Qiziqarli ma’lumot: Krishtiano Ronaldoning farzandlari va sevgilisi bilan birga tushgan yangi suratlari
Krishtiano Ronaldo muxlislarini o’zining oilaviy suratlarini namoyish etib xursand qildi. Hammaga ma’lumki, ko’pgina mashhur yulduzlar reportyorlarning diqqat markaziga tushib qolmaslik uchun harakat qilayotgan bir paytda 32 yoshli Krishtiano o’z shaxsiy hayoti haqida butun dunyoga gapirib, ijtimoiy tarmoqdagi muxlislariga shaxsiy arxivdagi suratlarini namoyish qilmoqda. Shunday suratlardan biri – uning uch nafar farzandi va homilador qallig’i bilan birgalikda tushgan fotosuratidir.

Bu rasmni futbolchi “Oilaviy kayfiyat” deb nomladi va yozib qo’ydi. Ha, Krishtianoning uch nafar farzandi bor, shu kuzda yana to’rtinchi farzandining tug’ilishi kutilmoqda. Keling, bu haqda batafsilroq to’xtalib o’tamiz.

Yaqin davrga qadar Ronaldoning Instagramida faqatgina bitta farzandining – kichik Krishtianoning suratini ko’rish mumkin edi, xolos. Bu futbolchining to’ng’ich o’g’li bo’lib, uni 2010 yilda surrogat ona dunyoga keltirgan.

Shu yilning mart oyida esa Ronaldo egizaklarning otasi bo’lishi kutilayotganligi ma’lum bo’ldi. 8 iyun kuni shu egizaklar tug’ildi – Yeva ismli qizaloq va Mateo ismli o’g’il. Bularni ham surrogat ona dunyoga keltirdi.

Bundan tashqari, Ronaldoning oilasida yana bir farzand tug’ilishi kutilmoqda. Yo’q, bu gal surrogat ona emas. Ma’lum bo’lishicha, Krishtianoning qallig’i Jorjina Rodrigez homilador, homilaning qiz ekanligi ham ma’lum bo’ldi.

Futbolchining aytishicha, u bu bilan kifoyalanmoqchi emas. O’zining intevyularidan birida Krishtiano yetti nafar farzandning otasi bo’lish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. Sport olamining yulduzi raqamlarning sehrli kuchiga ishonishini, yetti raqami uning uchun omadli ekanligini va bu raqam ko’p yillardan beri unga maydonda omad olib kelayotganligini ham aytib o’tdi.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations