Qiziqarli ma’lumot: Xellouin qanday bayram va u turli mamlakatlarda qanday nishonlanadi?
Kecha tunda, ya’ni 31 oktyabrdan 1 noyabrgacha o’tar kechasi butun dunyoda Xellouin bayrami bo’lib o’tdi. Bu asosan Shimoliy Amerika mamlakatlarida keng tarqalgan bayram bo’lib, keyingi yillarda Yevropada ham ommalashib bormoqda.

Bu bayramning kelib chiqish tarixi xristianlikdan ham avval bo’lgan juda qadim zamonlarga borib taqaladi hamda ko’hna keltlarning an’anaviy bayrami hisoblanadi. Angliya, Irlandiya va Shimoliy Fransiya hududida yashagan keltlar yilni ikkiga bo’lar edilar – qishga va yozga. Shuning uchun 31 oktyabr ular uchun yilning oxirgi kuni hisoblanar edi, 1 noyabrdan esa yangi yil va qish mavsumi boshlanar edi.

Birinchi noyabrga o’tar kechasi keltlar Yangi yilning kirib kelishini nishonlar edilar va an’analarini o’tkazar edilar.

Xristian dini paydo bo’lishi bilan Xellouin unga aralashib ketdi. Sekin astalik bilan bu bayram boshqa elatlarga ham tarqala boshladi. Endi bu bayramni ruhlar bilan, jin-parilar bilan bog’lay boshladilar. O’lgan ruhlar orom olishi va chiroqsiz qolib ketmasliklari uchun ularning yo’lini yoritib turish maqsadida qovoqlarni o’yib, ichiga shamlarni yo’qib qo’yar edilar.

Juda qadim zamonlarda boshlangan bu bayram bugungi kunimizgacha yetib keldi va yildan-yilga Yeropa mamlakatlarida ham ommalashib bormoqda. Bu bayramni nishonlash uchun odamlar turli xil liboslarni kiyish, bezash ishlari va shirinliklarga katta miqdorda pul sarflaydilar. Asosiy maqsad – nafaqat shirinliklar bilan bo’lishish, balki bir-birini qo’rqitishdan ham iboratdir. Odamlar huddi uydirma, qonxo’r maxluqlardek kiyinishlari va atrofdagilarni qo’rqitishlari kerak. Biroq bu bayram dunyoning turli mamlakatlarida turlicha nishonlanadi, ba’zi davlatlarda bu quvnoq maskarad-bayrami bo’lsa, boshqalarida bu o’lganlarni xotirasini qadrlash bayrami, yana birlarida esa diniy bayram sifatida nishonlanadi.

Xellouin bayrami turli mamlakatlarda qanday nishonlanadi. Keling, ular bilan tanishib chiqamiz.

Avstriya

Avstriya

Avstriyada Xellouin bayramida odamlar uyqu oldidan stol ustida suv, non  va yo’qilgan lampani qoldiradilar. Ularning aytishlaricha, o’lganlarning ruhlari bu tunda Yer yuziga qaytadilar. Bu bayramda odamlar o’z oilalari bilan birgalikda bu dunyodan o’tib ketgan yaqinlarining qabrlarini ziyorat qiladilar hamda ularni gullar va fonarlar bilan bezatadilar. Avstraliyalik katoliklar ham bu vaqtda Barcha Avliyolar haftasi sifatida o’tkaziladigan Seleenwoche bayramini nishonlaydilar. Cherkovlarda o’lganlar ruhi uchun an’anaviy tadbirlar o’tkazadilar.

Xitoy

Xitoy

Xitoyda Xellouin bayrami Den Tse, deb nomlanadi va har yili nishonlanadi. Bu kunda xitoyliklar vafot etgan qarindoshlarining suratlari oldiga ovqat va suv qo’yadilar. Shuningdek, ruhlar uchun Yer zaminiga yo’lni ko’rsatib qo’yish uchun gulxanlar yoki fonarlar yoqadilar. Budda ibodatxonalarida qog’ozlardan “qonunlar qayig’i” nomli qayiqcha shakllari yasaladi va kechki vaqtda uni yoqib yuboradilar. Bu narsa ikki sababdan qilinadi: halok bo’lganlar va baxtsiz hodisa tufayli halok bo’lib,  jasadlari yerga dafn etilmagan daydi ruhlar xotirasiga hamda ularning ruhlari osmonga ko’tarila olishlari uchun. Xitoyliklarning fikricha, bunday daydi ruhlar xavfli hisoblanadilar, shuning uchun boqiy dunyoga yo’lni korsatib, ular o’z yo’llarini topib, orom olishlariga yordam berish kerak.

Angliya

Angliya

Angliyada ham bayram o’zgacha nishonlanadi. Qovoqdan chehralar kesib yasalishning o’rniga, inglizlar quvnoq chehralarni lavlagidan yasaydilar va ularni “punkies”, deb ataydilar. So’ngra kichkintoylar bu “Punkies”larni olib, eshikma-eshik yurib, hamma uylardan pul yig’ib yuradilar. Ba’zi tumanlarda uylarning eshigi oldiga yuz ifodasi kesilgan sho’lgom yoki lavlagining ichiga fonuslar o’rnatiladi va shu yo’l bilan Xellouin kechasida kelgan yovuz ruhlarni cho’chitish orqali haydamoqchi bo’ladilar. Yana bir odat bo’yicha esa, yovuz ruhlarni haydash uchun gulxanga tosh, kashtan hamda sabzavolar otiladi. Bu yo’l bilan fol ham ochadilar. Masalan, tosh olovga otilsa-yu, ertasi kuni tongda ko’rinmay qolsa, tosh otgan odam keyingi yilgacha yetib bormasligi mumkin. Shunday an’anaviy bayramlari bo’la turib, britaniyalik bolalar Xellouin bayramining amerikacha usulda nishonlashni afzal ko’rmoqdalar.

Frantsiya

Frantsiya

Fransuzlar Xellouin haqida ko’p eshitganlariga qaramasdan, yaqin-yaqingacha bu bayramni hech ham nishonlamagan edilar. Bu bayram Frantsiyaga 1990 yillarda kirib keldi. Fransuzlar turli maskarad-kostyumlarini kiyib, eshikma-eshik yurib, shirinliklar yig’ib yuradilar – xuddi amerikaliklarga o’xshab. Biroq shunga qaramay, ular aslida nimani nishonlayotganlarini umuman bilmaydilar.

Irlandiya

Irlandiya

Ko’pchilik odamlar Irlandiyani Xellouinning haqiqiy vatani, deb hisoblaydilar va bu narsa haqiqatga o’xshaydi. Bu yerda bayramni nishonlash Amerikadagi Xellouindan hech ham farq qilmaydi. Huddi Shtatlardagi kabi, bu yerda ham irlandiyaliklar qo’rqinchli maxluqqotlarning libosini kiyib olib, o’tgan-ketganlarni qo’rqitadilar, kechalar uyushtiradilar hamda shirinliklarni ulashadilar. Bu kunda “Olma” o’yini ayniqsa ommalashadi. O’yin qoidasi bo’yicha, olma mevasi daraxt yoki uy eshigining romiga osib qo’yiladi, o’yin ishtirokchilari esa sakrab turib, bu olmani tishlab olishlari kerak bo’ladi.

Meksika

Meksika

Meksikada bu bayram “El Dia de los Muertos” yoki o’lganlar kuni, deb nomlanadi. Tadbir 31 oktyabr kuni boshlanib, 2 noyabr kunigacha davom etadi. Bu kunlari odamlar halok bo’lgan qarindoshlarining qabrlari atrofida oilalari bilan yig’iladilar, o’tirishlar tashkil etadilar va bayramni shu yerda nishonlaydilar. Go’yoki bu kuni o’lganlar o’z uylariga qaytadilar, shuning uchun qurbongohlar shirinliklar, gullar, suv, suratlar, taom va ichimliklar bilan to’lib ketadi.

Yaponiya

Yaponiya

Yaponlar Xellouin bayramini huddi amerikaliklar singari nishonlaymaydilar. Ular bu kuni Obon festivalini o’tkazadilar. Bu festival o’tib ketgan ajdodlar ruhiga bag’ishlanadi. Qizil ulanlarga sham yoki fonuslar o’rnatiladi va bu bilan ruhlarning yo’li yoritilgandek bo’ladi. Bunday fonuslar daryo va dengizlarga suzdirib, oqizib qo’yadilar. 

Filippin

Filippin

Filippin davlatida ham Xellouin bayrami ko’pgina mamlakatlar kabi o’lgan odamlarning ruhiga bag’ishlangan. Bu yerda u Pangangaluluva deb nomlanadi. Yildan-yilga bu bayram amerikacha tus olib borayotganligiga qaramasdan, Pangangaluluva bayramining an’anasi haligicha bajarilib kelinmoqda. Odamlar uyma-uy, eshikma-eshik yurib, ruhlar haqida qo’shiq aytadilar hamda evaziga ovqat yoki pul so’raydilar.

Shotlandiya

Shotlandiya

Shotlandiyada Xellouin bayrami 16 asrda nishonlana boshlandi. Avvaliga odamlar bu bayramda fol ochib, kelajakni bilishga harakat qilganlar. 18 asrda Xellouin bayramida ko’pgina yoshlar o’zlariga turmush o’rtoq tanlar edilar. 19 asrdagi Xellouinda esa odamlar maskarad-kostyumlarni kiya boshladilar. O’rmondagi ruhlarning kiyimini kiyib olgan bolalar uyma-uy yurib, ovqat va pul yig’ib yurar edilar. Bu zamonaviy amerikacha Xellouinga juda o’xshashdir.

Amerika Qo’shma Shtatlari

Amerika Qo’shma Shtatlari

Amerikacha Xellouin bugungi kunda eng ommabopi hisoblanadi. Bolalar qandaydir qo’rqinchli maxluqning kiyimini kiyadilar-da, uymna-uy yurib, odamlarni qo’rqitishga harakat qiladilar, qo’shiq aytadilar, biror bir parcha ko’rinishni sahnalashtiradilar, evaziga konfet va shirinliklarga ega bo’ladilar. Shu bilan birga maskarad-kostyum kiygan odamlar o’tirish va kechalarni tashkillashtiradilar. Bu kechalarda ular turli o’yinlar o’ynaydilar, yeb-ichadilar. Qovoqdan basharalarning shaklini o’yib oladilar, uning ichiga shamlarni o’rnatadilar. Bunday fonarlar Xellouin bayramining rasmiy belgisiga aylanib qolgan.      

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations