Qadimda ajdodlarimiz kundalik turmushdagi ehtiyoj va muammolarini qanday hal qilganliklarini bilasizmi?
Bizning ajdodlarimizning imkoniyatlari biznikichalik qulay va o’ng’ay bo’lmagan. Biroq ularning ham o’zlariga yarasha topqirliklari hamda ixtirochilik fazilatlari bo’lgan, shuning uchun ham kundalik yumushdagi muammolarini o’zlaricha hal qilganlar. Ushbu maqolamizda ajdodlarimiz mushkullarini oson qilish uchun qanday usullardan foydalangaliklari haqida batafsil aytib o’tamiz. Bu usullar hozir bizga kulguli tuyulsada, o’z vaqtida topqirlikdan dalolat bergan.

1.Sumkalar o’rniga zanjirlar oshishgan

1.Sumkalar o’rniga zanjirlar oshishgan

XIX asrda kiyimlarning cho’ntaklari bo’lmagan, sumkalar ham hali urfga kirmagan edi. Shuning uchun ham ayollar o’zlari bilan olib yurishlari kerak bo’lgan mayda-chuyda narsalarini shatlenga qistirib olib yurar edilar. Shatlen fransuzcha so’z bo’lib, “saroy xonimi” degan ma’noni beradi. Bu zanjirli o’ziga xos taqinchoq bo’lib, aksessuar vazifasini ham bajarar edi. Bu zanjirning qichqichlari bo’lib, unga kalit, hamyoncha, soat, qaychi, yozuv daftari, atir, kosmetika va boshqa shunga o’zshash mayda chuyda narsalar qistirilar edi. 

Shatlen huddi hozirgi zamonning sumkalari vazifasini bajarar va urfga kirgan edi. Shatlenlarning bir necha xillari mavjud bo’lgan: kundalik turmush uchun, sport shatlenlari va turli marosimlarga taqiladigan shatlenlar bo’lgan. Bizning davrimizgacha faqatgina brosh-shatlenlar yetib kelgan, xolos.

2.Makiyaj uchun konusdan foydalanilgan

2.Makiyaj uchun konusdan foydalanilgan

1939 yilda Monrealda ayollarning makiyaji yomg’irli kunda oqib ketmasligi uchun biror-bir usul topishga harakat qilish boshlandi. Va nihoyat buning uchun maxsus shaffof konusdan foydalanishni o’ylab topdilar: bu konus ayolning yuziga taqilar va yomg’ir tomchilarining yuzga tushishiga to’sqinlik qilar edi. Bu usulning bir muncha kamchiliklari bor edi – konus bir pasda terlab ketar, uchrashuvlarga to’g’ri kelmas va umuman bema’nidek ko’rinar edi. Biroq shunga qaramasdan, ko’pchilik ayollar bunday konuslarni ishlatishdan bosh tortmaganlar. 

3.Olovni granata yordamida bartaraf etganlar

3.Olovni granata yordamida bartaraf etganlar

1723 yilda Angliyada ko’plab yong’inlar kelib chiqqan. Kimyogar Ambroze Godfrey aholi yong’inni osongina bartaraf etish moslamasini yaratdi. Harden Star nomli bu moslama oddiy granata edi.

Sharsimon kolbaga olovni o’chiradigan suyuqlik va ichiga pirox solingan qalayi kolba joylashtirilgan edi. Granatani olovga otganda, porox portlar va shu bilan olovni o’chiradigan suvni atrofga purkar edi. Bu usul yaxshi natija ko’rsatibgina qolmasdan, ajoyib ko’rinishga ham ega edi. To’g’ri, bu moslama zamonaviy o’to’chirgichlardek xavfsiz bo’lmagan bo’lsada, har holda o’sha davrlarda odamlarning mushkullarini oson qilgan.

4.Homiladorlikni ayolning ko’zlariga qarab aniqlaganlar

4.Homiladorlikni ayolning ko’zlariga qarab aniqlaganlar

XVI asrda tabib Jak Gullemo ayollarning homiladorligini ularning nigohi va ko’zlariga qarab aniqlay olish usulini o’ylab topgan. Gullemoning ta’kidlashicha, homilador ayolning ko’zlari chuqurroq joylashgan, qorachiqlari toraygan, qovoqlari osilgan bo’lib, ko’zlarning burchagidagi pay esa shishgan bo’lar ekan. 

Bir eshitganda ishonish qiyin bo’lgan bu ma’lumotlar o’sha davrda ish bergan. Bugungi kunga kelib, olimlar haqiqatdan ham ayollarning homiladorlik davrlarida ko’rish qobiliyatlari o’zgarishini aniqladilar. Biroq buni zamonaviy texnika yordamisiz aniqlash mushkul.

5.Ko’pgina muammolarni bartaraf etish uchun elektroterapiyadan foydalanganlar

5.Ko’pgina muammolarni bartaraf etish uchun elektroterapiyadan foydalanganlar

Mana qariyb 2 000 yildan beri odamlar elektroterapiyadan foydalanib kelmoqdalar. Elektr moslamalarining ixtiro qilinishidan avval esa elektr skatlardan foydalanish samarali natija bergan. Masalan, kuchli og’riqda yoki jarrohlik amaliyoti davrida anesteziya sifatida. 

Eramizdan avvalgi 46 yilda esa rimlik shifokor Skriboniy Largus elektr skatlar podagra kasalligini davolashda foyda berishini aniqladi. Keyinchalik u elektr skatlar orqali migrenlarni va hattoki bavosil kasalligini ham tuzatishga muvaffaq bo’ldi. 

6.Mo’ylovlarga xalal bermaydigan idishlar o’ylab topganlar

6.Mo’ylovlarga xalal bermaydigan idishlar o’ylab topganlar

Agarda siz XIX asr jentelmeni haqida oylashni boshlasangiz, albatta mo’ylovli va qo’lida qahvasi bo’lgan erkak kishini ko’z oldingizga keltirasiz. To’g’rida, u davrlarda mo’ylovlar urf bo’lgan, faqatgina ko’p noqulayliklarga sababchi bo’lgan. Shuning uchun ham 1870 yillarda ingliz fuqarosi Harvi Adams mo’ylovlarni quruq bo’lib qolishini ta’minlovchi maxsus chashkalarni o’ylab topdi. 

Bu haqiqiy shov-shuv bo’ldi, idishlar bir haftaning o’zidayoq sotib tugatildi. Ko’p o’tmay esa bu ixtiro Yevropa bo’ylab tarqala bordi, va ko’pgina kompaniyalar shu kabi idishlar ishlab chiqara boshladilar. Masalan, uyqu vaqtida mo’ylovning shakli buzilmasligini ta’minlovchi bog’lam va shuningdek mo’ylovga ovqat tegishidan saqlovchi qoshiqlar ham bo’lgan.

7.Chiqindi gazlar yordamida ovqat tayyorlaganlar

7.Chiqindi gazlar yordamida ovqat tayyorlaganlar

XX asrning boshlarida odamlar ko’p vaqtlarini tabiyat qo’ynida o’tkazishni yaxshi ko’rar edilar. Dam olishga chiqqandan keyin ovqat pishirish kerak, olov oldirib, taom tayyorlash esa ancha mushkul. Shuning uchun odamlar boshqa narsa o’ylab topganlar. Ko’pchilikning mashinasi bo’lgan, shundan foydalanib, odamlar mashinadan chiqayotgan gaz yordamida ovqat pishirishni yo’lga qo’ydilar. Gap shundaki, mashinadan chiqayotgan issiq gaz yordamida ovqatni isitish yoki bir soat ichida yangi taom tayyorlash mumkin edi. 

Bu ixtiro tezda ommalashdiyu, biroq uzoqqa bormadi. Ehtimol, odamlar bunday tayyorlash usuli zararli ekanligini darrov fahmlab yetkan bo’lsalar kerak. 

Nima deb o’ylaysiz, yuz yildan keyin zamonaviy ixtirolardan qay biri kulgili tuyular ekan-a?    

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations