Qiziqarli ma’lumotlar: Oshxona uchun mo’ljallangan yangicha qulay moslamalar
Har bir beka oshxonadagi ishlarni imkon qadar tezroq va osonroq bitirib olishni istaydi. Oshxona uchun mo’ljallangan zamonaviy asbob-anjomlar bu istakni amalga osgirishga yordam beradi. Bu anjomlar yordamida taom tayyorlash va oshxonadagi boshqa yumushlar osonroq bitadi va bekalar uchun yengilliklar yaratadi.

To’g’ri, har bir ayolning o’z didiga xos moslamalari bor, albatta. Biroq quyidagi e’tiboringizga havola etilayotgan moslamalar har bir bekaning qalbidan ham, oshxonasidan ham joy olishiga ishonamiz.

1.Gubkani qo’yish uchun taglik

1.Gubkani qo’yish  uchun taglik

Ushbu kichkinagina krovatcha shaklidagi taglik oshxonada birinchi darajali zaruriyat bo’lmasada, bunday yoqimtoygina jihoz interyerga quvonch va qulaylik hissini beradi.

2.Sariyog’ uchun pichoq

2.Sariyog’ uchun pichoq

Sariyog’ sovuq yog’ bo’lgani uchun undan buterbrod tayyorlashda foydalanish biroz qiyinchilik tug’diradi. Maxsus isitiladigan pichoq bu muammoni osongina hal qiladi. Pichoq qizish xususiyatiga ega, shuning uchun u sariyog’ni yumshatadi va uni nonga bir tekisda surtadi.

3.Oshxona multituli

3.Oshxona multituli

Bu uncha katta bo’lmagan oshxona jihozi har bir bekaning qulaygina yordamchisi bo’lishi aniq. Uning yordamida shisha idishlarni ochish, qotib qolgan qopqoqlarni burab ochish, konserva idishlarini ochish hamda og’zi yopishib qolgan paketchalarni bir zumda ochish mumkin.

4.Taglik

4.Taglik

Ihcham va qulaygina bu taglik tova va qozonlarning qopqog’ini, shuningdek taom tayyorlash jarayonida ishlatiladigan qoshiq, sanchqilarni qo’yishga mo’ljallangan bo’lib, ish joyi va stol ustining yog’ va ifslos bo’lishdan saqlaydi.

5. Yog’ uchun dispenser (surtgich)

5. Yog’ uchun dispenser (surtgich)

Silikonli cho’tkaga ega hamda uncha katta bo’lmagan dispenser o’simlik yog’i va tuxumlarni istalgan yuzaga bir tekisda surib chiqishga yordam beradi.

6.Ichimliklar uchun grafin

6.Ichimliklar uchun grafin

Bu grafinning olib qo’yiladigan qismlariga quruq choy, yax hamda meva va rezavorlarning mayda donalarini solish mumkin. Bunday grafin choy damlash, limonad solib qo’yish va boshqa ichimliklar uchun ham juda qulaydir.

7. Qovun uchun pichoq

7. Qovun uchun pichoq

Noodatiy shaklga ega bo’lgan bu slayser (narsalarni bo’laklarga bo’luvchi pichoqcha) yordamida qovunni so’yyish, uni danaklari va po’stlog’idan osongina tozalash mumkin.

8. Tenderayzer

8. Tenderayzer

Bu qulaygina moslama eski oshxona bolg’achasining o’rnini bosa oladi hamda go’shtlarning yumshoq, suvli, yumshoqqina bo’lib pishishiga xizmat qiladi.

9.Gamburgerlar uchun qolip

9.Gamburgerlar uchun qolip

Pishloq qo’shilgan yog’liqqina kotletlarni pishirish uchun mo’ljallangan bu qolip, shibbalovchi qopqoq, olinuvchi qoshiqcha hamda ikkita tsilindrli segmentlardan iborat bo’lib, kotletlar va chizburgerlarga shakl berish uchun mo’ljallangan.

10.O’lchovni aniq oluvchi juva (o’qlov)

10.O’lchovni aniq oluvchi juva (o’qlov)

Bu hamir yoyish uchun mo’ljallangan juvani hamirning katta kichikligiga qarab uzunligini o’zgartirish mumkin.

11. Rolllar uchun moslama

11. Rolllar uchun moslama

Bu moslama qaynatilgan guruch, baliq hamda sabzavotlardan jipsligi va shakli ideal darajadagi rollarni qilib chiqaradi.

12.Varaqilarni tuguvchi moslama

12.Varaqilarni tuguvchi moslama

Bu mashinka varaqi va chuchvaralarning chetlarini jipsroq yopishtirish uchun mo’ljallangan.

13. Universal qoshiq

13. Universal qoshiq

Bu qoshiqning dastasi hamda boshchasi o’zgartirib turganligi uchun u kapgir ham, cho’mich ham bo’la oladi. Shu xususiyati tufayli bu universal qoshiqda oshxonada taom tayyorlash jarayoni osonlashadi.

14. Qopqoqlar

14. Qopqoqlar

Bu qopqoqlarning uchlari jonivorlar dumining shaklida bo’lib, ularning yordamida istalgan shisha butilkaning og’zini yopib qo’yish mumkin.

15. Quymoq pishirish uchun mo’ljallangan tova

15. Quymoq pishirish uchun mo’ljallangan tova

Bu tova elektrda ishlaydi hamda quymoqlarning yomshoq va ideal shaklda pishishini ta’minlaydi.

16. Paketlarning og’zini yopishtiruvchi moslama

16.  Paketlarning og’zini yopishtiruvchi moslama

Bu moslama steplerga o’xshab ketadi va bir necha soniya ichida paketlarning og’zini jipslab yopib qo’yadi hamda mahsulotlarning germetik qadoqlanishini ta’minlaydi.

17. Oshxona asboblari uchun cho’tka

17. Oshxona asboblari uchun cho’tka

Plastik idish shaklidagi moslama ichida cho’tkasi bilan oshxonadagi ovqat qoldig’i tushga asboblar va yuzalarni tozalash uchun mo’ljallangan.

18. Taxtakachlar

18. Taxtakachlar

Bu qulaygina taxtakachlar pazl shaklida ishlangan bo’lib, ularni alohida ham, yaxlit bitta katta taxtakach sifatida ham ishlatish mumkin.

19. Kabob uchun qolip

19. Kabob uchun qolip

Uncha katta bo’lmagan plastik qolip kabobni tayyorlash uchun yaxshigina moslamadir. Bu yangi qolip go’shtni bir shaklga keltirib, uni osongina kesish va sixdaligida marinadlash uchun mo’ljallangan va kabobni pishirishga tayyorlaydi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations