini olishi mumkin, deb ko'rsatgan. Keyinchalik, Mars yuzasining nurlanish darajasi koinotdagi bilan deyarli bir xil ekanligini aniqlangan edi.

Maqola mualliflarining hisoblashlaricha, radiatsiya birinchi Mars mustamlakachilarining  asosiy "dushmani" bo'ladi. Ionli nurlanishlardan koloniyalarni himoya qilinganligiga qaramay, u Marsning birinchi aholisiga tabiy resurslardan foydalanish, sayyorani tadqiq qilish va deyarli har qanday harakatlarni amalga oshirishga doimiy ravishda halaqit beradi.

Rey Bredberi olami

Ayniqsa kuchli radiatsiya va Marsda "normal" og'irlik kuchi yo'qligi homiladorlik paytida shunday ham immun tizimi zaiflashgan homilador ayollarning hayotiga ta'sir qiladi. Bu xavfli kombinatsiya bir vaqtning o'zida bolaning rivojlanishida nuqsonlari paydo bo'lishiga sabab bo'lishi bilan birga saraton kasalligini orttirib olish yoki onaning infeksiyalari tufayli vafot etish ehtimolini oshirib yuborishi mumkin.

Bu muammolar esa, o'z navbatida, qizil sayyoradagi hayotning boshqa bir muhim tomoniga yuklanadi – zahiralar chegaralanganlikning o'ta yuqorilashadi. Yerdan farqli o'laroq, bunday koloniya aholisida o'zlariga nisbatan shunchaki insonparvar bo'lishga, umidsiz kasal odamlar yoki nuqsonlar bilan tug'ilgan bolalarning hayoti uchun kurashishga imkonlari bo'lmaydi.

Insonning  hayoti eng yuqori qiymat bo'lgan insonparvarlik g'oyasi Marsda ishlamaydi. Hayotning noqulay sharoitlari va mustamlakachilar aholisining kichik hajmi jamoaning manfaatlarini alohida har bir insonning farovonligi yoki hayotidan ko'ra afzalroq qilib qo'yadi.

Bundan tashqari, Marsdagi hayot shu kabi kolonyalarning hukumatini ma'lum juftliklar qay darajada sog'lom zurriyot berishi mumkinligini baholay oladigan majburiy irsiy test tizimini joriy etishga majbur qilib qo'yishi mumkin. Ba'zi hollarda "jamoa" o'ta noqulay mutatsiyalarning tashuvchilariga o'z naslini davom ettirishni yoki qarama-qarshi jinsdagilar bilan butunlay aloqa qilishi taqiqlab qo'yishi ham mumkin.

Mask va uning hamkasblari hisoblashicha, bu muammo faqat inson to'lig'icha nurlanishdan yetarlicha himoyalangan vaqt kelganidan keyin hal qilinishi mumkin. Bunga butun sayyorani "radiatsion qalqon" bilan o'rab chiqqan holda texnologik yo'l bilan birga mustamlakachilarning DNKlarini o'zgartirib, ularni yuqori quvvat fotonlari va koinot nurlarining ta'siriga chidamligini yetarli darajada oshirish yo'li bilan ham erishish mumkin. Insoniyat bu muammolarni hal qilgandan keyingina u Ilon Mask va marhum Stiven Xoking orzu qilganlaridek to'laligicha “koinot turidagi mavjudot” bo'la olishi mumkin, - deb yakun yasaydilar  maqola mualliflari.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations