NUJ, ruhlar, o'zga sayyoraliklar: AQShdagi eng qo'rqinchi 5 ta joy
AQShdagi eng qo'rqinchli va g'alati joylar, hatto olimlar ham o'zga olamlar haqidagi fikrlarini o'zgartmoqchi.

1. Stanley mehmonxonasi, Estes bog'i, Kolorado

 НЛО, призраки, пришельцы: 5 самых страшных мест в США (5 фото)

"Chiroqlar" kitobidagi "Overluk" mehmonxonasi - faqatgina Stiven Kingning tasavvurlari mahsuli emas. Eng daxshatli romonning voqealari Denverning shimoli-g'arbidagi Koloradoning Skalist tog' bag'rilarida joylashgan Stanley mehmonxonasida bo'lib o'tgan. Bir kuni oshxona ishchilari zalda ball ovozlarini eshitishgan, lekin u yerga kirganda zal bo'sh bo'lgan.

Ba'zi mehmonxona mijozlari krovatlari yonida arvohlarni ko'rganliklarini aytishgan. Qo'rqib ketgan mehmonlar ular bilan yuzma-yuz kelganda g'oyib bo'lishgan. Ishchilar va mijozlar foyeda turganda zalda qayta-qayta royal musiqasini eshitishgan, lekin kirib qarashganda esa musiqa to'xtagan va royalning oldida hech kim bo'lmagan.

2. Taos xumi, Taos, Nyu-Meksiko

НЛО, призраки, пришельцы: 5 самых страшных мест в США (5 фото)

Nyu-Meksikodagi Taos - Santa-Fe shimolidan 90 daqiqalik yo'lda joylashgan. Mahalliy aholining 2 %i va shahar mehmonlari g'alati past chastotali guvillashni eshitmaganlarida u o'zining juda ajoyib ko'rinishi bilan mashhur bo'lar edi. Bu g'alati tovushlarni eshitganlar uning to'satdan paydo bo'lishini, gumburlagan shovqinga o'xshash matonatliligini, behudaga ishlayotgan dizel dvigatelini ovozini berishini aytishgan. Taosning gumburlagan ovozini Taosning g'arbidagi Tres Orejasda ko'p eshitish mumkinligini bildirishgan. 1997-yilda AQSh Kongressi o'z tadqiqotchilarini yuboradi, lekin mutaxassislar bu shovqinning kelib chiqish manbasini topa olmaydilar.

3. Rozvell/ Zona 51, Rozvell, Nyu-Meksiko / Las-Vegasning shimoli-g'arbi, Nevada

НЛО, призраки, пришельцы: 5 самых страшных мест в США (5 фото)

Yerdan tashqaridagi hayot signallarini kuzatib boruvchilar 51-Zona haqida biladilar. Amerikaning Nevada janubida joylashgan mashhur BBC bazasi ko'psonli konspirologik nazariyalar bazasi vazifasini ham bajaradi, xuddi Amerika hukumati o'zga sayyoraliklarning tashrifini berkitayotgandek. Turli xildagi farazlar mavjud - ba'zilari o'ta mantiqsiz, lekin ularning bari bir ma'noga ega: hokimlar 51-Zonani qo'lga olingan o'zga sayyoraliklardan tortib olingan texnologiyalarni saqlash va qayta ishlab chiqarish, kabi.

Faqatgina 51- Zona haqida emas, Nyu-Meksikodagi Rozvell  haqida ham mish-mishlar bor. Ba'zilar u yerda 1947-yilda uchar likopchaning qulab halokatga uchraganini aytadi. Zona 51 - yopiq obyekt, Rozvellga esa borish mumkin. Rozvellga yo'l ustida  Xalqaro muzey va NUJ tadqiqotchilar markaziga va Rozvell kosmik markaziga kirib chiqsangiz maqsadga muvofiq bo'lar edi (o'zga sayyoraliklar Zonasida albatta ajoyib suratlarga tushing). 

4. Marfa chiroqlari, Marfa, Texas

НЛО, призраки, пришельцы: 5 самых страшных мест в США (5 фото)

XX asrda Marfa shahrini o'rab turuvchi tog'larda g'alati favqulodda hodisa yuz berdi: tunda, kutilmaganda basketbol to'pi hajmidagi kichik daydi chiroqlarning paydo bo'lishi, shu hodisaning guvohi bo'lganlarni daxshatga solgan. Chiroqlar Yer sathidan bir necha fut balandlikda bug'langan, ba'zida esa ular havoga yuqoriga ko'tarilgan.

Chiroqlar juft bo'lib ko'ringanida ularni avtomobil farasiga o'xshatish mumkin edi. Lekin keyinroq ular turli tomonlarga uchib ketgan, ba'zida soatiga 100 mil tezlikda. Texasda hatto Marfa chiroqlari festivalini ham nishonlashadi ( u har yili Mehnat kuniga bag'ishlab hafta oxirlarida o'tkaziladi).

5. Marjon qasr, Houmstid, Florida

НЛО, призраки, пришельцы: 5 самых страшных мест в США (5 фото)

1920-yillarda Houmstidlik (Mayami janubidan bir soatlik yo'lda joylashgan shaharcha) Edvard Lidskalnin XX asrning eng noyob va sirli inshootlaridan birini qurdi. Marjon qasr har biri bir-biridan oshuvchi ohaktosh plitalardan qurilgan. Ulardan Stounxendj va Misr piramidalarini qurishda foydalanilgan. Lindskalnin hech qanday mashinalardan foydalanmagan: u ulkan toshlarni qanday qilib qo'lida surgan - hali hamon sirligicha qolmoqda. Uning mexanizmini hech kim aniq bilmaydi, lekin qo'shnilarining aytishicha, u toshlarni qandaydir yo'l bilan ko'tarilishga majbur qilgan.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations