Qiziqarli faktlar: Kiyev
Bir yarim ming yil avval Kiy, Shek, Xoriv va ularning singlisi Lebed tomonidan qurilgan shahar hozirgacha qad rostlab turibdi. Bu vaqt davomida shahar haqida ko’plab qiziqarli faktlar yig’ilib qolgan. Shaharda ko’plab e’tiborga sazovor va qiziqarli joylar mavjud.

Aynan shu shaharda ishlab turgan eng chuqur metropolitan bekati “Arsenalnaya” joylashgan. Bekat 105 metr chuqurlikda joylashgan.

Boshqalari orasida Andreyevskiy xram o’zining arxitekturasi va qo’ng’iroqlari yo’qligi bilan ajralib turadi. Bunga sabab eski afsona: qo’ng’iroq ovozi shaharni ko’mib qo’yishi mumkin bo’lgan yer soti suvini uyg’otib yuborishi mumkin. Ushbu provoslav sobori, soborlar orasida unikal hisoblanadi.

Yevropadagi eng uzun ko’prik – Dnepr daryosi ustidan o’tgan.

Hammaga ma’lum Kreshatnik ko’chasida butun tarixi davomida 7 martta nomi o’zgartirilgan.

Aynan shu shaharda eng qadimiy ko’cha – Vladimirskaya joylashgan uning Yoshi bir asrdan oshadi.

Poytaxt haykali “Vatan – Ona” balandligi bo’yicha ozodlik haykalidan o’tadi. Kiyev Yevropadagi 19 asrda tramvay ekspluatatsiyaga tushirilgan ikkinchi shahardir. Va aynan shu yerda birinchi trolleybuslar yo’lga tushgan – xalqda ularni “poyezdlar” deb atashgan. Moskvaning asoschisi Yuriy Dolgorukiy Kiyevga ko’milgan.

Yevropada aholi soni bo’yicha oltinchi o’rinda turadi. Eng qadimiy binolardan biri afsonaviy Podoleda joylashgan, u chorak mingyillikdan ko’proq turgan, uning to’g’risidagi daraxt esa 1945 yil 9 mayda ekilgan Poytaxtda ko’plab transport vositalari bor, lekin eng qisqa yo’l – funikulerda, u yo’lovchilarni 220 metr masofaga ko’taradi. Ushbu shaharda mushuklarga boshqacha mehr va e’tibor berishadi, buning isboti – mushuklarga bag’ishlangan turli tuman monumentlar shaharni to’ldirishidandir.

Ukraina megapolisining ajoyib joylaridan bular – kanalizatsiya tizimlari, ikkilamchi materiallar va keraksiz narsalar muzeylaridir.

Agar kiyevning o’ng qirg’oq tumalarining xaritasiga qarasangiz, ular odam yuziga o’xshash shaklni hosil qiladi.

Shahar osmono’par binosi – Ginzburg Uylarining paydo bo’lishi – qiziq moment bilan bog’liq: dunyoning turli chekkalaridan kelgan ishonuvchilar buni ilohiy uy deb o’ylashgan.

Kiyevning tarixdan kelib chiqqan belgisi bu gullayotgan kashtan.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations