Qiziqarli ma’lumotlar: Telefon batareyasi umrini qanday uzaytirish haqida
Afsuski, dunyoda hech narsa abadiy emas, shu jumladan zamonaviy telefonlarda ishlatiladigan quyma akkumulyatorlar ham. Ammo ushbu akkumulyatorlarning umrini sezilarli darajada uzaytiradigan ba’zi sirlar ham bor va bu sirlarni siz bilan bo’lishmoqchimiz.

Butunlay zaryad o’chishiga yo’l qo’ymang

Qachonlardir telefonlarda “xotira effekti”li batareyalar ishlatilgan. Ularni butunlay zaryadini tugatib, keyin qayta 100% zaryadlanishga qo’yish kerak edi. Biroq zamonaviy quyma batareyalar bilan bunday qilishning keragi yo’q.

Eng yaxshisi zamonaviy batareyalarni 45-50% zaryadi qolganda qayta zaryadga qo’ygan ma’qul. Lekin zaryad nolga yetib borsa – bu yaxshi emas, bunday hollar uning xizmat qilish davrini qisqartiradi. Albatta, agar u kamdan-kam 0 ga tushib qoladigan bo’lsa, hech narsa qilmaydi, ammo bu hol tez-tez takrorlanadigan bo’lsa batareya tez ishdan chiqishi mumkin.

Zaryad sikli

Zaryad sikli

Akkumulyatorning xizmat qilish vaqti zaryad olish sikliga bog’liq, ya’ni necha marta siz uni zaryadini tugatdingiz va necha marta zaryad olishga qo’ydingiz. Ko’pchilik ishlab chiqaruvchilarning so’ziga qaraganda ularning mahsuloti odatda o’rtacha 500 siklga mo’ljallangan, lekin bu “nol” holatiga tushganda. Rostdan ham, agar siz yuqorida ko’rsatilgan maslahatga amal qlmasangiz va telefonni butunlay zaryadsiz qoldiraversangiz, u 400-600 dan ortiq siklga chiday lmaydi. Biroq aytilgan telefonni 45-50 % xattoki 10-20% gacha zaryad qoldirib, keyin qayta zaryadga qo’ysangiz, u 1000-1100 siklgacha yashay oladi. Xizmat davri ikki baravar uzayadi. Menimcha yomon emas.

Shunisi haqiqatki,quyma akkumulyator taxminan 250 sikl zaryaddan so’ng degradatsiya qilishni boshlaydi. Birinchi navbatda u hajmni yo’qotadi, ya’ni xarakteristikasida ko’rsatilgandek energiya yig’a olmaydi. Bundan ko’pchilik batareyani kamro zaryad oldirish kerak deb hisoblaydi. Aslida bunday qilish kerak emas. Quyma akkumulyatorlar vaqt o’tishi bilan zaryadsiz ham hajmini yo’qotaveradi, shuning uchun doimiy zaryad oldirish qo’rqinchili emas. Va yana batareyaning 24 soatli zaryad olishi haqidagi afsonalarga ishonishning keragi yo’q, zaryadda ko’p turdi degani, batareyada qandaydir ortiqcha kuch paydo bo’ladi degani emas.Chunki boshqaruvchi elektronika, zaryad olish jarayonini 100% bo’lganda avtomatik ravishda to’xtatadi. Jazirama va qahraton – akkumulyator dushmani Quyma asosdagi batareyalar qizib ketish va sovib ketishga ta’sirchandir. Ularni ekspluatatsiya qilishga optimal daraja 15 daraja selsiydir, jazirama issiq qahraton sovuqdan ko’ra ko’proq zarar yetkazadi. O’zingiz xulosa chiqaring: 0 darajda batareya hajmi yiliga 6% ga kamayadi; 25 darajada 20% ga; 40 darajada esa yil davomida 40% ga kamayib ketishi mumkin. Yozda agar jazirama bo’lsa, batareyani yaxshisi 100% gacha zaryadlamagan ma’qul. Yuqori darajalar bilan yana bir ayyorlik bor. Agar siz smartfoningizni 100% gacha zaryadlagan bo’lsangiz va ko’chaga jaziramaga chiqsangiz, batareya uchun bu shok bo’ladi. Chunki u hozirgina o’zining 100% maksimumigacha qizigan edi. Shu sababdan bunday vaqtlarda telefonni yaxshisi 80-90% zaryadlagan ma’qul. Albatta bu akkumulyatorni muzlatgichda saqlash kerak degani emas, aksincha 15-20 darajadan past temperatura ham zarar. Telefon akkumulyatorini uzoq vaqt davomida sovuq xaroratda saqlab bo’lmaydi, shu sababdan qahraton qish paytida uni sumkangizning tashqi karmonida olib yurish, yoki ko’chada soatlab video ko’rish mumkin emas.

Akkumulyatorni qisman zaryad bilan saqlang

Agar qandaydir sababga ko’ra akkumulyatorni chetga olib qo’yishingiz kerak bo’lsa, unda zaryad borligiga ishonch hosil qiling. Agar uni zaryadsis qoldirsangiz, qandaydir vaqt o’tib u ishdan chiqishi mumkin. Optimal zaryad avval aytganimizdek 45-50%. Xulosa chiqaramiz Demak. Abadiy akkumulyatorlar hali o’ylab topilmagan,lekin yuqoridagi maslahatlarga amalqilinsa, smartfoningiz batareyasi umrini uzaytirish mumkin. Buni hech qanday qiin joyi yo’q: batareya 0% ga tushib qolmasin, sovuqda qolmasin va isib ketmasin.

Maqola yoqtimi? A'zo bo'l va do'staring bilan bo'lish!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations