Qiziqarli ma’lumot: G’ayrioddiy qobiliyatga ega bo’lgan noyob insonlar o’ntaligi
Bugungi kunda dunyo kinematografiyasi superodamlar hamda ularning noyob qobiliyatlari atrofida parvona bo’layotgani hech kimga sir emas. Bular mashhur filmlar, kitob va television seriallarning qahramonlaridir. Bunday noodatiylikning o’ziga tortuvchi xususiyatlari bor, albatta.

Superqahramonlar haqidagi filmlarning muxlislaribunday qahramonlar haqiqatdan ham hayotda, bizning oramizda borligini bilsalarjuda hayron bo’lsalar kerak. Bu odamlar filmdagi syujetlarga o’xshab o’zgasayyoralardan uchib kelmaganlar yoki o’rgimchak-mutantlar tomonidannurlanmaganlar ham. Yo’q. Ular shunchaki ekstraordinar shaxslardir – ya’ninoyob qobiliyat egalaridirlar va ko’pgina noodatiy ishlarni qilishga qodirlar.

Bugungi maqolamizda shunday odamlar haqida gap borarekan, avvalambor ularning qobiliyatlari va imkoniyatlari haqida tanishishingizmumkin.

10. Garold Uilyams (superlingvist)

10. Garold Uilyams (superlingvist)

Odatda odam olti tilni o’zlashtira olishi va ulardan faqat uchtasidagina mukammal so’zlasha olishi mumkin. Qolganlarida esa ozgina xatolar bilan gaplashish yoki yozishishlari mumkin. Lekin ajabo – Garold Uilyam 58 ta tilni mukammal o’zlashtira olgan!

Uilyam 1876 yilning 6 aprelida Yangi Zelandiyadagi Oklend shahrida dunyoga keldi. Bolaligida u hamma qatori oddiy bola bo’lib ko’rindi. Biroq 7 yoshida u turli chet tillarni o’zlashtirishi kerak edi. Birinchilardan bo’lib o’zlashtirish uchun qiyin bo’lgan lotin tilini o’rgandi. Maktabga qadam qo’yayotganida Uilyam 10 ta tilni bilar edi. U Oklanddagi universitetda, so’ngra Myunhendagi universitetda tahsil oldi va 26 yoshida lingvistika (tilshunoslik yo’nalishi) bo’yicha falsafa doktori darajasiga erishdi.

Otasi ruhoniy bo’lgan Uilyams ham shu yo’lni tanladi va shu mavzuda ikkita kitob yozdi. U shuningdek jurnalist hamda Britaniya elchisining Rossiya ishlari bo’yicha maslahatchisi ham bo’lib ishlagan. Ba’zi guvohlarning aytishlaricha, u rus tilida ruslardan ham yaxshi so’zlasha olgan va yozgan.

Garold Uilyamsning shuncha tillarni o’zlashtira olish qobiliyati – inson miyasining imkoniyatlari chegarasidan o’tib ketadi. Shu kungacha Uilyams kabi shu darajada ko’p tillarni bilgan bironta inson topilmagan va bundan keyin ham paydo bo’lishi amrimahol.

2.Isao Machii (supersamuray)

2.Isao Machii (supersamuray)

Afsonalarda aytilishicha, samuraylar dunyoda yashab o’tgan eng oliyjanob va tajribali jangchilar bo’lganlar. Bu jangchilarning qobiliyatlari “supersamuray” nomiga sazovor bo’lgan Isao Machiiga meros sifatida o’tgan. Machii fenominal ko’nikmalari tufayli Ginnessning rekordlar kitobidan joy olishga muvaffaq bo’lgan.

Machii “Iaido” jang san’atining ustasi hisoblanadi. Ya’ni qinda turgan qilichni o’ta epchillik bilan olib, raqibni bir zumda mag’lub qilish san’ati. Bu samuray o’zining qilichini noodatiy aylantira olish mahorati bilan muntazam ravishda ommani hayratga solib kelgan.

Uning qilich aylantiarayotganini ko’rganlar, o’z ko’zlariga ishonmaydilar, chunki bunday harakatlarni qilish inson bolasining qo’lidan kelishi ajablanarlidir. Ammo inson bolasi ega bo’la olmaydigan bunday sensor qobiliyat Machiida bor va bu uning noodatiy iqtidori hisoblanadi.

Pnevmatik quroldan otilib, soatiga 200 mil (321,87km/soat) tezlikda uchayotgan drobinkani qilichini qinidan chiqarib o’rtasidan bo’lib yuborishi – uning eng taassurotli tryuklaridan biridir. Bu tryuk videotasmaga tushirilgan va unda bu mohirlik qanday bajarilganini bemalol ko’rish mumkin.

Oddiy odam otilgan narsani endigina eshitib, uni his qilgunga qadar, Machii drobinkani uchib borish joyini aniqlab olib, yengil va osongina harakar bilan uni bo’lib yuboradi. Ushbu tryukning videosi Internetda bor. Unga ishonish uchun bu videoni bir bor ko’rish kerak. Bu qobiliyat Machiining iqtidorlaridan biridir, “samuray”ning qo’lidan keladigan mohirliklari hali juda ko’p.

3.Liam Hoekstra (superkuch)

3.Liam Hoekstra (superkuch)

Liam Hoekstra 2005 yilda tavallud topgan va hozirda Michigan shtatida o’zini asrab olgan ota-onasi Dana va Hoestralar bilan birgalikda yashamoqda. Liamning noodatiy kuchi haqida besh oyligida to’satdan u  vertical tayanish harakatini bajarayotganida ma’lum bo’ldi. Bu mashqni to’g’ri bajarish uchun gimnastikachi ikkala qo’llarini yon tomonga cho’zib turib, qo’llari bilan xalqalarga tayangan holda o’z tanasini bir necha soniya ushlab turishi kerak bo’ladi. Bunday mashq gravitatsiya qonunlariga mutlaqo to’g’ri kelmaydi.

Liam esa bunday murakkab va bajarilishining imkoni bo’lmagan harakatni bemalol qiynalmasdan bajardi. Uning ota-onasi bunday harakatlarini ko’rib, Liamni gimnastika to’garagiga yozdirdilar. Boshqa bolalar asosiy mashqlarni bajarishga qiynalayotgan bir paytda Liam ularni hech qiynalmasdan bajarar edi.

Tibbiyot testlari hamda tekshiruvlardan keyin Liamda kamyob uchraydigan ”mushak gipertrofiyasi” nomli irsiy kasallik borligi ma’lum bo’ldi. Bu kamdan-kam uchraydigan xastalik bo’lib, bunda mushak to’qimalari shunchalik tez o’sganlaridan yog’ yig’ilishiga ham ulgurmaydi. Bunda skelet hamda mushak massasi yurakka zarar bermagan holda va nojo’ya ta’sirlarsiz o’sib boradi.

Liam kun bo’yi divanda o’tirib, muzqaymoq va chipslarni paqqos tushirishi va shunda ham boshqa o’zi tengi bolalardan ahvolining yaxshiligi bilan ajrlib turishi mumkin. Uning kuchi va o’sish tezligi tengqurlari orasida ajralib turadi va kuch bilan bog’liq bo’lgan har qanday harakatni qiynalmasadan bemalol bajara oladi. Hozirda o’z tengqurlari orasida dunyodagi eng kuchli odamlardan biri hisoblanadi. 

7.Bayron Fergyuson (lochin ko’z)

7.Bayron Fergyuson (lochin ko’z)

Bayron Fergyuson oddiy odamlarga qaraganda ancha o’tkir ko’zga ega – 20/15. Umumiy xulosaga kelganda bu ko’rsatkich u 20 fut uzoqlikdagi narsani ko’ra oladi,  oddiy odamlar bo’lsa 15 fut uzoqlikni ko’rishi mumkin. U aql bovar qilmaydigan darajadagi mohir kamonchi bo’lish uchun uzoqni ko’rish qobiliyatini ishga soladi.

12 yoshidan boshlab kamon va o’qlarga mahliyo bo’lgan, Fergyusonning aytishicha, mohir kamonchi bo’lish uchun kamon va o’q tana a'zosidek bo’lishi kerak. O’q otish malakasini oshirish uchun, Fergyuson o’zining kamondan o’q otish uslubini ishlab chiqdi, qorong’i xonada o’tirib shamlar yorug’ida o’q uzardi.

U milliy uzun kamon ishlatardi, uning yana bir qobiliyatlaridan biri xotini havoga uloqtirgan aspirin tabletkalarini urib tushirishi yoki  ketma-ket sakkizta tangalarni va kartalarni o’q uzib bo’lib tashlashidir.

U eng qiyin o’q uzishlaridan birini Yaponiyadagi teleshouda suratga olish jarayonida namoyish qildi. Undan kamondan o’q otib, uni brilliant uzukli halqadan o’tkazishini so’rashdi. Fergyuson bunday topshiriqni kutmaganligiga qaramasdan, o’qni birinchi urinishdayoq nishonga tekkazdi. Bir kuni teleshou ochiq havoda suratga olinayotganida apachi hindulari uni “Tdo-ee-cee-e” “, deb nomladilar, ya’ni hech qachon nishonda adashmaydigan. Ha, juda to’g’ri.

6.Buyuk ustoz Chjou, “Xitoy xazinasi”

6.Buyuk ustoz Chjou, “Xitoy xazinasi”

 “Tummo monaxlari” nomi bilan mashhur bo’lgan hamda bir necha Tibet monaxlaridan iborat bo’lgan kichik bir guruh  butun dunyodan kelgan mehmonlarni chuqur meditadsiyaga kira olishi bilan o’ziga jalb qiladi. Bunda tanada quvvat shunchalik jamlanadiki, natijada tana harorati ko’tarilib borib, aql bovar qilmas darajaga yetib boradi. Olimlar bunga ilmiy izoh berishdan ojizlar.

Kung-fu va taytsi jang san’atining ustasi bu qobiliyatni yanada takomillashtirdi. U jang san’atlarining buyuk ustasi hamda Tsigun yo’nalishining tabibi usta Chjoudir. “Tsigun” so’zidagi “Tsi” bo’g’imi issiqlik deya tarjima qilinadi, aynan ana shu narsa buyuk usta shuhratining asosiy mezoni hisoblanadi. 

U issiqlikni qo’lida jamlay oladi, keyin qo’lini bemorning tanasiga qo’yib, og’riqni to’xtatadi. Bu inson 1934 yilda Chjou Tin Szyue nomi bilan dunyoga keldi, u U Dannining naslining 18 - avlodi bo’lib,buyuk ustoz hisoblanadi.

Undan qobiliyatini namoyish qilishini so’rashganda, u qo’lida yumshoq loyni quritar yoki suv to’ldirilgan stakanni qo’lida ushlab qaynatib yuborar edi. Undan yuzlab bemorlar hatto Dalay – lama va professional basketbol guruhi “Los – Anjeles Leykers” ham minnatdordir.

Qobiliyati va mashhurligi tufayli uni “Xitoy Xazinasi”deb atashadi. Bu odamning qobiliyatlariga shubha bilan qarovchilar ham, olimlar ham buyuk usta Chjou ishtirokida tadqiqot o’tkazdilar, biroq bunday g’ayritabiiy qobiliyatning javobini topa olmadilar. Chjouning aytishiga qaraganda, uni kuchi o’zining “Tsi” quvvatini meditadsiya yordamida ishlata olish iqtidorining samarasi hisoblanadi.

Uning qo’lidan tarqalgan issiqlik harorati farengeyt bo’yicha 202 gradus issiqlikni ko’radigan moslama yordamida tasdiqlangan. Uning yana bir ajoyib qobiliyatlaridan  biri – bir  varoq qog’ozda butun tanasining og’irligini ushlab tura olishidir. Ha, u haqiqatdan ham o’ta noyob va g’ayrioddiy qobiliyat egasidir!

5.Veronika Sayder (superko’z)

5.Veronika Sayder (superko’z)

Yuqorida biz Bayron Fergyusonning noyob ko’rish qobiliyati haqida aytib o’tgandik. Veronika Sayder janob Fergyusonni unchalik yaxshi ko’rolmaydi, deb hisoblashi mumkin. Gap shundaki, oddiy odamning ko’rish qobiliyati 20/20 bo’lsa, Bayron Fergyusonda bu qobiliyat – 20/15 ni, Veronika Sayderda esa 20/2 natijaniko’rsatadi.

Bu ko’rsatgich odam 20 fut uzoqlikdagi mayda detallarni ham ko’ra olishini bildiradi (6,1), Veronika bo’lsa ancha uzoqlikdagi milni ham ko’rishi mumkin (1609,34)! Uning bunday noyob ko’rish qobiliyati oddiy odamning ko’rish imkoniyatidan ancha o’zib ketadi. Bu asl ma'noda g’ayrioddiy  qobiliyatdir.

Veronika 1951 yilda Janubiy Germaniyada tug’ilgan, u hamma qatori oddiy bola bo’lgan, noyob qobiliyatlari esa 1972 yilda namoyon bo’la boshlagan, u o’sha paytda  Shtutgart universitetining talabasi edi. U bir mil uzoqlikdagi odamni ko’ra olardi va obyektgacha qancha masofa borligini aytib bera olardi.

Veronikaning ko’zini teleskop bilan tenglashtirdilar. Aytishiga qaraganda, u muayyan bir rangning qanday tuslardan iborat ekanligini ham ko’ra olar ekan. Qisqa qilib aytganda, biz umuman barcha ranglar 3 ta asosiy rangdan kelib chiqishini bilamiz: qizil, yashil va ko’k. Oddiy odam ranglarni ushbu uchta tuslar aralashib, birlashgandagina ko’ra oladi. Veronikaning qobiliyati bundan ham o’tadi, ya'ni bu ranglarni tashkil qiluvchihar bir tusni alohida ilg’ay oladi.

O’zini g’ayri oddiy qobiliyatiga qaramasdan, Sayder oddiy odam kabi ta’lim olishni davom ettirdi va orzuyiga erishdi. Hozirda u Janubiy Germaniyada tish shifokori bo’lib ishlamoqda.

4.Buyuk ustoz Pan, “Temir musht”

4.Buyuk ustoz Pan, “Temir musht”

Yoshligidanoq yetim bo’lib qolgan Pan Tsinfu Xitoy qishlog’ining kriminal ko’chalarida katta bo’lgan. O’zining ukalari va singillarini himoya qilishga majburligini anglagandan keyin u Xenan viloyatidagi mashhur Shaolin ibodatxonasiga borib, budda falsafasi va jang san’atini o’rganishni boshladi.

Pan o’rganganlarini tezda o’zlashtirib, murabbiy darajasiga ko’tarildi va natijada kung-funing 20 ta turli uslubining ustasiga aylandi.U bir nechta kung-fu bo’yicha musobaqalarda g’alaba qozondi va Xitoyning bir qancha universitetlarida jang sanatidan saboq berdi. So’ngra u kung-fu terma jamoasining murabbiyi, keyinchalik esa jang san’atining dunyodagi eng obro’li shaxslaridan biriga aylandi.

Pan Tsinfuning asosiy xususiyatlaridan biri “temir musht” texnikasi bo’lgan. O’zining texnikasini mukammallashtirish uchun u usti qattiq narsalarga zarba berib, ularni sindirgan va bu mashg’ulotni kuniga 1000 martalab bajargan va bu bilan o’zining shaxsiy zarba usullarini ishlab chiqqan.Uning zarba berish usullarining  ko’p bo’lishiga qaramasdan, aynan  temir mushtiga raqiblari bardosh bera olmas edilar. U o’zining zarbasi bilan istagan odamini hushidan ketqiza olar edi. Biroq uning aytishicha, raqibining o’limi bilan tugagan janglarda u hech qachon bu noyob zarbasini qo’llamagan.

3. Bryus Li (supermohirlik)

3. Bryus Li (supermohirlik)

Dunyoda Bryus Li haqida eshitmagan odam topilmasa kerak. Uning afsonaviy jang san’atining mahorati ko’pgina filmlarda ko’rsatilgan, biroq hayotda undan ham salobatli edi. Aslini olganda, filmlarda kameralar Bryusning zarbalarini aniq suratga tushira olishlari uchun u o’z zarbalarini sekinlatishga majbur bo’lgan.

Bryus 1940 yilda Kaliforniya shtatida tug’ilgan, biroq u Gonkongda yashagan va u yerda taniqli jang ustasi Ip Manning qo’li ostida Wing Chun Kung Fu jang san’atini o’rgangan. O’smirlik paytida Bryus ko’cha janglarida ko’p ishtirok etgan va buning natijasida mahalliy politsiyadan qochib yurishga majbur bo’lgan. Bryusning ota-onasi o’g’illarini turli ko’ngilsizliklardan asrab qolish maqsadida uni opasi bilan birgalikda AQSHga yashashga yuboradilar.

Bryus AQSHda yashar ekan, bu yerda milliy jang san’atini namoyon qilishda cheklovlar borligidan afsus chekar edi. Shuning uchun u o’zining Jeet Kune Do nomli uslubini ishlab chiqdi. “O’zib ketgan musht yo’li” ma’nosini beruvchi bu uslub noan’anaviy jang san’ati bo’lib, Bryus uni o’zining falsafasi deb hisoblar edi. Bu uslub raqibning tashlanishga tayyorgarlik ko’rayotgan paytida epchillik va mohirlik bilan hujum qilishga asoslangan edi.

Bryus Li kichik harakatning ham katta samara berishiga ishonar edi. Bryus o’zining jang san’atini o’rganayotganda ham, namoyish qilayotganda ham tanasini mukammal inson imkoniyatlarining cho’qqisiga olib chiqa oldi hamda noyob insoniy qobiliyatlarini ko’rsata oldi. U polda bitta barmog’ida otjimaniye qilib turib, qo’lini cho’zib turib, ovqat cho’plari yordamida mayda guruchlarni ilib olar edi.

Uning eng lol qoldiruvchi texnikasi – yakson qiluvchi zarbasi bo’lib, uning yordamida raqibini bir necha metr orqaga uchirib yuborishi mumkin edi. Agar siz Bryus Li ning mohirligini filmlarda ko’rganman,deb o’ylasangiz xato qilasiz, uning hayotdagi qobiliyati filmlardigidan bir necha o’n barobar kuchli edi. Bryus Li shubhasiz, barcha zamonlar jang san’atining eng kuchli va nufuzli ustasi edi.

2. Mas Oyama, “Ilohiy qo’l”

2. Mas Oyama, “Ilohiy qo’l”

Masutatsu Oyama 1923 yil 27 – iyulda Janubiy Koreyada tug’ilgan. U Shotokan va Goju-ryu karate ustasi bo’lib, tog’ga chiqib yolg’izlikda jang san’ati bilan shug’ullangan. Uning mashqlari juda qattiq edi va qo’li bilan toshni ikkiga bo’la olishni, daraxt tanasini sindra olishi, muzlab qolayotgan sharshara suvlarida cho’milishi kerak edi.

Sivilizatsiyaga qaytishi bilan, tajribali jang san’ati ustasi ekanligiga amin bo’ldi. U o’zini ustaligini namoyish qila boshladi, shisha butilkalarini tepa qismiga qo’l bilan zarba berib sindirar, toshni bir zarba bilan ikkiga bo’lar yoki quruq qo’li bilan buqa bilan olishardi. U 52 ta buqani mag’lub qilib, yerga yiqitgan, kaft bilan zarba berib buqalarni shoxlarini sindirgan, uchta buqani bo’lsa boshiga zarba berib o’ldirgan. Uning xavfli zarbasi tufayli uni “Ilohiy qo’l” deb nomlashgan.

 

Oyama 1952 yilda Qo’shma Shtatlar bo’yicha turne uyushtirdi, u bilan urishmoqchi bo’lgan ko’ngillilarning taklifini qabul qilar ekan, jangni birgina yakson qiluvchi zarbasi bilan tugatib qo’ya qolar edi.

1957 yilda u o’zining yangi karate texnikasini ishlab chiqdi va unga “Kyokushin uslubi” nomini berdi. “Buyuk haqiqat” ma’nosini beruvchi ushbu uslub eng murakkab va qattiqlaridan edi.

Oyama o’zining jang sanatida o’zini kumite (to’xtovsiz janglar ketma-ketligi) yordamida pishitgan. Ya’ni jangda g’olib chiqqan jangchi to’xtamasdan keyingi janglarga birin-ketin kirishishi kerak edi. Oyama kuniga100 tadan  jangchi bilan urushib, uch kun davomida 300 ta jangchini mag’lub qilgan.

U faqat raqiblari jangni davom ettira olmasliklarini bilgandan keyingina to’xtagan.  Kyokushin karatesi bo’yicha 4-darajani  olish uchun100 ta raqibni ketma – ket mag’lub qilish kerak. Bu qonun hozirda ham amal qiladi. Noyob qobiliyat egasi bo’lgan hamda  “Ilohiy qo’l” nomi bilan tanilgan buyuk karateustasi Mas Oyama 1994 yil 26 aprel kuni 70 yoshida vafot etdi.

1.Slavisha Paykich (quvvatli – odam)

1.Slavisha Paykich (quvvatli – odam)

Har yili minglab odamlar elektr tokidan jarohat oladilar, ba’zilari hatto jon beradi. Bu haqida havotir olmaydigan yagona odam bu – Slavisha Paykich “quvvatli – odam”dir.

Paykich g’ayritabiiy odamlar orasida o’zining  tokni ushlab turish va o’tkaza olish kabi noyob xususiyati bilan ajralib turadi. U o’zining tanasidan elektr quvvatini xohishiga qarab chiqara olar, masalan bir teleko’rsatuvda u taxta va qog’ozdan bo’lgan predmetlarga qo’lini tekizishi bilan yonib ketgan edi. O’zining elektr quvvatli qobiliyatining isboti sifatida xonada simlarni ulab, syomkaga tayyorgarlik ko’rayotgan operatorni tok bilan urib yuborgani bo’lishi mumkin.

Paykich namoyishga tayyorgarlik ko’rayotgan vaqtida o’zida katta miqdorda elektr quvvatini jamlayotgan edi, aynan shu payt operator unga ro’baro keldi. Paykichdan chiqayotgan kuchli quvvat uni qay ahvolga tushirganini tasavvur qilib ko’ring.

Asl millati serb bo’lgan bu xavfli qobiliyatli odamning bolaligi hamma qatori oddiy o’tgan. U o’zidagi bu g’ayritabiiy qobiliyatini 17 yoshida aniqlagan va hanuzgacha u bilan fahrlanib keladi. Oddiy odam 50 voltdan jiddiy jarohat olishi mumkin, Paykich esa o’zida 20.000 voltgacha bo’lgan elektr tokini jamlab, ushlab tura oladi.

1983 yilda u 20.000 volt elektr kuchlanishini o’ziga urdirib, nafaqat tirik qoldi, balki birorta ham jarohat olmadi va shu bilan jahon rekordini o’rnatdi. 2003 yilda esa o’zining tanasidan bir chashkadagi suvni 97° C gacha qaynatishga yetadigan elektr quvvatini o’tkazib, yana bir jahon rekordini o’rnatgan.

Serbiyalik bu inson ehtiyoj va xohishiga qarab o’z tanasidan isitgich, batareyka, akkumulyator, dielektrik sifatida foydalanishi mumkin. Ko’pgina tadqiqotlar va tekshiruvlardan keyin ham olimlar Paykich bunday g’ayritabiiy narsalarni qanday bajara olayotganligini tushunmayotganliklari yana bir jumboqdir! Ba’zilarning aytishicha, bu narsa  hozircha ilmga noma’lum bo’lgan irsiy qusur bo’lishi mumkin, aslida esa buni hech kim bilmaydi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations