Qiziqarli ma'lumotlar: Ha biri 1 milliard dollardan ortiq turadigan 10 ta eng qimmat aerokosmik megaloyihalar
Ko'pgina boy mamlakatlar aerokosmik megaloyihalarga katta miqdordagi pullarni sarflashadi. Ushbu maqolada muhokama qilinadigan o'nlab loyihalarning har biri 1 milliard dollardan ziyodroqdir.
An-225 «Mriya» va «Buran».

Bugungi kunda bu loyihalar odamlar uchun qanchalik xavfsiz ekanligi haqida ko'p munozaralar bor, ammo ularning miqyosi va ilm-fan uchun qadr-qimmatini kamsitishga hech kim qodir emas.

1. Rockwell / B-1 Lancer

1. Rockwell / B-1 Lancer Aerokosmik megaloyiha: B-1 Lancer.

AQSH. Rockwell B-1 Lancer AQSh – bu AQSH Havo kuchlari tomonidan foydalaniladigan o'zgaruvchan qanotli, to'rt dvigatelli supersonik reaktiv bombardimon samolyotdir. U 1960-yillarda Boeing B-52 Stratofortress samolyotini o’rnini egallashga mo’ljallangan, 2chi tezlikda harakatlanadigan supersonik bombardimon sifatida tanishtirildi. Keyinchalik, mashina 1.25 tezlikada harakatlanadigan B-1B modeligacha yangilandi, lekin endi uning uchish masofasi va balandligi yanada uzaytirildi. AQSh havo kuchlari B-1B ni 1986 yilda yadroviy bombardimon sifatida ishga soldi.

2. Boeing / B-52 Stratofortress

2. Boeing / B-52 Stratofortress Aerokosmik megaloyiha: B-52 Stratofortress.

AQSH. Boeing B-52 Stratofortress - dunyodagi bombardimonlarni ishlab chiqaruv bo’yicha eng uzoq davom etgan dastur. Ushbu tarixdagi eng katta harbiy samolyotlardan biri o'n yillar mobaynida amalda foydalanilgan. B-52 samolyoti Boeing tomonidan ishlab chiqilgan va qurilgan,1950 yildan buyon AQSh havo kuchlari tomonidan boshqarilgan. Bombardimonchi 32 ming kilogrammgacha qurolni tashishga qodir. Birinchi B-52 samolyoti 1952 yilda havoga ko’tarildi va uni 2040 yilgacha kamida bir marta ishlatish rejalashtirilmoqda.

3. Saab / JAS 39 Gripen

3. Saab / JAS 39 Gripen Aerokosmik megaloyiha: JAS 39 Gripen.

Shvetsiya. Saab JAS 39 Gripen - 1978 yildan buyon Shvetsiyaning Saab aviatsiya-kosmik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan yengil bir dvigatelli mexanik o’qotar. Loyihaning taxminiy qiymati 19 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.

4. Northrop Grumman / B-2 Spirit

4. Northrop Grumman / B-2 Spirit Aerokosmik megaloyiha: B-2 Spirit.

AQSH. Northrop Grumman B-2 Spirit - zich havo mudofaasiga kirib borish uchun yaratilgan noyob va kuchli ko'rinmas samolyotdir. U an'anaviy va yadroviy qurollarni ham tashiy oladi. B-2 samolyoti ikkita ekipajga ega va JDAM GPS-dan masofadan turib boshqariladigan 230 kg bombani yoki 1,100 kg og'irlikdagi B83 atom bombasini tashiy oladi. B-2 - “havo-yer” sinfga tegishli, “stels” konfiguratsiyaga ega bo'lgan katta o'lchamdagi tankka qarshi qurolni tashiy oladigan yagona samolyotdir.

5. Tupolev / Tu-144

5. Tupolev / Tu-144 Aerokosmik megaloyiha: Tu-144.

SSSR. Tu-144 Tupolev Sovet aviatsiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi supersonik transport samolyotidir. Prototip Moskva yaqinida 1968 yil 31 dekabrda, “Konkord” ning birinchi parvozidan ikki oy oldin osmonga ko'tarildi va 1970 yil 26 dekabrda ishga tushirildi. Tu-144 tormoz parashyutiga ega so'nggi tijoriy samolyotlardan biri bo'ldi.

6. Concorde

6. Concorde Aerokosmik megaloyiha: Concorde.

Fransiya/Buyuk Britaniya. Concorde - Aerrospatiale fransuz kompaniyasi va Britaniya aviatsiya korporatsiyasi (British Aircraft Corporation) tomonidan birgalikda chiqarilgan supersonik yo'lovchi samolyotidir. Birinchi parvoz 1969 yilda amalga oshirildi va Concorde 1976 yilda ishga tushirildi. Samolyot 27 yil davomida tijoriy reyslarni amalga oshirgan.

7. Eurofighter / Typhoon

7. Eurofighter / Typhoon Aerokosmik megaloyiha: Typhoon.

Italiya / Buyuk Britaniya / Gollandiya Eurofighter Typhoon - uchburchak qanotli ikki dvigatelli ko'p qirrali qiruvchi samolyot. Samolyot 1986 yilda Eurofighter GmbH xolding kompaniyasi tashkil qilgan uchta alohida kompaniya - Alenia Aeronautica, BAE Systems va EADS konsortsiumi tomonidan ishlab chiqilgan va qurilgan.



Maqolani baxolash?

Facebook Conversations