Qiziqarli faktlar: Dunyodagi eng g’aroyib to’y saroylari
FXDYO – millionlab sevishganlar oila quradigan joy. Shu sababli bugungi maqolamizda aynan shunday turmush quriladigan Saroylar haqida so’z boradi.

Yaqin vaqtlardan buyon Tataristonning belgisi Kazandagi Oila markazi bo’ldi. U katta bino bo’lib, aynan shu bino tufayli shahar o’z nomini olgan degan fikr bor. Binoda shu bilan birga yana shahar FXDYO bo’limi ham bor.

2007 yilda qurilgan Moskva manzarali ko’prigi o’zining ajoyib arxitektura dizayni bilan ajralib turadi, uning cho’qqisida osma kabina ham bor. Aynan unda 2013 yilda eng noodatiy Turmush qurish saroyi ochilgan.

Rossiyaning poytaxti haqida so’z ketganda shimoliy Piterning poytaxti Pushkindagi go’zal saroyni eslatmay ilojimiz yo’q. Katta zal, ajoyib manzara.

Gruziyaning Batumi shahrida dengiz bo’yi bulvarida kichik FXDYO bor. Shunga qaramasdan bu miniature pavilion eng g’ayrioddiy binolardan biri hisoblanadi. Har qalay arxitektura borasida. Qaysi tomonidan tomosha qilishga qarab bino to cho’chqani to chig’anoqni eslatadi.

Gruziyaninga poytaxti Tibilisidagi imorat esa boshqa gap. Ushbu bino sovet davrida qurilgan bo’lib, saroyga ko’proq o’xshaydi. Tog’ bag’rida joylashgan ushbu imorat, shahar xavfsizligini himoya qiluvchi qal’aga o’xshaydi.

Eng mashxur xrustal saroy 1854 yildan 1936 yilgacha Londonda mavjud bo’lgan. Ammo bunday imorat Shotlandiyaning Glazgo shahrida ham qolgan ekan. Bahaybat qishgi saroy Jamoat markazi hisoblanadi, unda Glazgoning asosiy FXDYOsi joylashgan.

Nyu Yorkda to’y marosimlarini statsionar transportlarda o’tkazish urf bo’lmoqda, masalan avtobuslar, limuzinlar mahsus jihozlanadi. Ularda bir yerdan ikkinchi joyga yurib, marosimni nishonlasa bo’ladi.

Las-Vegas atroflarida tashlandiq Nelson shaharchasi bor, bi yerda konchilar qishlog’I bo’lgan. Ammo yaqin damlarda ushbu shaharcha to’y marosimlari uchun turistik joyga aylandi. U ochiq osmon ostidagi bahaybat FXDYO bo’limi bo’ldi.

Sietldan 30 km uzoqlikda toza o’rmonda ajoyib to’y maydoni joylashgan. Bu saroy emas, bu daraxtdagi uy, unga osma ko’prikdan borsa bo’ladi. Xavfsiz emas, lekin juda romantik.

Nyu Jersida esa to’y saroyida bahaybat akvariumda joylashgan, unda dengiz olamining rang barang vakillari yashaydi. Juftlik ajoyib manzara o’rtasida bo’ladi.

Baribir ham Las Vegasni to’y shahri deb atash ma’qulroq! Axir bu yerda turli xildagi to’y saroylari joylashgan. Masalan, Elvis Presli stilidaka yasalgan maydonda turmush qurishingiz mumkin, undan keyin esa shahar bo’ylab pushti avtomobilda aylansangiz ham bo’ladi.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations