Olimlarni boshi berk ko’chaga olib kirib qo’ygan 6 nafar tabiat jumboqlari
Dunyoda nafaqat olimlarni, ular bilan birga eng “dovyurak” konspirologlarni ham boshi berk ko’chaga olib kirib qo’yayotgan, yechim topishga imkon bermayotgan jumboqlar va sirlar talaygina. Bu jumboqlarning mavjudligi shu darajada murakkabki, ularning naqadar ajoyib ekanligidan beihtiyor hayratga tushasiz.

Olimlar ushbu faktlarni asoslab berish imkonini topa olmayotgan bo’lsalar, oddiy odamlarning ko’pchiligida ular haqida katta taassurotning o’zi mavjud emas. Bizning mazkur sahifamizda esa tabiatning eng ajoyib sirlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishib olasiz.

1. Sigir kompasi

1. Sigir kompasi

Bu g’alati eshitilishi mumkin, biroq Google Earth aniqlagan ma’lumotlarga ko’ra, sigirlar doimo biror narsa yegan yoki ichgan paytida qat’iy ravishda boshi bilan shimol yoki janubga qarab oladi. Bu holat dunyoning barcha burchaklarida joylashgan hayvonlarga taaluqlidir.

Ushbu holatining asl sababini hech kim haligacha tushuntirib bera olgani yo’q.

2. Biologik hilma-hillik

2. Biologik hilma-hillik

Ekvatorial iqlimda eng boy biologik hilma-hillik mavjud. Bu yerda gap nafaqat o’simliklar yoki hayvonot olami xaqida, balki mikroorganizmlar haqida ham va birinchi navbatda viruslar haqida boradi. Olimlar nima uchun aynan ekvatorda tirik mikroorganizmlarning juda katta miqdori jisplashganligini tushunishga urinib, bu jumboq ustida haligacha bosh qotiradilar. Nazariyalar juda ko’p, biroq, ularning ichida birortasi ham isbotlangan va to’liq asoslab berilgan emas.

3. Argentina chumolilari

3. Argentina chumolilari

Sayyoramizning uchta qit’asini o’zi mustaqil ravishda (shu jumladan, insonning “yordami”siz) istilo etgan, insondan keyingi yagona tur – hisoblanuvchi argentina chumolilari sanaladi. Ma’lumki, chumolilar Janubiy Amerikada paydo bo’lgan va keyinchalik Yevropa va Osiyoni ishg’ol etgan. Bu aynan qanday usulda ro’yobga chiqqanini haligacha hech kim bilmaydi. Shunisi ham qiziqki, ko’chib o’tishdan keyin ham hasharotlarning genetik kodi zarracha o’zgarmagan.

4. Ko’pchilik paradoksi

4. Ko’pchilik paradoksi

Evolyutsiya nazariyasi izchil va go’zal. Ammo, fitoplankton kabi bir-ikki nuqsonlar bundan istisno. Barcha gap shundaki, bu eng kichik mikroorganizmlar dunyoda juda ham ko’p ekanligini anglatadi. Ular shu darajada mo’l-ko’lki, evolyutsiya nazariyasiga qaraganda ular bizning sayyoramizda allaqachon qirilib ketgan bo’lishi kerak edi.

5. Havo kerak emas

5. Havo kerak emas

Kislorodning mavjudligi yer sayyorasida hayotning paydo bo’lishi uchun eng muhim omillardan biri ekanligi barchaga ma’lum. To’plangan bilimlar asosida olimlar shuni tan olishga majbur bo’ldilarki, bu gaz hayotning paydo bo’lishi uchun o’ta universal moddadir. So’zsiz, o’zga sayyoralarda boshqa sharoitlar ham bo’lishi mumkin.

Lekin Yer masalasida-chi? Bir vaqtlarda kislorodga ehtiyoji bo’lmagan mikroorganizmlarning aniqlanishi hammani hayratga solgan va shov-shuvga sabab bo’lgan edi. Yaqinda esa kislorodga ehtiyoji yo’q yana bir hayvon - umurtqasiz lyutsiferlarning yangi turi topildi. Ularning qanday qilib evolyutsiyaga erishgani haligacha sir bo’lib qolmoqda.

6. Ildizlar qayerda?

6. Ildizlar qayerda?

Olimlarning bir necha avlodini aqldan ozdirgan yana bir jumboq. U ham allaqachon darzi ketayotgan va puxta ishlanishi kerak bo’lgan evolyutsiya nazariyasiga taaluqli. Asosiy masala shundaki, yerdagi juda ko’p turlar hech qanday ajdodlariga ega emas, har holda, olimlar ularni topa olishmayapti. Bu hayvonlar bilan birga o’simliklarga ham taaluqli holatdir.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations