Qiziqarli ma’lumotlar: Bolalarning aqliy faoliyatini yaxhilovchi mahsulotlar
Agar bolalar bilimni yaxshi o’zlashtira olmayotgan bo’lsalar, bu ularning aqliy qobiliyatlarining pastligidan dalolat bermaydi. Gap bola miyasi uchun kerakli moddalarning yetishmovchiligini keltirib chiqaruvchi noto’g’ri ovqatlanishda bo’lishi mumkin.

O’sib borayotgan insonning miyasi – organizmga tushayotgan taomdan katta miqdorda ozuqa moddalarini yutib yuboradigan och organdir. Shunday ekan, bolalarning to’g’ri rivojlanishlari uchun ularni to’g’ri ovqatlantirish kerak. Quyida miya faoliyatini yaxshilashga xizmat qiluvchi va bolalar ratsioniga kiritilishi shart bo’lgan 10 ta foydali mahsulot haqida ma’lumotlar keltiramiz.

Baliq

Baliq

Dengiz baliqlari tarkibida miya faoliyati uchun juda zarur bo’lgan yog’li omega-3 kislotasi mavjud bo’lib, uni iste’mol qilish bolalarning aqliy qobiliyatini yaxshilaydi. Bolalarga baliqni qovurilgan, qaynatilgan va dimlab pishirilgan holda sabzavotlar bilan birga berish mumkin.

Tuxum

Tuxum

Tuxumning sariq qismida xolin moddasi bo’lib, u xotirani yaxshilashga xizmat qiladi. Maktab o’quvchisiga tushlikka bir dona qaynatilgan, qovurilgan yoki omlet holida non bilan birga berish kerak.

Yer yong’oq

Yer yong’oq

Yer yong’oq miyadagi asab hujayralarini himoya quluvchi antoiksidant bo’lmish E vitaminining manbaidir. Tuzlanmagan yer yong’oqni istalgan salatga qo’shib yeyish mumkin, yer yong’oq yog’i esa judayam mazalidir.

Don va don mahsulotlari

Don va don mahsulotlari

Inson miyasining yaxshi holatda ishlab turishi uchun ma’lum miqdorda glyukoza zarur bo’ladi. Donda glyukoza moddasi hamda shu glyukozaning qonga so’rilishini ta’minlovchi kletchatka, shuningdek miyaga ozuqa beruvchi B guruhi vitaminlari mavjuddir. O’zingiz va farzandlaringiz uchun yuqori darajada ishlov berilmagan undan tayyorlangan mahsulotlarni sotib oling.

Suli yormasi

Suli yormasi

Suli yormasidan tayyorlangan bo’tqalar bolalar uchun eng foydali ozuqadir. Chunki suli yormasi E,B vitamin hamda kaliy va rux kabi minerallarga boydir. Bu foydali element va vitaminlar farzandingizga aqliy qobiliyatining yaxshilanishiga yordam beradi. Sulini tayyorlayotgan istagan taomingizga qo’shishingiz mumkin – pishiriq, yogurt va hattoki sharbatga.

Reza meva (yagoda)

Reza meva (yagoda)

Qulupnay, chernika, maymunjon, olcha, yejevika va boshqa rezavor mevalar saraton kasalligining oldini oluvchi antioksidantlarga boydir. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, qulupnay va chernika xotirani yaxshilaydi, maymunjon va yejevika esa omega-3 kislotasiga to’yingandir. Ushbu reza mevalarni salatlarga qo’shish yoki o’zini iste’mol qilish mumkin.

Dukkakli mahsulotlar

Dukkakli mahsulotlar

Dukkakli mahsulotlar ichida eng foydalilari – loviya, no’xat, chechevitsa (yasmiq). Ular oqsil, murakkab uglevodlar, kletchatka, vitamin va minerallarga boydir. Dukkakli mahsulotlarni salatlarga qo’shish mumkin yoki garnir sifatida iste’mol qilgan ma’qul.

Rangli sabzavotlar

Rangli sabzavotlar

Rangli sabzavotlarga –pomidor, brokkoli, baqlajon, qovoq, sabzi,bulg’or qalampiri, makkajo’xori va ismaloq kabi o’simliklar kiradi. Ular zararlangan hujayralarni tiklovchi xususiyatga ega bo’lgan antioksidantlarga boydir. Ushbu sabzavotlarni farzandlaringizning ratsioniga to’g’rab yoki salat sifatida qo’shing.

Sut va sut mahsulotlari

Sut va sut mahsulotlari

Sutli mahsulotlar oqsil va B guruhi vitaminlariga boydir. Bu moddalar miya hujayrasining o’sishida muhim komponent hisoblanadi hamda bosh miyaning hayot uchun muhim bo’lgan jarayonlarida ishtirok etadilar. Farzandlaringizga yogurt, yog’siz qaymoq, sut, qatiq va kefir kabi mahsulotlarni ertalab maktabga ketish oldidan bering.

Yog’siz mol go’shti

Yog’siz mol go’shti

Yog’siz go’sht – miyaning fikrlash qobiliyatining yaxshilanishiga xizmat qiluvchi temir va rux moddasining manbaidir.Yog’siz go’shtni C vitaminiga boy mahsulotlar (pomidor, bulg’or qalampiri, apelsin, qulupnay) bilan birgalikda iste’mol qilish temir moddasining organizmga singishinita’minlaydi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations