Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat
Mona Liza, yana bir nomlanishi “Djokonda” (italyancha: Mona Lisa, La Gioconda, fransuzcha La Joconde, to‘liq nomlanishi Liza del Djokonda xonimning portreti) - Fransiyada, Parijdagi Luvrda saqanib kelayotgan surat. Surat muallifi - Leonardo da Vinchi. Tasviriy san’atning Dunyodagi eng mashhur asarlaridan biri. Hisoblanishicha, tahminan 1503 - 1505 yillarda yaratilgan bu asarda Florensiyalik shoyi savdogari Franchesko del Djokondoning rafiqasi Liza Gerardini aks ettirilgan.

Mona Liza

Mona Liza

Leonardo da Vinchi

Liza Djokondo xonimning portreti

Mona Liza

"Ritratto di Monna Lisa del Giocondo"

Taxta (terak), moy 76,8 x 53 santimetr

Luvr. Parij

Inventar No INV. 779

Leonado da Vinchi hayotdan ko‘z yumganidan 31 yil o‘tganidan keyin, 1950-yilda u to‘g‘risida yozgan ko‘plab italiyalik rassomlar biografi Djordjo Vazarining yozishicha Mona Liza Franchesko del Djokondo (italyancha: Francesco del Giocondo) ismli Florensiyalik savdogarning rafiqasi bo‘lgan. Uning gaplariga ko‘ra Leonardo bu suratga 4 yil sarflab baribir uni tugata olmagan ekan.

“Leonardo Franchesko del Djokondo uchun uning rafiqasinining portretini chizishga kirishdi, va bu asar ustida to‘rt yil ishlab, uni tugata olmay qoldirib ketdi. Bu asar hozir Fontenbloda, Fransuz qirolida.

Bu surat tasviriy san’at qay darajada tabiatga taqlid qilishi mumkin ekanligini ko‘rishni istagan har kimga bu sirni ochib beradi, chunki unda faqat tasviriy san’at yetkazib bera oladigan nozik tafsilotlar aks ettirilgan. Shuning uchun ham ko‘zlarda ustalikning ulug‘vor nafisligi mavjudligidagina tasvirga tushirilishi mumkin bo‘lgan, odatda tirik insonda bo‘ladigan yarqiroqlik va namlik, ularning atrofida esa qizg‘ish yoritilish va tuklar o‘z aksini topgan. Badanda haqiqatda tuklar o‘sishi kabi, ayrim joylarda qalin, ayrim joylarda siyrak, va teridagi teshikchalarga mos kipriklar bundan ortiq tabiiyroq tasvirlanishi mumkin emas.

O‘zining chiroyli dimoqlari bilan pushti va nozik burun tirikday ko‘rinadi. Lablarning alvonligi bilan chekkalarida birlashgan salgina ochiq og‘iz, o‘z ko‘rinishining badanga oidligi bilan bo‘yoq emas haqiqiy andomga o‘xshaydi. Bo‘yinning chuqurligida diqqat bilan qaralganida puls zarbasini ham ko‘rish mumkin. Va, albatta, shuni aytish mumkinki, bu asa shunday yaratilganki istalgan va eng o‘ziga ishongan rassomni ham, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar hayajonga soladi.

Darvoqe, Leonardo quyidagi bir ustomonlikni ishga solgan: Mona Liza juda chiroyli edi, shuning uchun ham u suratni chizish paytida lirada o‘ynagan musiqachilar yoki kuylovchi hofizlarni yollagan. Shu bilan birga, ustaxonada doim masxarabozlar hozir bo‘lgan va Mona Lizaning ko‘nglini olib, odatda tasviriy san’at chizilgan portrerlarda yaqqol ko‘rsatib beruvchi ma’yuslikni haydagan. Leonardoning bu asarida tabassum shu qadar yoqimli aks ettirilganki, tirik inson emas, qandaydir  bir ilohiyotni ko‘rib turgandek tuyuladi. Portretning o‘zi esa favqulodda asar sifatida alohida ehtiromga sazovor, chunki hayotning o‘zi ham o‘zgacha bo‘la olmas edi.”

“Leonardo da Vinchi” ustaxonasi: musiqachilar Djokondaning vaqtini chog‘ qilmoqda

Nomlanishi

Suratning italyan tilidagi to‘liq nomlanishi Ritratto di Monna Lisa del Giocondo - “Liza Djokondo xonim portreti”. Italyan tilida “ma donna” so‘zlari “mening bekam” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z iborasining qisqartirilgan ko‘rinishi “monna” yoki “mona” deb aytiladi. Model ismining ikkinchi qismi erining familiyasi deb hisoblanadi - del Giocondo, italyan tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “quvnoq, o‘ynoq” deb tarjima qilish ham mumkin. Shuning uchun ham ayrim joylarda La Gioconda -“quvnoq, o‘ynoq” sifatida tushuniladi.

Ilk bor “la Gioconda” 1525-yilda Leonardo da Vinchining vorisi va shogirdi - musavvir Salai merosining ro‘yxatida tilga olingan. U suratni Milandagi o‘z singillariga qoldirgan. Suratdagi yozuv suratni La Djokonda ismli xonimning portreti ekanligidan darak beradi.

Suratning yaratilish tarixi

Leonardo da Vinchining birinchi italyan biograflari bu surat musavvirning ijodida alohida o‘rin egallagani to‘g‘risida yozgan edi. Leonardo da Vinchi boshqa ko‘plab buyurtmalardan farqli o‘laroq “Mona Liza” ustida ishlashdan hech charchamagan, aksincha unga doimo o‘zgacha mehr bilan yondoshgan, “Angiaridagi jang” asari ustida ishlashdan qolgan vaqtini to‘laligicha unga sarflagan. Leonardo bu asarga vaqtining salmoqli qismini sarflagan va balog‘at yoshida Italiyadan ketayotib boshqa bir necha tanlab olingan suratlari bilan birga uni ham o‘zi bilan Fransiyaga olib ketgan. Da Vinchi bu portretga juda bog‘lanib qolgan edi, va uni yaratilishi paytida ko‘p fikr yuritgan. Masalan “Rassomlik to‘g‘risidagi falsafiy asar” hamda rassomlik texnikasi to‘g‘risidagi unga kirmagan o‘z yozuvlarida shubhasiz aynan “Djokonda”ga aloqador ko‘p ko‘rsatmalarni topish mumkin.

Shunday tahmin mavjudki, Nyu-Yorkdagi xayd kolleksiyasiga oid bu surat Leonardo da Vinchining qo‘li bilan yaratilgan va Mona Liza portretining dastlabki eskizi bo‘lishi mumkin. Unday bo‘lsa, shunisi qiziqki avval u Mona Lizaning qo‘liga serhasham novdani  ushlatib qo‘ymoqchi bo‘lgan.    



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations