O'zbekistonda tasviriy san'atning rivojlanish tarixi
O‘zbekistonda san’at va madaniyatning rivojlanishi o‘zining qadimiy tarixiga ega. U bir necha asr davomida va turli bosqichda san’at, madaniy merosimizni boyitdi.

Al-Havornak qasrining qurilishi. 1495-yil Xamsa miniatyurasi. Londondagi Britaniya kutubxonasi

Iskandar va yetti donishmand. 1495-1496 yillar Xamsa miniatyurasi. Londondagi Britaniya kutubxonasi

Nizomiyning "Hamsa" asari nusxasiga (1442, Londondagi Britaniya muzeyida) 1493—1535 yillar davomida ishlangan 19 miniatyuradan 3 tasi Behzod ijodi mahsuli. "Layli va Majnun qabilalari jangi", "Suvoriylar jangi" va "Bahrom Goʻrning ajdar bilan olishuvi". Bularda "Savarraxu alabd Behzod" degan yozuv bor. Nizomiyning"Hamsa" asari nusxasidagi (1494, Londondagi Britaniya muzeyida) 22 rasmdan 7 tasida Behzod nomi qayd etilgan. Amir Xusrav Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostoni qoʻlyozmasiga (1495, Sankt Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin nomidagi xalq kutubxonasida) Behzod "Layli va Majnun maktabda", "Doʻstlari va otasi Majnunga nasihat qilmoqsalar" nomli rasmlarni chizgan. Amir Xusrav Dehlaviyning "Layli va Majnun" dostonining Sulton Muhammad Hiraviy koʻchirgan qoʻlyozmasi (Sankt Peterburg)da Behzodga nisbat berilgan "Madrasadagi bahs", "Layli va Majnun maktabda", "Layli va Majnun sahroda", "Majnun Laylining iti bilan" va "Majnunning elchisi Layli huzurida" nomli miniatyuralar bor; Saʼdiyning "Guliston" asari qoʻlyozmasining (1486,Garvarddagi Fogg sanʼat muzeyida, sobiq Rotshild majmuasidan) xattot Sultonali Mashhadiy koʻchirgan nusxasiga Behzod 2 rasm ishlagan. Amir Xusrav Dexlaviyning "Hamsa" asari qoʻlyozmasidagi (1495, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) 13 rasmning 4 tasida Behzod asarlariga xos xususiyatlar mavjud. "Sulton Husayn bogʻda" qoʻshaloq rasm (1485—90, Tehrondagi Guliston muzeyi, muraqqada). "Chol va yigit" rasmi (Nyu Yorkdagi Kevorkyan majmuasida). "Tuyalar olishuvi" rasmi (Tehrondagi Guliston muzeyida), Sulton Husayn portreti (Shvesiyadagi F. Martin majmuasida), Muhammad Shayboniyxon portreti (Timken Burnet majmuasida), Abdurahmon Jomiy portreti (Erondagi Rizo kutubxonasida), "Sulton Husayn va Alisher Navoiy" qoʻshaloq rasm (Sankt Peterburgda). Bulardan tashqari, Behzod asarlari al-Xavarnaq qasrining qurilishi (Nizomiyning "Hamsa" asariga Behzod ishlagan miniatyura) kutubxonalari, qoʻlyozma fondlari, muzeylari va shaxsiy majmualarda ham mavjud. Ustod sanʼatkor sifatida Behzod Hirot va Tabrizda qator shogirdlarni tarbiyalab yetkazdi. Uning shogirdlari Behzod anʼanalarini butun Oʻrta Sharqqa yoydilar. Behzod anʼanalari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Temur va misr sultonining jangi. Temur zafarnomasi. 1528-1529 yillar. Guliston saroyi kutubxonasi. Tehron. Qo'lyozmaning boshid Behzodning dastxati borligiga qaramay zamonaviy olimlar bu suratni aynan Behzod o'zi chizganligiga gumoni bor. Bu to'g'rida usuli ham, o'sh yillrda Behzod ancha qarib qolganligi va tasvir tushirish jarayonini faqat boshqarishi mumkin bo'lganligi ham guvohlik beradi.

Iskandar va suv parilari. 1495-6 yillar Xamsa miniatyurasi. Londondagi Britaniya kutubxonasi

Mahmud Muzahhib (Muzahhib oltinbilan bezovchini anglatadi) o‘z ustozidan eng yaxshi fazilatlarini tasviriyvositalarda yaxlit ifoda etishni o‘rgandi.

Bizgacha yetib kelib, hozirda Parijdagi milliy kutubxonada saqlanayotgan, XIV-asrga mansub Rashid-ad-Dinning"Maqolalar to‘plami" ga ishlangan miniatyura (mo‘j’az san’at) portretlari O‘rta Osiyoda qadimgi tasviriy san’at asarlari hisoblanadi.

XIV-asrga kelib Samarqandda Amir Temurning "Bog‘i Shamol", "Bog‘i Dilkusho" saroylari devorlariga, harbiy yurish, jang va ov marosimlarida Temurni o‘z kanizaklari, Amir, shaxzodalari bilan o‘z davrining miniatyurachi rassomi Axmad Bog‘i-Shamol tomonidan tasvirlangan.

O‘rta Osiyo miniatyura san’atini gullab rivojlanishi XV-asrda boshlanadi. XV-asrni ikkinchi yarmida Hirot Husayn Bayqaro saltanatida buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy rahnamoligida taraqqiy etgan madaniyat o‘chog‘iga aylanadi.

Hirot adabiyot va san’at namoyondalari ichida Kamoliddin Behzod yorqin yulduz bo‘lib yarqiradi.

Xorun al-Rashid hammomda.1495-6 yillar Xamsa miniatyurasi. Londondagi Britaniya kutubxonasi



Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations