Qiziqarli dunyo: Siz o’zingiz haqida bilmagan 20 ta psixologik faktlar
Insonning ruhiyati dunyodagi eng katta topishmoqlaridan biri bo’lib kelmoqda.
Tadqiqotchilar insonning psixologik xususiyatlari haqida ko’pgina qiziqarli faktlarni bilib olgan, va hatto ba’zi qoidalardan kelib chiqib, bizning harakatlarimizni bashorat qila oladigan bo’lsalarda, hali ko’p narsa nomalum bo’lib qolmoqda.

10. Siz boshqa kishini ayblaysiz, holatni emas (holatni, o’zingizni emas)

10. Siz boshqa kishini ayblaysiz, holatni emas (holatni, o’zingizni emas)

Uchrashuvga kech qolayotgan odamni, va siz uni kutayotgan vaqtni bir eslang. O’shanda siz uning kech qolishini javobgarsizlik va e’tiborsizlik deb tushungansiz. Xuddi shunday holatda siz esa sababini tashqi holatlarga (yo’llardagi gavjumlik) ag’dargansiz. Psixologiyada bu “atributsiyaning fundamental xatosi” deb nomlanadi – ya’ni boshqalarning harakatlarini shaxsning ichki xislatlarini ayblagansiz, o’z harakatingizni esa – tashqi omillarni ayblaysiz (“mening boshqa ilojim yoq edi”, “omadim chopmadi”). Afsuski, nohaq xulosalarga kelishimizni sezib turib, biz baribir xuddi o’sh fundamental xatoga yo’l qo’yaveramiz.

11. Cheklangan bo’lishi mumkin bo’lgan do’stlar soni

11. Cheklangan bo’lishi mumkin bo’lgan do’stlar soni

Ijtimoiy tarmoqlardagi minglab do’stlaringiz bilan maqtana olsangiz ham, aslida ular sizda ancha kamroq. Ruxshunoslar va antropologlar “Danbar soni” ni aniqlashdi – ya’ni odamda bolishi mumkin bo’lgan yaqin aloqalarning maksimal soni 50 tadan 150 tagacha yetadi.

12. Siz ovqatga va xavfga etibor bermay tura olmaysiz

12. Siz ovqatga va xavfga etibor bermay tura olmaysiz

Odamlar favqulodda holatlarni ko’rib qolganlarini to’xtab tomosha qilishlariga e’tibor berganmisiz? Aslida biz xavfli holatlarga e’tibor bermasdan tura olmaymiz. Har bir inson miyasida tirik qolishga javob beruvchi maxsus qadimiy tuzilma mavjud va u so’rab turadi: “Men buni yeya olamanmi? Bu meni o’ldirmaydimi?”. Ovqat, hayot va xavf – bu insonni xavotirlantiradigan narsalardir. Axir ovqatsiz odam halok bo’ladi, agar inson halok bo’lsa, boshqa barchasining ma’nosi yo’qoladi.

13. Siz avallari hech qachon bajarmagan ishni qanday bajarishni bilasiz

13. Siz avallari hech qachon bajarmagan ishni qanday bajarishni bilasiz

Siz oldin iPadni ko’rmagan deb tasavvur qiling, sizga uni berishdi va unda kitoblar o’qib turishni aytishdi. Hali iPadni yoqish va undan foydalanishni boshlashingizdan oldin, miyangizda uni qanday qilib kitob sifatida o’qishning modeli bo’ladi. Sizda kitob ekranda qanday turishi, qanday funksiyalardan foydalanishni, va buni qay tarzda amalga oshirishingiz haqida takliflar bo’ladi. Boshqa so’z bilan aytganda, sizda buni oldin hech ham qilmagan bo’lsangiz ham, planshetdan kitob o’qishning “fikriy modeli” bo’ladi. Sizning bu modelingiz sizdan oldin elektron kitoblar o’qiganlarnikidan, va hatto iPad nimaligini bilmaydiganlardan farq qiladi. Bizning fikriy modellarimiz to’liqmas faktlar, avvalgi tajriba va hatto sezgilarga ham asoslanadi.

14. Sizning kuchingiz yetadigandan ortiq tanlov bo’lishini xohlaysiz

14. Sizning kuchingiz yetadigandan ortiq tanlov bo’lishini xohlaysiz

Xohlagan supermarketga kirganingizda, siz mahsulotlarning katta assortimentini ko’rasiz va buning sababi – odamlarga katta tanlov kerakligi. Supermarketda o’tkazilgan tadqiqotlarning birida ishtirokchilarga avvaliga 6 xil djemni, keyin esa 24 xil djemni taklif qilishdi. Odamlar 24 xillik djemlar qatorida ko’proq to’xtalib o’tgan bo’lsalarda, ular 6-xillik qatordan 6 barobar ko’proq djem xarid qilishgan. Buning ma’nosi oson: ko’proq istaymiz deb tuyulish faktidan qat’i nazar, bizning miyamiz bir vaqtning o’zida cheklangan sonli elementlar bilan ishlay oladi.

15. Siz biror narsa bilan band bo’lgan paytingizda ancha baxtliroqsiz

15. Siz biror narsa bilan band bo’lgan paytingizda ancha baxtliroqsiz

Tasavvur qiling siz aeroportda o’tiribsiz va yukingizni olishingiz kerak. Bunda yuk tarqatish joyiga yetib borishingiz uchun 12 daqiqa sarflanadi. Yuk tarqatish lentasiga yaqinlashganingizda, siz darhol uni olasiz. Shu payt o’zingizni qanchalik toqatsiz his etasiz? Endi shunga o’xshash hodisani tasavvur qiling, faqat endi siz yuk tarqatish yo’lakchasigacha 2 daqiqada borasiz va yukingizni 10 daqiqa kutasiz. Ikkala holatlar ham yukingizni olish vaqti 12 daqiqani tashkil etgan bo’lsada, ikkinchi holatda siz ancha toqatsizroq va baxtsizroq bo’lgansiz. Agar insonda aktiv harakatlanish sababi bo’lmasa, u hech narsa qilmaslikka qaror qiladi. Bu bizga energiyani tejashga yordam bersada, bekorchilik o’zimizni toqatsiz va baxtsiz his etishga majbur etadi.

16. Ko’pgina qarorlarni siz beixtiyor qabul qilasiz

16. Ko’pgina qarorlarni siz beixtiyor qabul qilasiz

Bizning barcha qarorlarimiz yxshigina nazorat qilinayotgan va o’ylab chiqilgan deb o’ylash yoqsada, tadqiqotlarga ko’ra, har kunlik qarorlar aslida beixtiyor qabul qilinadi, va buning sababi bor. Har soniyada bizning miyamizni 11 millionga yaqin individual ma’lumot birliklari hujum qiladi, va biz buni yaxshilab tekshira ololmasligimiz sababli, beixtiyor ongimiz qaror qabul qilishga yordamlashadi.

17. Siz o’z xotiralaringizni o’zgartirasiz

17. Siz o’z xotiralaringizni o’zgartirasiz

Biz o’z xotiralarimizni o’z boshimizda qayta o’ynaydigan kichik “filmlar” dek qabul qilamiz, va ular xuddi kompyuterimizdagi video kabi saqlanadi deb o’ylaymiz. Ammo bu unday emas. Har doim qandaydir hodisaga fikran qaytganingizda, siz uni o’zgartirasiz, chunki nerv yo’laklari har doim turlicha aktivlashadi. Bunga ancha keyingi hodisalar ham, xotiradagi bo’shliqlarni to’ldirish xohishi ham ta’sir qilishi mumkin. Shunday qilib siz, misol uchun, qarindoshlar uchrashuvida kimlar qatnashganini eslab qololmaysiz, lekin xolangiz odatda qatnashadigan bo’lganliklari uchun, u kishi vaqti kelib o’z xotirangizga qo’shib qo’yishingiz mumkin.

18. Siz bir vaqtning o’zida bir nechta ishni bajara olmaysiz

18. Siz bir vaqtning o’zida bir nechta ishni bajara olmaysiz

Agar siz bir nechta ishni bir vaqtning o’ziga bajara olaman desangiz, xato qilasiz. Olimlar, biz bir vaqtning o’zida 2-3 ta ishni qila olmasligimizni isbotlashdi. Albatta, biz yurib o’rtog’imiz bilan gaplasha olamiz, ammo bizning miyamiz vaqtning muayyan qismida faqat birta ishga diqqat bilan qaraydi. Bu, biz ikkita har xil narsalar haqida o’ylay olmasligimizni bildiradi.

19. Sizning eng yorqin xotiralaringiz xatodir

19. Sizning eng yorqin xotiralaringiz xatodir

Psixologiyada xavotirlanadigan va dramatik hodisalar haqida xotiralarni “xotira-uchqun” deb nomlanadi, va ular aslida xatoga to’la ekan. Buning yorqin misoli 11 sentyabr bilan bog’liq hodisalardir. Ruhshunoslar ishtirokchilarga teraktdan biroz o’tib va 3 yildan so’ng nima bilan shug’ullanganlarini, qayerda bo’lganlarini va shu hodisa bilan bog’liq boshqa savollarni berishdi. Aniqlanishicha, ancha keyingi tushuntirishlar birinchi tushuntirishlardan 90 foizga farq qilar ekan. Ko’p odamlar yngiliklarni eshitganlarida qayerda v anima bilan band bo’lganlarini eslay olishadi. Muammo shundaki, ular xato, chunki xotira bilan bog’liq kuchli his tuyg’ular xotiralarni o’zgartiradi.



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations