Qiziqarli ma'lumotlar: Ishonch qozonishni istasangiz, suhbat vaqtida qo'llamagan ma'qul bo'lgan 8 ta oddiy so'zlar
Suhbatlashish va sukut saqlashni to'g'ri qilish kerak...

Hayot dinamik tarzda o'garmoqda, u bilan birga esa, odamlar o'rtasidagi muloqot formati ham. Misol uchun, yaqin o'tmishda odamlar o'z boshlig'iga oxirida smaylikli xat yuborishni hayollariga ham keltirlas edilar. Og'zaki muloqotga keladigan bo'lsak, u hali ham odamning ta'limi, madaniyati va kompitentligi haqida xulosalar qiladigan faktor bo'lib qolmoqda. Asosiysi esa, shunday so'zlar borki, hamkasblar, hamkorlar bilan muloqotda ishonchsiz odam nomini olmaslik uchun ishlatishdan qoching.

1. Ehtimol/Balkim/Bo'lishi mumkin

1. Ehtimol/Balkim/Bo'lishi mumkin

Havfli spich-parazit: "ehtimol", " balkim", "bo'lishi mumkin".

Muloqotda eng keng tarqalgan so'zlar bulsada, lekin ular hamsuhbatning ko'zlari oldida o'ziga ishonchsiz qilib ko'rsatadilar. Bu kirish so'zlarini dryarli har qanday gapga qo'shish juda onson, lekin ular mutlaqo nosamimiy bo'lib ko'rinadilar. Misol uchun, kimdir o'z suyukligini uchrashuvga taklif qilmoqda, javobiga esa, "Bo'lishi mumkin, ha" ga o'xshagan javob oladi. Shunga o'xshash kirish so'zini keyingi safar ishlatishingiz kelganda, kichik sukut saqlab va... bu so'zni o'z gapingizdan olib tashlaganingiz ma'qul bo'ladi.

2. "OK"

2. "OK"

Havfli spich-parazit: "OK".

Tekst xatida olish mumkin bo'lgan eng yoqimsiz javob bu ok ekani bilan barcha rozi bo'lsa kerak. U odamni befarq va o'ziga ishonchsiz qilib qo'yadi. Buning ustiga,bu "qoniqarli" terminini bildiruvchi ta'riflovchi termin ham emas. Tekstli gapda "ok" muloqotning so'ngi kabi qabul qilinishi mumkin va hatto muloyim bo'lishga harakat qilishning passiv-agrressiv yo'li bo'lib ham qabul qilinishi mumkin. Bu ikki harf o'zini himoyalash mexanizmi bo'lib xizmat qilib, ziyonga ishlatilishi mumkin bo'lgan konkret ta'kidlarni aylanib o'tish imkonini beradi.

3. Ajoyib

3. Ajoyib

Havfli spich-parazit: "ajoyib".

Bu so'z bilan hammasi onson emas. Agar kimdir yaqindagina qaytib kelgan safarini, aql bovar qilmas darajada yaxshi sayohat bo'lgani to'g'risida gapirib bersa, unda javobi: "Oho, ajoyib bo'lgan ekan!" desa, samimiy javob bo'lib eshtiladi. Lekin bu so'zni doimiy ravishda qo'llayversa, u juda ham notabiiy bo'lib eshtiladi. Agar hamma vaqt "ajoyib" deyilaversa, bu odamlarni so'zlayotganning o'zining xech qanday fikri yo'q deb o'ylashga undaydi. Har kim ham boshqa odam o'zining hayratlanganligini bir necha so'zlar bilan ta'riflashini istagan bo'lardi, faqat bitta so'z qo'llayvermasdan.

4. Xm

4. Xm

Havfli spich-parazit: "xm".

Ehtimol eng keng tarqalgan spich-parazit bu "xm" bo'lsa kerak. Deyarli har bir odam uni o'zi anglaganidan ko'ra ko'proq aytdi. Aslini olganda, "menga o'ylab olish uchun bir oz vaqt bering" kabi biror nima bilan uni o'rnini almashtirish onson. Ikkala holda ham maqsadga erishiladi, lekin uzunroq gap odamga ancha akriv ko'rinish bag'ishlaydi va u vaziyatni boshqarmoqchi ekanini tasdiqlaydi.

5. Kabi (o'xshash)

5. Kabi (o'xshash)

Havfli spich-parazit: "kabi"

Agar kimdir xech bo'lmasa bir bor realiti-shouni bir soat bo'lsa ham tomosha qilgan bo'lsa, u "kabi" so'zini qolgan barcha so'zlardan ko'ra ko'proq uchrashini juda yaxshi biladi. Agar bunga e'tibor bermasa, u holda bu so'zlar hatto sezilmaydi ham. Lekin o'z so'zlashingizga e'tibor berib, o'ylanib qolsangiz, bu spich-parazit so'zidan qutulish juda mushkul ekani ayon bo'ladi.

6. Aslini olganda

6. Aslini olganda

Havfli spich-parazit: "aslini olganda"

Bu so'z ko'p vaziyatlarda zarur bo'lmaydi. Bu so'z birikmasi undan avval aytilgan barcha narsalar yolg'on bo'lgan degan ta'surot yaratish tendensiyasiga egadir. Agar bu so'z birikmasi bilan tuzilgan gaplarni ko'rib chiqishg vaqt ajratsak, deyarli bunday barcha so'zlarni gapdan olib tashlash mumkinligi va gapa'nosi o'zgarmay, uning toni yanada tekisroq bo'lib qolishini ko'rishimiz mumkin.

7. Afsusdaman.

7. Afsusdaman.

Havfli spich-parazit: "afsusdaman".

Uzr so'rash, agar uni noto'g'ri kontekstda ishlatilsa, odamni ishonchsiz va kuchsiz qilib ko'rinishga olib kelishi mumkin. Har qanday odam vaziyat buni taqazo qilganida uzr so'rashi kerak bo'lsada, "afsusdaman", "kechiring" kabi so'zlarning juda ham ko'p qo'llanilishi bu so'zini aytayotgan odam uyalayotgan va qo'rqayotgan kabi ko'rinish yaratadi. Agar kimdir haqiqatdan ham uzr so'ramoqchi bo'lsa, unda u bu so'zni ishlatishdan uyalmaslik kerak. Lekin, agar u uyalayotgan yoki hayajonlanayotgan bo'lsa, bu tuyg'ularini atrofdagilariga boshqacha so'zlar bilan tushuntirib berishi lozim.

8. Umid qilaman

8. Umid qilaman

Havfli spich-parazit: "umid qilaman".

O'z o'zidan bu so'z odamning optimizmini ko'rsatishi kerak bo'lsada, haqiqatda u teskari effektga egadir: bu so'zining ishlatilishi gapirayotgan odam o'z so'zlarida yetarli darajada ishonchi komil emas ekanini bildiradi. Masalan, boshliq ikki soat ichida hisobot tayyorlab berishni so'rasa, odatda unga "muammosiz, ikki soatdan so'ng hammasi tayyor bo'ladi" deb javob berishadi. Agar ishchi "ikki soat ichida tayyorlashga umid qilaman" deb aytsa, bu uning ishonchi komil emas ekanini anglatadi. Keltirilgan ro'yhatning eng ajoyibligi, bu uni amalga oshirishda katta mashaqat talab etmasligidadir. Haqiqatga "kerak emas" so'zlarni qo'llamaslik uchun talab qilinadigan yagona narsa, bu ehtiyoj kabi faktni qabul qilinishidadir.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations