O'z qarindoshlari bilan turmush qurgan 13 ta tarixiy shaxslar
Ko'pgina mamlakatlar madaniyatida o'zining bir qorin nari aka-ukalar, opa-singillarga, amakivachcha, ammavachcha, xolavachcha, tog'avachchalarning farzandlari bir biri bilan turmush qurmog'i oqlanmaydi, ba'zi joylarda esa, bu hattoki noqonuniy hamdir. Ammo, ba'zi, tarixda qanday bo'lmasin, o'z izlarini qoldirgan, kishilarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va kerak bo'lsa, medisina tomonidan ko'rsatmalar juda kam qiziqtirganga o'xshaydi.

Shunday qilib sizga o'z yaqin qarindoshlari bilan, juda ham katta sevgi sababidan o'zga sababsiz, turmush qurgan 13 ta mashxur erkak va ayollarni havola etamiz.

Djessi Djeyms

Gangster, talonchi va qotil Djessi Djeyms amerika tarixidagi sal kam eng taniqli jinoyatchilardan biri bo'lgan edi. Unga bo'lgan munosabat ikki yoqlama bo'lgan bo'lib: kimlardir uni sal kam Yovvoyi G'arbning Robin Gud deb tan olgan bo'lsa, yana kimlardir uni asosli ravishda qotil deb tan olgan va eng yuqori jazo turini olishi kerak deb aytganlar. 

O'z "karyera" sining jimjitlik davrining birida Djessi Djeyms o'z amakisinikida, yaralardan tuzalayotgan edi. U yerda u haqida Zerelda  Mimms ismli bir qorin naridagi singlisi g'amxo'rlik qilar edi. Yoshlar bir birlarini sevib qolishdi. 1874 yilning 24 aprelida, 9 yillik uchrashuvlardan so'ng, Djeyms o'z suygan yoriga uylandi. Juftlikda Djessi Edvard ismli o'g'il, Meri Syuzan ismli qiz va go'dakligida vafot etgan, egizaklar tug'ilgan.

Igor Fedorovich Stravinskiy

1882 yili tavallud topgan, rus kompozitori XX asrning musiqadagi eng katta obro' e'tiborli figuralaridan biri hisoblanadi. Stravinskiy o'zining Ekaterina Gavrilovna Nosenko ismli, bir qorin nari singlisini, hali o'spirin bo'lgan vaqtlaridayoq, sevib qolgan. 1905 yili juftlik nikohfan o'tmoqchi bo'lgan edi, ammo, cherkov tomonodan  qarshiliklarga duch kelishdi. Hamma to'siqlarga qaramay, sevishganlar 1906 yili nikohdan o'tdilar va juftlikning farzandlari dunyoga keldi.

Amerikaning 32 chi prezidenti AQSH ning shunday izzat va hurmatli figuralari, Djordj Vashington va Avraam Linkoln lar bilan bir qatorda turadi. Ruzvelt 1933 yildan to 1945 yildacha prezident postini egallagan.

1904 yilning 17 martida, o'z onasinig juda qattiq noroziligiga qaramay, uzoq qarindoshi, Amerikaning boshqa bir prezidenti Teodor Ruzveltning jiyaniga, Eleonor Ruzveltga uylangan. Juftlik nikohda 40 yil davomida yashadi va olti nafar farzandlar ko'rdi. Vaqt o'tgan sayin ularning munosabatlari asl mohiyati siyosiy partnyorlikka, Franklinning ko'p sonli ishqiy munosabatlari va rafiqasining soyosiy ambisiyalari tufayli, aylanib qolgan.

Iogan Sebastian Bax 

Tarixning eng buyuk kompozitorlaridan biri ham sevgining vasvasasiga qarshi chiqib o'tirmadi va butunligicha sevgiga berilib ketdi. 1707 yili, avliyo Vlasiyning Myulxauzendagi cherkoviga organist lavozimiga ishga kirganidan keyin, Bax o'zining bir qorin nari singlisi Mariya Barbara Baxga uylandi. Ularning birgalikdagi hayoti to'g'risida kam ma'lumdir. Juftlikda etti nagar farzand tug'ilib, ularning to'rt nafari tirik qolgan va hattoki ularning ikkitasi otalari singari kompozitor bo'lib yetishishgan. Oradan 13 yil o'tib, Mariya vafot etgan. Hamda oradan bir yarim  yil o'tib, Bax qo'shiqchi Anna Magdalena Vilkaga uylandi. 

Gerbert Djordj Uells

 Angliyalik yozuvchi,ilmiy fatastika janrinig urug' boshlig'laridan biri bo'lib hisoblanadi. Biologiya fanlari doktori bo'lib, Uells, fantastni juda ko'p asarlarini yozishga ilhomlantirgan, Charlz Darvinning barcha nazariyalarini qo'llab-quvvatlagan.

1891 yilda Gerbert Uells o'zining bir qorin nari singlisi Izabella Meri Uellsga uylandi. Juftlik, yozuvchining student Emi Robins bilan oralaridagi munosabat haqida ma'lum bo'lgandan so'ng, turmush qurgandan keyin oradan to'rt yil otib, ajrashib ketishgan. Qisqa vaqt o'tib Uells Emi Robinsga uylandi va juftlikning farzandlari tug'ilgan. 

Tomas Djefferson

Bizning ro'yxatimizdagi yana bir prezident, 1801 yildan to 1809 yilgacha davrdagi hukumat boshlig'i, endigi navbatdagi uchinchisi, Tomas Djefferson. Vilgelm va Mariya kolledji bitiruvchisi va ish yurituvchi yurist Djefferson Mustaqillik Deklorasiyasi mualliflaridan biridir. 

O'zining beva qolgan, xolavachchasi, Marta Ueyls Skeltonga, 1772 yili uylandi. Baxtga to'la bo'lgan, olti nafar farzandlari tug'ilgan, oilaviy hayotligi to Martaning 33 yoshidagi o'limiga qadar, davom etgan. Bundan so'ng Djefferson boshqa uylanmadi, Oq uydagi birinchi ledi vazifalarini, onasi sharafiga Marta Djefferson Rendolf deb ism qo'yilgan, qizi bajargan edi.

Albert Enshteyn

Jahondagi eng mashxur olimlardan biri ikkinchi marotaba o'zining amakivachchasi Elza Enshteynga 1919 yili, etti yil davom etgan ishqiy munosabatlardan keyin, uylandi. 1933 yili juftlik AQSH ga emigrasiya qildi. Oradan uch yil o'tib esa, Elza yurak hastaligi sababli vafot etgan. Bu turmushda farzandlar tug'ilmagan.

Charlz Darvin

Olim jahon tarixdaga eng obro' e'tiborli figuralardan bir bo'lgan. Darvin, o'ziga turmush o'rtoq tanlayotganida, o'zining "eng kuchli bo'lganlar yashab qoladi" degan nazariyasi bilan foydalanganmi yoki yo'qmi, bu noma'lumdir. Biroq, u o'zining bir qorin nari singlisi Emma Vedjvud bilan nikoh o'qitgan. Juftlikda 10 nafar farzandlar dunyoga keldi. Ularning uch nafari go'dakligida vafot etgan, qolgan farzandlari juda ham kasalmand bo'lganlar. Olim bularning sababi yaqin qarindoshlik munosabatlarda deb qo'rqqan edi. Shunga qaramay, uning farzandlari va nabiralarining ko'pchiligi hayotda katta yutuqlatga erisha olgan.

Edgar Allan Po 

Detektiv janrining asoschisi Edgar Allan Po 1809 yili Bostonda tavallud topgan bo'lib, yozuvchilik faoliyati orqali, to 40 yoshida, o'z vafotigacha, kun ko'rar edi. 

27 yoshida yozuvchi o'zining 13 yoshlik Virdjiniya Kemm ismli kuzinasiga (xolasining qiziga) uylandi. 1835 yili bo'lib o'tgan maxfiy nikoh o'qitish marosimidan so'ng, juftlik tinch va osuda hayot kechirar edilar. 1847 yili Klemm, 24 yoshida, besh yillik besamar ketgan davolashdan so'ng, vafot etdi. Rafiqasining og'ir hastaligi va alkogolni suiiste'mol qilish, yozuvchining ijodiga qattiq ta'sir o'tkazgan deb hisoblanadi va u rafiqasi ortidan, oradan ikki yildan keyin vafot etgan.

Djerri Li Lyuis 

Amerikalik qo'shiqchi, rok-n-rollnins asoschilaridan biri, o'z karyerasining eng cho'qqisida, 1957 yili, 13 yoshlik, o'zining bir qorin nari singlisi, Mayra Geyl Braunga uylandi. O'sha vaqtda qizaloq 15 yosh bo'lgani haqidagi ishontirishlarga qaramay, qo'shiqchining obro'siga juda katta putir yetkazilgan edi. Uning qo'shiqlarini radiostansiyalarda uzatmay quyildi, tomoshabinlar undan yuz o'girishdi. 1960 yillarda Lyuis yana mashxurlikka erishdi, ammo, avvalgi cho'qqisiga shu bo'yicha qayta olmagan.

Qirolicha Elizaveta II

1934 yili, eng uzoq vaqt hukum surgan monarx maqomini olishidan ancha avval, Elizaveta II Gresiya va Daniya Shaxzodasi Filipp bilan tanishgan edi. Juftlik oila qurdi va ularning to'rt nafar farzandlari dunyoga keldi. Elizaveta va Filipp bir birlariga juda uzoq bo'lsada, qarindosh bo'lib, ular bir biri bilan amakivachchalardir. 

Qirolicha Viktoriya

Viktoriya 18 yoshida, otasi va uch nafar katta akalari olamdan o'tib, uni Britaniya taxtini eng yosh me'rosxo'rlaridan biriga aylatirganlaridan so'ng, qirolicha bo'lgan.

1840 yili qirolicha, o'zining bir qorin nari akasi bo'lmish, Albert-Saksen-Koburg-Gotskiyga turmushga chiqdi. 20 yil davom etgan oilaviy hayotligi juda baxtli va mustaxkam bo'lib, unda to'qqiz nafar farzandlar dunyoga kelgan. Bu oilada faqatgina sevgi va Britaniya oldidagi burch bo'libgina qolmay, balki, havf xatarlarga ham to'la bo'lgan bo'lib, shaxzoda-konsort qirolichani, o'zi bilan, ikki marotaba, o'qlardan himoya qilib, to'sib qolgan. Albert, 42 yoshida infeksiya tufayli, olamdan ko'z yumgan bo'lib, qirolicha esa, azadorlik kiyimini o'z hayoti oxirigacha kiyib yurgan. 

Kristofer Robin Miln

Yozuvchi, Alan Milnning o'g'li va Vinni-Pux haqidagi ertaklar to'plamidagi Kristofer Robinning pritotipi, ota-onasi bilan yomon munosabatlarda edi. Buning sababi, ular, ayniqsa onasi, Kristofer Robin bilan bolaligida unchalik qiziqishmaganligidadir. 1948 yili Kristofer Robin, o'zining bir qorin nari singlisi, Lesli Salinkurtga, ota-onasining qarshiliklariga qaramay, uylandi. 1956 yili juftlikning, birinchi va yagona qizlari, Kler dunyoga kelgan. Keyinchalik unga "serebal paralichi" tashxisini qo'yisgdi. Aytganday, Kristoferning onasi, o'z o'lmiga qadar, o'n besh yil davomida u bilan gaplashmagan. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations