Qiziqarli ma'lumotlar: Siz ehtimol hali bilmagan, Shveysariya haqida 25 ta hayratga soluvchi faktlar
12 dekabrda Shveysariyada 1889 yili qabul qilingan bayroq kunini nishonlashadi. Biz esa, bu mamlakat haqida qiziqarli faktlarni yodga olishga qaror qildik.

Ha, siz ehtimol Shveysariyada Al'p tog'lari, ishonchli banklar va ko'p shokolad borligini bilsangiz kerak. Lekin siz bu mamlakat haqidagi ba'zida g'alati va aqldan ozdiruvchi boshqa faktlar haqida bilmagan bo'lishingiz mumkin. Masalan, u dunyodagi yagona bevosita demokratiya va unda qurol bo'yicha eng liberal qonunlar qabul qilngani va hatto u yerda palmalar o'sadi! Xullas, gapni mag'ziga o'tsak, hamda dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri bo'lgan davlat to'g'risidagi aql bovar qilmas va qiziqarli faktlarni o'qib chiqaylik.

1. Siz Shveysariyada qurol haqida (8 million aholiga 2,3-4,5 million qurol) eng liberal qonunlar amal qilishini xech qachon hayolingizga keltirmagan bo'lsangiz kerak.

2. Shu bilan birga bu mamlakatda dunyodagi jinoyat darajasi eng pastdir.

3. Shveysariyaning 8 million aholisining 23% ni horijliklar tashkil qiladilar.

4. Shveysariyada faqatgina tog'lar bor bo'lib qolmay, balki mamlakat janibuda palmalar o'sadi. Siz ularni Lugano ko'li atrofida topishingiz muy bo'ladi.

5. Shveysariyada 4 ta davlat tili bor - nemis, fransuz, italiyan va romansh tillari.

6. Economist Intelligence Unit kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Hayot sifati indeksiga muvofiq, Shveysariya - tug'ilish uchun eng yaxshi joy ekan. Bu indeksga aholining bandligi darajasi, jinoyat darajasi, hayot sifati, sog'liqni saqlash tizimi, hayotdan qoniqish hissi va boshqalarning ko'rsatkichlari kiradi.

7. Mamlakatda balandligi 3000 metrdan ortiq bo'lgan 208 ta tog'lar va balandligi 4000 metrdan ortiq bo'lgan 24 ta tog'lar bor.

8. Steriotiplar o'zini oqladi - shokolad haqiqatdan ham eng yirik eksport qilinuvchi tovardir.

9. Yadro urushi boshlanadigan bo'lsa, shveysariyaliklar mamlakat aholisining barchasini sig'dira oladigan bunkerlar quriganlar.

10. Hamda, urush boshlanadigan bo'lsa, ular o'z yo'llarini onsonlik bilan uchish va qo'nish yo'laklariga aylantira oladilar.

11. Shokoladga qaytamiz... Shveysariyaliklar iste'mol qilsa bo'ladigan shokoladli oltin ixtiro qildilar.

12. Tezlikni oshirgani uchun shveysariyada jarimalar fuqaroning daromafiga bog'liq. Bitta shveysariyalik fuqaroni tezlikni oshirgani uchun sal kam chorak million dollar miqdorida jarimaga tortildi. Buning sababi u yiliga million dollarga yaqin daromad olar edi.

13. Shveysariyaliklar dunyodagi yagona bevosita demokratiyalik mamlakatda yashaydilar. Bu shuni anglatadiki, mamlakatning har qaysi fuqarosi har qanday qonunni shubha ostiga qo'yib, hamda konstitusiyaga o'zgartirishlarni taklif qilishi mumkin.

14. Siz hech o'ylanib kurganmisiz, nima uchun shveysiya domeni CH xarflari bilan belgilanadi? Bo'lmasa sirni ochamiz: sababi mamlakatning lotin tilidagi nomi (boshqa sohalarda ham juda ko'p qo'llaniladi) Confoederatio Helvetica deb ataladi.

15. Yana shokoladga qaytamiz... Har yili Bernda Toblerone shokoladining 7 million plitkasi ishlab chiqariladi.

16. 2010 yili shveysariyalik o'qituvchining o'rtacha yillik maoshi 120 000 dollarni tashkil qilgan bo'lib, AQSH da esa shu vaqtda o'qituvchilar yiliga o'rtacha 35 000 dollar maosh olar edilar.

17. Xarbiy xizmat erkaklar uchun 18 yoshdan majburiy. Katta erkaklarning ko'p qismi armiya rezervida turgani bois, barcha erkaklar uylarida qurol va zaruriy aslahalari bo'lishi kerak bo'lib, har qanday vaqtda harakatlarga tayyor bo'lishlari lozim. Sizchi, shveysariyaliklar pasifistlarning kichik to'dasi deb o'ylagamidingiz?

18. Bernda sumkasidan go'daklarni yeyayotgani tasvirlangan 500 yillik haykal bor. Bu daxshatli haykalni nima uchun qo'yilganini bilmaydi.

19. Shveysariya armiyasi har bir potensial tog' perevali va tunnellarini ehtimolli portlashga tayyorlab qo'yishgan. Nima uchun? Urush boshlanadigan bo'lsa, Shveysariya dushmanlarning kirib kelish yo'llarini yopib quyadi.

20. Shveysariyada davlat boshlig'i yo'q. Uning o'rniga 7 odamdan tashkil topgan kengash mavjud bo'lib, u barcha ishni bajaradi.

21. Mamlakatda poytaxt ham yo'q. Buning sababi u konstitusiyada belgilanmagan (Bern de-fakto poytaxtdir).

22. Jenevada uch oyoqli bahaybat stul ko'rinishidagi haykal bor bo'lib, u pexotaga qarshi minalarni qo'llashni qoralashni ifodalaydi.

23. 1802 yili shveysariyaliklar Shteklikrig nomi ostidagi urushni boshlaganlar. Bilasizmi eng aqldan ozdiradigani nima? Ular faqatgina tayoqlar bilan qurollangan edilar, sababi Napoleon ularning qurollarini tortib olib qo'ygan edi.

24. Shveysar pichog'ining Shveysariyada ishlab chiqarilmaydigan yagona detali bu shtopordir. Uni Yaponiyada tayyorlashadi.

25. Yana bir bor bizning bu yerdagi maqsadimiz Shveysariyaning pasifistlar mamlakati degan sizning tushunchangizni yo'q qilishdir... Uning armiyasida barcha zarur narsalar bilan jihozlangan bunkerlari bor bo'lib, ular eng ko'p aholi yashaydigan poseloklarda shahar tashqarisidagi uy kabi maskirovka qilib qo'yilgan. Shveysariya bilan yaxshisi tortishmagan ma'qul...

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations