O’lik dengiz to’g’risidagi e’tiborga loyiq faktlar
Sayyoramizdagi oqova suvisiz yopiq o’ta sho’r suv havzalaridan eng yirigiga bejiz “o’lik” dengiz deb nom berilmagan. Uning suvi tarkibidagi ma’danli tuzlar kontsenratsiyasi shu qadar balandki, unda na suv o’simliklari, na baliq, na boshqa birorta organizm yashay oladi.

Biroq, o’lik dengizda juda uzoq bo’lmagan vaqt mobaynida cho’milish foydali bo’lishi mumkindir. Tuzning konsenratsiyasi suvnishu darajada “og’irlashtirib” yuboradiki, bu suv havzasida sho’ng’ib bo’lmaydi, cho’milish paytida cho’kib ketib ehtimoli esa umuman yo’q, xatto suzishni bilmaydigan odamlar uchun ham. Buni hamma biladi. Ammo “o’lik dengiz”ga tegishli ko’pchilikka noma’lum, lekin juda qiziqarli boshqa faktlar ham mavjud. Ular bilan sizlarni quyida tanishtiramiz.

Nima uchun O’lik dengiz "o’lik" deb ataladi?

Izroil bilan Iordaniyaning chegarasi bo’ylab dunyodagi eng qiziqarli joylardan biri – o’lik dengiz cho’zilib boradi. Uning qumli bo’lmagan qirg’oqlari dunyoning barcha burchaklaridan bu yerga minglab turistlarni chorlaydi. Juda qiziquvchan odamlar tabiyatning bu ajoyib mo’jizasini o’z ko’zi bilan ko’rishni, shu bilan birga suvlarida cho’kib bo’lmaydigan dengizda bir cho’milishni xohlaydi.

Shular kabi, bu joyning juda g’alati nomining siri ham juda o’ziga tortadi. Nima uchun u bunday vahimali nomga ega ekanligi hamma ham bilavermaydi.

Ma’lumki, O’lik dengiz dunyodagi eng sho’r suv havzasi. Aynan ma’danli tuz tufayli siz bemalol sokin suv yuzasiga yotib olib, cho’kib ketishdan qo’rqmay bemalol sevimli jurnalingizni o’qishingiz mumkin. O’lik dengizdagi tuz konsenratsiyasi kishini hayratga soladi – 1 litr suvga 270 grammdan ortiqroq tuz. Bu juda ham ko’p, chunki boshqa barcha suv havzalarida sho’rlilik ko’rsatkichi juda kam hollarda 1 litrga 35 grammdan oshgan.

Natriy xlorning bu darajadagi miqdori suv tig’izligi ko’rsatkichini salmoqli darajada ko’tarib yuboradi, keyin esa o’z navbatida fizika qonunlari ishga tushadi – odam po’kak qopqoqday suvdan tashqari, ya’ni tepaga chiqariladi. 

Aynan shu ma’danda ham ushbu dengizning ma’shum nomlanishining sababi yashirinadi. Bunday sho’r suvda faqat juda noyob mikrorganizmlarning turlari yashay olishi ajablanarli emas. Baliqlar, mollyuskalar, suv o’simliklari tuzning bu darajadagi miqdorini ko’tara olmaydi. Dengizga kelib tushsa baliqlar xatto og’riqni ham sezmay bir soniyada o’ladi, ularning qalin tuz bilan qoplangan tanasini to’lqinlar qirg’oqqa chiqarib tashlaydi.

Darvoqe, yahudiylarning ivrit tilida u “Yam ha Maved”, ya’ni “Qotil dengiz” deb ataladi. Ammo O’lik dengizning vahimali bo’lmagan boshqa nomlanishlari – Quyosh dengizi, Lo’t dengizi, Sharqiy, Arava va xatto Asfalt dengizi degan nomlari ham bor.

Mana endi shu savolga yetib keldik – bu dengizda shunday dahshatli kuch qayerdan? Oddiy qilib aytganda – u yerda shuncha tuz qayerdan paydo bo’ladi? Nomlanishi kabi buni ham osonligicha tushuntirib bersa bo’ladi.Tabiatan shunday bo’lib qolganki, O’lik dengiz bu yerga oqib kelayotgan barcha daryolar va buloqlar uchun qopqonday gap – suv havzani hech ham tashlab chiqib keta olmaydi. 

Yakkayu yagona yo’l– bug’lanishdir. Biroq tuz bug’lanmaydi, u dengizda qoladi. Shunday qilib juda ko’p asrlardan beri bu suv havzasida tuz miqdori juda ham ko’payib ketgan. 

Ko’rib turganingizdek, hozirgi paytdan ancha aslar oldin odamlar bu suv havzasiga juda mos nom qo’yishgan – O’lik dengiz. O’z kattaligi tufayli bu ko’l qadimiy odamlar tomonidan dengiz sifatida qabul qilingan, unda hayotdan darak yo’qligi esa qo’rqinchli nomlanishlarning vujudga kelishiga sababchi bo’lgan. 

Yana bir rekord. O’lik dengizning qirg’og’i dunyo okeanining odatdagi sathidan 423 metr pastroqda joylashgan. Sayyoramizda bundan pastroq quruqlik hududlari yo’q.

377 ga teng bo’lgan chuqurligi bu suv havzasini sayyoradagi barcha sho’r ko’llar ichidagi eng chuquri sifatida namoyon qiladi. Avvallari Yerning barcha tabiiy suv havzalari ichida O’lik dengizning suvidagi ma’danli tuz konsenratsiyasi eng balandi (33,7%) deb hisoblanar edi. Keyin aniqlanishicha, bu ko’rsatkich bo’yicha u bilan boshqa yana ikkita ko’l tortisha olar ekan – Djibutidagi Assal ko’li va Antarktidadagi (to’lik muzlab qolgan) Makmerdo ko’llar tizimi. 

O’lik dengiz odam cho’kib ketmasligi uchun uning yuzasida turib hech qanday harakat talab qilinmaydigan yagona suv havzasi emas. Amerika Qo’shma Shtatlaridagi Yuta shtatining ma’muriy markazi –Solt-Leyk Siti, ya’ni “sho’r ko’l shahri”ning nomlanishiga sababchi bo’lgan Sho’r ko’l ham xuddi shunday fazilatga egaligi bilan mashhur. Biroq, O’lik dengizda suvning tig’izlik ko’rsatkichi balandligi tufayli bu effekt ancha yorqinroq namoyon bo’ladi.

Dunyo okeanining o’rtacha ko’rsatkichidan 8,6 barobar baland bo’lgan ma’danli tuzlar konsentratsiyasi o’lik dengizini hayot uchun umuman yaroqsiz qilib qo’yadi. Unda faqatgina ayrim mikroorganizmlar yashay oladi.  

O’lik dengizning uzunligi 67 kilometr, eng keng joyi esa 18 kilometrni tashkil etadi. Unga bir necha daryolar kelib quyiladi (eng yirigi – Iordan), lekin birorta daryo ham oqib chiqmaydi. Bu suv havzasi Sharqiy Afrika yer qobig’i yorilgan joylarining qoq ustida joylashgan.

O’lik dengiz va uning qirg’og’i juda noyob kurort-sog’lomlashtirish potensialiga egaligi tufayli bu yerga juda ko’plab turistlar keladi hamda sog’liqni saqlash sohasi bilan bog’liq tadqiqotlar olib boriladi. O’lik dengizning suvi ma’danli tuzlarning noyob yig’indisini o’z tarkibiga oladi, bu yerdagi muhitda umuman o’simliklarning gul changi yoki boshqa allergenlar yo’q, juda past joylashganlik uchun esa bu yerda atmosfera bosimi ancha baland, quyoshning nuridagi ultrabinafsha nurlanishning konsenratsiyasi esa pastroq. 

Osteoxondroz kasalligini davolash uchun eng qulay joylardan biri O’lik dengiz deb bemalol aytish mumkin.

Bibliya manbalariga ko’ra shox Dovud bir qancha vaqt aynan mana shu yerda jon saqlab yashiringan ekan. O’lik dengiz eng birinchi kurort hududlaridan biri sifatida mashhur. Bundan tashqari u turli mahsulotlar uchun: mumlashtirish paytida ishlatiladigan malhamlar, tibbiy vositalar, o’g’itlar va hokazolar uchun hom ashyo manbasi sifatida xizmat qiladi. 

Aynan shu yerda tabiiy sharoitda asfalt bilan bitum kabi moddalar hosil bo’ladi. Mahalliy qora saqich qadimdan misr mumiyalarining mumiyolash vositalari tarkibiga kirgan. O’lik dengizining qirg’og’i bo’ylab Yer yuzidagi eng past joylashgan avtomobil yo’li joylashgan. 90 shossesining aksariyat qismi dunyo okeanining odatdagi sathidan 393 metr pastroqda joylashgan.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations