Pardozdagi 10 xato
Har tong ko‘zgu qarshisiga joylashib olgancha qo‘l ostingizdagi pardoz vositalari ila yuzingizga oro berish barcha ayollar qatori siz uchun odat tusiga kirgan bo‘lsa ajablaymaymiz. Bir qarashda o‘ta mayda ko‘rinsa ham, o‘zgalar qiyofasida nazar tashlasangiz, pardoz borasidagi xatolarning naqadar hunuk va yoqimsiz ekanligiga amin bo‘lishingiz mumkin.

Har tong ko‘zgu qarshisiga joylashib olgancha qo‘lostingizdagi pardoz vositalari ila yuzingizga oro berish barcha ayollar qatorisiz uchun odat tusiga kirgan bo‘lsa ajablaymaymiz. Bir qarashda o‘ta maydako‘rinsa ham, o‘zgalar qiyofasida nazar tashlasangiz, pardoz borasidagixatolarning naqadar hunuk va yoqimsiz ekanligiga amin bo‘lishingiz mumkin.Notabiiy yuz terisi, haddan ortiq qizil yonoqlar, asl nus'hasidan asar hamqolmagan qoshlar, pirpirasa qoshlardan ham balandroqqa yetguvchi kiprik,yaltiroq lab bo‘yog‘i ila obdan pardoz qilingan lablar ayol kishi haqidagi iliqtaassuortlarni bir zum ichida chippakka chiqarishi hech gap emas. Ana shundayyoqimsiz vaziyatlardan holi bo‘lishni istasangiz pardoz bobidagi 10 ta engqo‘pol xato ila tanishing va ularning aslo takrorlanmasligini uchun harakatqiling. 

1. Nomunosibtonal krem

Qoramag‘iz qizlarning oppoq ko‘inish maqsadida o‘z terisirangidan bir necha bor och tusdagi tonal krem surtib olishlarini ko‘p borakuzatgan bo‘lsangiz ajab emas. Bo‘yinva yuz terisi rangi orasidagi tafovut sizning did borasidagi salohiyatingizdandarak berib turadi. Shu sababli tonal krem rangini tanlashda o‘ta ehtiyotkorbo‘lish tavsiya etiladi.

2. Yuvilmagan sochlar

Tashqi ko‘rinishingiz va hatti-harakatlaringiz qanchalar chiroyli bo‘lmasin, hajm siz va parvarishlanmagan soch “dangasa” tamg‘asiga ega bo‘lishingiz uchun yetarli. To‘g‘ri, ayrim paytlarda haddan ortiq charchaganimiz sabab bosh yuvishga kuch topa olmaymiz. Ammo tong chog‘i har qachongidan 20 daqiqa ertaroq turib, soch turmaklash uchun imkon topilsa kerak?! Nima dedingiz?! 

3. Notabiiy qosh

Go‘zal ko‘rinish uchun asl qoshlaringizdan voz kechgan holda qalam bilan ingichka chiziq chizib olishingiz shart emas. Tabiiylik doimo hurmat shohsupasining yuqori o‘rinlarini egallab kelgan va bu qoshlaringizning tabiiy ko‘rinishiga birozgina ishlov berishingiz uchun yetarli sabab, nazarimizda.

4. Tatuaj

“Qosh bo‘yashga vaqtini ketkazib yuramanmi? Uning o‘rniga tatuaj qildirib olaman!” deya bong urayotgan opa-singillar! 

Tabiiy go‘zalligingizni hech narsaga almasha ko‘rmang! Siz vaqt tejash maqsadida afzal ko‘rgan tatuaj bo‘yoqlari vaqt o‘tib, ko‘k, yashil, eng so‘nggida siyohang tusga kiradi. Bora-bora qoshlaringiz o‘rnida bo‘yoq emas, rangli dog‘lar aks etadi. 

5. Bo‘yalgan kiprik

Kipriklar - tashqi ko‘rinishning eng muhim detallaridan biri. Shu sababli ularni tush yordamida haddan ortiq bo‘yashga odatlanmang! Ko‘chaga otlanishdan avval tush cho‘tkasi yordamida ularga bir necha bor bo‘yoq tekkazishingizning o‘zi kifoya.

6. Tonal krem surtilgan lablar

Lablarni tonal krem ila pardozlash urfi allaqachon o‘tib ketgan bo‘lsa ham, ahyon-ahyonda bunday tajribaga qo‘l uruvchi ayollar hamon uchrab turadi. Pardoz ustalari bu borada lablar pardozi uchun tonal kremdan mutlaqo foydalanmaslikni tavsiya etadilar. Bu lablaringiz terisining qurib ketishiga olib keladi va labdagi chiziqlar krem bilan to‘lib qolgancha, o‘ta yoqimsiz ko‘rinish hosil qiladi.

7. Nomunosib ten

O‘ta yorqinrangli ten bilan butun qovoq sohasini bo‘yab olish yuzingizni asl go‘zallik tushunchasidan uzoqlashtiribgina qolmay, kulguli ko‘rinish baxsh etadi. 

8. Ko‘zning pastki qismini bo‘yash

Ko‘zning pastki shilliq qismini bo‘yash ko‘zlaringizni bodomsimon holatga olib kelsa ham haddan ortiq kichik ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Shu tufayli pardoz ustalari qovoqning shilliq qismini emas, kipriklar chizig‘ini bo‘yash kerak deya ta’kidlaydilar.

9. Qovoqdagi tush qoldilari

Kunning ikkinchi yarmiga kelib, kipriklaringizdagi tush qurigancha qovoqlarga to‘kila boshlaydi, bu esa ko‘z atrofida qora halqalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday muammoni cheklab o‘tish maqsadida yuqorida ta’kidlanganidek kipriklarni haddan ortiq bo‘yash tavsiya etilmaydi. 

Ko‘zlaringizni aslidan kattaroq ko‘rsatish maqsadida podvodka yordamida qora qiziq tortsangiz-u, chiziq kipriklaringiz ila birlashmasa, ulr orasidagi bo‘shliqni qala yordamida ehtiyotkorlik bilan bo‘yab yuboring va uing ustidan yana bir bor podvodka yurgizing.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations